16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:32
Jamiyat 👁 7,996

“Kamolot” uylarida hovli toʻylari (Reportaj)

“Kamolot” uylarida hovli toʻylari (Reportaj)

Yurtimizda bayramlar, bayramona tadbirlar koʻp. Har xil sanalar bilan bogʻliq tantanali marosimlarning esa sanogʻiga yetish qiyin. Halqimiz muqaddas Ramazoni sharifni rushdu hidoyat, xayr-u saxovat, mehr-u muruvvat tadarruklari ila shukronalik ogʻushida oʻtkazayotgan qutlugʻ kunlarning biri – 2015-yilning 6-iyul sanasi amudaryolik yoshlar uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Bu tong Amudaryoda oʻzgacha, faraxli otdi. Mangʻit shahrining "Gulzor” mahallasi ahli karnay-surnay sadolari ostida uygʻonishdi. Mangʻit-Qipchoq guzar yoʻlining sharqiy qismida, "Gulzor” mahallasi hududida qad rostlagan toʻrt qavatli muxtasham bino atrofi fayzga toʻldi. Farzandlari, yaqinlari quvonchiga sherik boʻlish, ularni muborakbod etish uchun biri gilam, biri anvoyi gullar, turli xil lazzatli pishiriqlar koʻtarib kelayotgan odamlarning keti uzilmaydi.

Bugun nafaqat "Gulzor” mahallasi, balki butun tumanimiz ahli uchun katta bayram. Chunki ayni ushbu qutlugʻ lahzalarda Amu elining shijoatli, iqtidorli, ona Vatan ravnaqi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan asl farzandlari davlat gʻamxoʻrligidan bahramand boʻlib, oʻz shaxsiy uylariga koʻchib oʻtishayotir. Toʻrt qavatli, 48 ta xonadonga moʻljallangan "Kamolot” uyining hovlisi bayramona bezatilgan.

Har bir qavatga chiqish yoʻlaklarida qoʻllariga non-tuz tutib, mehmonlarga peshvoz turgan yosh oilalar sohibalarini suhbatga tortamiz.

- Avvalo, muhtaram Prezidentimizga rahmat, - deydi "Kamolot” uyi bekalaridan biriga aylangan Dildora Yusupova. – Qarang, issiq-sovuq suv, tabiiy gaz, elektr nuri bilan toʻliq taʼminlangan. Bunday sharoitni faqat orzu qilardim.

- Orzuingiz ushalibdi-da, muborak boʻlsin! – tabrikladik.

– Rahmat, uyimizga kirib, mehmon boʻling.

Biz Dildoraning uyida mehmon boʻlishni koʻnglimizga tugib, "Kamolot” uyining ochilish marosimida ishtirok etishga oshiqdik.

Karnay-surnay sadolari ostida shaharchaga mehmonlar kirib kelishdi. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Ernazarovga soʻz berildi.

Ushbu uy muxtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ilm-fan va ijodda, sanʼat hamda sportda yangi-yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida bunyod etilganini taʼkidlab oʻtdi notiq.

- Yosh oilalarga tijorat banklar tomonidan uy haqini toʻlashda besh yillik imtiyozli davr bilan, dastlabki badalni toʻlamasdan, 20-yil muddatga imtiyozli ipoteka kreditlarining ajratilgani tumanimiz yoshlarining quvonchigaquvonch bagʻishladi, - deyishdi soʻzga chiqqanlar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev, "Kamolot” YoIH Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi A.Doniyorov, "Yusuf Eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi A.Matsapayev, yosh kelin-kuyovlarning ota-onalari nomidan soʻz olgan J.Yavqashevlar ham yosh oilalarni yangi uylari bilan muborakbod etdilar.

Yoshlar muhtaram Yurtboshimizga, hukumatimizga chuqur minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Ushbu uy qurilishida yoʻl-yoʻriq va tavsiyalari bilan bosh-qosh boʻlgan tumanimiz hokimi R.Yoʻldoshevga rahmatlar aytdilar.

Shundan soʻng marosimning hayajonli damlari boshlandi. "Kamolot” uylari bunyodkorlari nomidan "Amudaryo qurilish materiallari” MChJ direktori R.Yusupov olqishlar ostida uyning ramziy kalitini "Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi M.Oʻrozboyevga tantanali ravishda topshirdi.

