16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:27
Salomatlik 👁 2,468

TOʻRT OYoQLI DOʻSTINGIZ “AJAL QUROLI”GA AYLANMASIN!

TOʻRT OYoQLI DOʻSTINGIZ  “AJAL QUROLI”GA AYLANMASIN!

It odamga eng yaqin boʻlgan uy hayvonlaridan biri boʻlib, sodiqlik borasida tengi yoʻqdir. Shu boisdan ham odamlar itdan qoʻriqchi, qutqaruvchi, izlab topuvchi kabi koʻpgina maqsadlarda foydalanishadi.

Bunda, albatta itni toʻgʻri parvarishlash, turli yuqumli kasalliklarga qarshi emlatish muhim oʻrin tutadi. Aks holda koʻpgina tashvish va muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Quturish - hayvonlarga xos kasallik hisoblanib, uning qoʻzgʻatuvchisi virusdir. Tabiatdagi yovvoyi hayvonlar - tulki, boʻri, shoqollar orasida uchrab turadi va tishlash oqibatida uy hayvonlariga yuqadi. Quturgan hayvon tishlaganda, soʻlagi jarohatlangan teriga tushganida yuqishi mumkin. Soʻlak bilan terining ichiga kirgan virus asab tolalari orqali markaziy asab  tizimi hujayralariga yetib boradi va asab toʻqimasini jarohatlaydi. Natijada quturish kasalligi yuzaga chiqadi. It tishlagan jarohat bosh miyaga qanchalik yaqin boʻlsa, kasallikning yashirin davri ham shunchalik yaqin boʻladi.

Bu bedavo dardga yoʻliqmaslik uchun biron yovvoyi hayvon yoki it tishlaganda albatta, tibbiyot muassasasiga murojaat etish, quturish kasalligiga qarshi emlatish zarur.

Kasallikning oldini olish choralari ham oʻzimizga bogʻliq. Yaʼni, har bir odam it, mushuklarni saqlashdan oldin ularni parvarishlash uchun imkoniyati bor-yoʻqligini inobatga olishi (qorni toʻymagan hayvon yemish gʻamida daydib ketadi), vaqtida turli yuqumli kasalliklarga qarshi emlatishi lozim. Chunki, ostonangizdagi it biror bir kishini tishlasa, bundan jabrlangan odam ham moddiy, ham maʼnaviy zarar koʻrishini, eng dahshatlisi, oqibati oʻlim boʻlgan quturish kasalligining yuqish xavfi tugʻilishini anglab yetmoq kerak.

Kasallikning oldini olish uchun xizmatdagi va xonadonlardagi itlarni oʻz vaqtida kasal-likka qarshi emlatib turish, bolalarning daydi itlar bilan oʻynashiga yoʻl qoʻymaslik, xonadonlarda saqlanayotgan itlarni koʻchaga qarovsiz qoʻyib yubormaslik lozim. Itlarni koʻchaga boʻyinbogʻ va tumshuq-tasmada olib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

It yoki boshqa hayvon tishlaganda jarohat darhol xoʻjalik sovuni bilan yuvilib, atrofiga yodning spirtli eritmasini surtish va darhol tibbiyot muassasasiga murojaat etish lozim.

Har bir odam oʻz xonadonida boqilayotgan va sodiq doʻstim, deb hisoblaydigan iti oʻzining yoki boshqalarning ajaliga sababchi boʻlishi mumkinligini chuqur anglab yetib, buning oldini olishi zarur.

 A.YaVBASAROV, tuman DSENM epidemiolog shifokori.

(Foto - http://www.uzssgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026