16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:04
Jamiyat 👁 2,352

Nurli manzillarga intilgan yigit

Nurli manzillarga intilgan yigit

Goʻdakning dunyoga kelishi, ilk qadami, ilk soʻzi yaqinlari uchun qanchalik quvonarli boʻlsa, hayoti davomidagi intilishlari, ezgu ishlarga qoʻygan ilk qadami, ilk muvaffaqiyatlari ham shunchalik qimmatlidir.

Mangʻit shahrining "Chordara” mahallasida istiqomat qiluvchi xalq taʼlimi faxriysi Gulchehra opa Saidova va Fayzulla aka Davlatovlar ikki nafar oʻgʻil farzandlarini moʻmin-qobil, mehnatsevar, ilmga, yangilikka intiluvchan qilib tarbiyalashga harakat qilishdi. Ezgu umidlari esa izsiz ketmadi. Ayniqsa kichkinasi, joriy yilda Mangʻit Iqtisodiyot kollejini soliq va soliqqa tortish yoʻnalishi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tugatgan Abrorning erishayotgan yutuqlari ularni cheksiz quvonchga belamoqda.

Abror mamlakatimizda yoshlarning ilm olishi, oʻz intellektual salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli  foydalanishga harakat qiluvchi yoshlarning biri. U 36-sonli maktabda ham barcha fanlardan aʼlo baholarga oʻqidi. Fan olimpiadalarida tuman gʻolibi boʻldi. Boʻsh vaqtlarida dars mashgʻulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash uchun tinmay oʻqidi, 1-Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks toʻgaragining faol aʼzosi boʻldi.

Boks bilan shugʻullanganligi uning ilm olishi yoʻlidagi intilishlariga keng yoʻl ochdi. Boisi, sport oʻsmirlarni maʼnan va jismonan chiniqtiradi, mashqlar davomidagi tinimsiz harakatlar irodasini mustahkamlab, hech bir muvaffaqiyat oʻz-oʻzidan kelmasligini anglatib, olgʻa intilish koʻnikmasini shakllantiradi.

Bularni Abror Davlatov oʻquvchilik davrida ilk bora sport maktabi, tuman miqyosida oʻtkazilgan musobaqalarda oʻz vazn toifasida gʻolib boʻlgan damlarida chuqur anglab yetdi. Shuning uchunmi, kollejda oʻqish jarayonida ham boks bilan shugʻulanishni, chiniqishga intilishni kanda qilmadi. U taʼlim olgan soliq va soliqqa tortish guruhi rahbari Zulfiya Xidirboyeva guruhdagi barcha oʻquvchilarga ham eʼtiborli boʻlsa-da, alohida qobiliyati yaqqol sezilib turgan Abror bilan jiddiy shugʻullandi. Nafaqat ilm olishda, balki jamoat ishlarida ham faol, intiluvchan, guruhdoshlari, kollejning barcha oʻquvchilari bilan doʻst, hamfikr boʻlgan yigit 2-bosqichdan boshlab kollejning "Kamolot” boshlangʻich tashkiloti yetakchisi boʻldi.

- Mustaqillik yillarida yoshlarning komil insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar oʻzining quvonarli natijalarini berayotir. Men rahbarlik qilgan guruhni 30 nafar yoshlar bitirib chiqqan boʻlsa, shularning deyarli barchasi oʻz sohasini mukammal egallashdi. Abror va yana bir oʻquvchimiz uch yil davomida barcha fanlardan aʼlo baholarga oʻqib, kollejni imtiyozli diplom bilan tugatishdi, - deydi Zulfiya Xidirboyeva faxr bilan.

Ha, intilishda hikmat koʻp. Buni Abror oʻzining kollejda oʻqishi jarayonida juda chuqur his etdi. U 2014-yilda "Yurt kelajagi” koʻrik tanlovining "Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha loyihalar” yoʻnalishida qatnashib, tuman bosqichi gʻolibi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida esa uchinchi oʻrinni egallab, yakunlovchi – mamlakat bosqichida qatnashishga muvaffaq boʻldi va diplom, maxsus sertifikat olishga erishdi. Xuddi shu yil oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquvchilari oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan "Mening biznes gʻoyam” tanlovining tuman bosqichi gʻolibi boʻlib, Qoraqalpogʻiston bosqichida ham maxsus sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, 2015-yil 12-fevral kuni Nukus shahrida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti tomonidan oʻtkazilgan "Eng yaxshi biznes gʻoya” koʻrik-tanlovining maxsus sertifikatini ham yengib olishga muvaffaq boʻldi.

Abror Davlatov barcha muvaffaqiyatlari sirini oʻqib-oʻrganishda, olgʻa intilishda, deb hisoblaydi va ilm olishni davom ettirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Shu niyatda joriy yilda Nukus Davlat Universitetining huquqshunoslik fakultetiga hujjat topshirdi. Niyati esa yurt koriga yaraydigan farzand boʻlish.

Yurt koriga yarash! Hunari, ilmi, halol mehnati bilan ana shunday ulugʻ xizmatga bel bogʻlagan olovqalb yoshlar bilan suhbatlashishdan odamning koʻngli togʻday koʻtariladi. Boisi – ular ertangi kunimiz, Vatanimizning kelajagi.

- Men koʻpgina xorijiy davlat-lardagi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan qiziqdim. Oʻqib koʻrib angladimki, hech qaysi yurtda bizning mamlakatimizdagichalik yoshlarga gʻamxoʻrlik yoʻq. Toʻgʻri, ularning ilmda, izlanishda iqtidorli yoshlari bor. Biroq, ular davlatining emas, ota-onasining mablagʻi evaziga oʻqib-oʻrganib, kamolga kelishadi. Yurtimizdagi tengdoshlarim, barcha yoshlar davlatimizning gʻamxoʻrligini qadrlashini, unumli foydalanishini tilar edim, - deydi Abror kuyunchaklik bilan.

Abror Davlatov bilan suhbatlashgan kishi uning oʻz kelajagi sari dadil qadamlar qoʻyayotganligini yaqqol anglaydi, beixtiyor qaniydi, hamma yoshlarimiz ham unga oʻxshasa, deya havas qiladi, Abrorning oʻz kelajagi sari qoʻyayotgan dadil qadamlari uni nurli manzillarga yetkazishiga ishonadi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019