Shu lahzalarda koʻzlarida quvonch va hayajon balqib turgan yosh oila sohib va sohibalari - kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempioni Maʼrufjon Shomurodov, kurash boʻyicha "Umid nihollari” sport musobaqalarining 3-oʻrin sohibi Komiljon Abdullayev, boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni Obidjon Usmonov, talabalar oʻrtasidagi fan olimpiadasi gʻolibi, Navoiy nomli stipendiya sovrindori Irodaxon Yaxshimurodova, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali bitiruvchisi, "Kamolot” stipendiyasi sovrindori Ulugʻbek Yavqashev va boshqa ular kabi tashabbuskor hamda fidoyi yoshlarga yangi xonadonlar kalitlari topshirildi.

Ramziy tasma kesilgach, yangi xonadonlar sari oshiqdik. Uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar har bir xonadonda yaratilgan shart-sharoitlarga havas bilan boqishgani shundoq bilinib turibdi.

Komiljon Abdullayevning xonadonida haqiqiy hovli toʻyi boshlandi. Quvonchlari ichiga sigʻmagan jajji bolakaylar bolalar uchun moʻljallangan xonada yayrab oʻynashayotir. Komiljonning umr yoʻldoshi Dildora Yusupovaning esa yuzidan tabassum arimaydi. Biri-biridan shinam, fayzli xonalarni toʻldirib oʻtirgan qavm-qarindoshlar, oshna, yor-doʻstlar tilaklaridan yanada obod boʻlgan yangi uyda toʻylar boʻlishini tilab, Ulugʻbek Yavqashevning oilasi koʻchib oʻtgan ikkinchi qavatga koʻtarilamiz. Uch xonali uyning keng va oʻzbek oilalari yashashi uchun qulayligiga havasimiz keldi.

-Biz uchun manzur boʻlgan tomoni, - quvonib-quvonib soʻzlaydi Ulugʻbekning rafiqasi Yulduz Xidirova, imorat quramiz, deb mablagʻ yigʻib, qurilish ashyolarini izlab, oylab ustalarning osh-ovqati, deb tashvish chekib yurmaydigan boʻldik.

- Kelinim toʻgʻri aytdi,- deydi Jumaboy aka Yavqashev. – Oʻgʻlim oliygohni tugatyapti, endi kkalasi ham ishlashadi. – Imorat quraman, deb yugurib-yelib yurishga vaqtlari ham boʻlmaydi. Mana bunday sharoitlarga ega uy turganda ortiqcha tashvish chekishga xojat ham yoʻq-da!

Darvoqe, muhtaram Yurtboshimizning 2014-yil 6-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi "Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tumanimizdagi obroʻ-eʼtiborli yosh oilalar uchun bunyod etilgan "Kamolot” uyi yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng koʻlamli imkoniyatlarning amaliy ifodasi boʻldi.

Ushbu ezgu ishni amalga oshirish uchun oʻtgan yilning bahorida Mangʻit shahrining "Gulzor” mahallasi hududidan 3 gektar yer ajratilib, 48 xonadonga moʻljallangan toʻrt qavatli "Kamolot” uyi qurilishi boshlab yuborilgan edi. Oʻtgan qisqa vaqt ichida bu hududda 6,5 mlrd. soʻmlik qurilish-pardozlash ishlari amalga oshirildi. "Amudaryo qurilish materiallari” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari bunyod etgan mazkur inshoot hududida bolalar maydonchasi, kattalar uchun dam olish oʻrinlari, bogʻ va gulzorlar uchun ham maxsus yer ajratilib, imorat atrofida gul va archa nihollari barq urib oʻsib yotibdi.

Aytib oʻtish kerak, "Kamolot” uyining sifatli va muddatidan oldin qurilib, foydalanishga topshirilishida tumanimizdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar, pudrat tashkilotlari hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xizmatchilarining ham koʻrsatgan yordamlari katta boʻldi.

Qarang, azizlar, bundan atigi salkam bir yil oldin yaydoq dala boʻlgan hudud bugun "Kamolot” uylari chiroqlaridan charogʻon, elim, yurtim deb yashaguvchi, intiluvchan, iqtidorli yoshlar hamda ularning jajji farzandlari kulgularidan obod va farovon goʻshaga aylandi. Bugun 20 ta xonadonda hovli toʻylari boshlandi. Ertaga ularning safiga yana va yana baxtiyor oilalar kelib qoʻshilishadi. Yaqin bir oy ichida, mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi bayramigacha "Kamolot” uyida yashovchi jami oilalar soni 48 taga yetadi. Eng soʻnggi pardozlash ishlari ham yakuniga yetkazilib, oʻz egalariga mushtoq uylarda boshlanayotgan hovli toʻylari Istiqlol shodiyonalariga ulanib ketadi.

Robiya YOʻLDOShEVA, Allambergan JUMANIYoZOV, gazetaning maxsus muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019