16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Salomatlik 👁 2,835

NAMUNALI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISh YOʻLIDA

NAMUNALI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISh YOʻLIDA

Mamlakatimiz xalqi mustaqilligimizning 24 yilligini nishonlash arafasida turibdi. Bu davrda biz – har bir oʻzbekistonlik Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek, "Biz kecha kim edigu, bugun kim boʻldik?” degan savolni oʻzimizga berib koʻri-shimiz kerak.

Biz ushbu savolga javob topish uchun oʻtmishimizga bir nazar tashlaymiz. Mustabid tuzum davridagi hayotimizni koʻz oldi-mizga keltiradigan boʻlsak, albatta, barcha sohalarda qoloq boʻlgan bir jamiyatda kun kechirganimizni his qilamiz.

Yaratganga shukurlar boʻlsinki, mustaqillik biz uchun yangi davrni boshlab berdi. Oʻtgan 24-yil mobaynida, qisqa davr ichida mamlakatimizda roʻy bergan katta oʻzgarishlar bizni hayratga soladi. Ayniqsa mamlakatimizda kishilarning turmush farovonligini, aholi salomatligini yanada yaxshilashga kuchli eʼtibor berilayotganining oʻzi vatandoshlarimiz uchun katta baxt hisoblanadi.

Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholi salomatligini yaxshilashga yanada koʻproq eʼtibor berilmoqda. Buning uchun albatta tibbiyot sohasini rivojlantirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish ishlari jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda.

Ayni kunda tumanimizda 405-oʻrinli markaziy shifoxona, 725 qatnovga moʻljallangan koʻp tarmoqli poliklinika, jami 900 qatnovga moʻljallangan 19 ta qishloq vrachlik punktlari tumanimiz aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.

Tumanimiz tibbiyot muassasalarida jami 322 nafar vrachlar va 1142 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari samarali mehnat qilmoqdalar. Sogʻliqni saqlash muassasalarida xizmat qilayotgan vrachlarning va oʻrta tibbiyot xodimlarining belgilangan joylarda oʻz malakalarini oshirib borishlariga katta eʼtibor berilmoqda. Shu boisdan ham xodimlarimizning tajribalari oshib, ishlarida sifat va samaradorlikka erishmoqdalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yilning 29 martidagi 91-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida aholiga koʻrsatiladigan ftiziatriya, onkologiya hamda shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish, muassasalar moddiy texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Sogʻlikni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, jahon andozalari talablari va standartlariga muvofiq aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli poliklinikasi binosi, maʼmuriyat binosi, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi binosi va markaziy shifoxonaning 4 ta binosida 2012-yilda 4 mlrd. 200 mln. soʻmlik rekonstruktsiya ishlari bajarildi. Shu bilan birgalikda markaziy shifoxonaning yuqumli kasalliklar boʻlimi yangi binosi qurib bitkazildi.

2012-yilning aprel oyidan shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi zamonaviy tarzda qurib bitkazilgan, barcha qulayliklarga ega boʻlgan yangi binoga koʻchib oʻtdi. Boʻlimning ikkinchi qavatida jarrohlik bloki joylashgan boʻlib, mazkur xonada bajariladigan operatsiyalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Boʻlimda mavjud yuqori texnologiyali davolash va diagnostika uskunalariga qoʻshimcha ravishda 2012-yilda grant asosida IVL va boshqa bir qancha yangi uskunalar blogi oʻrnatildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ftiziatriya boʻlimi ishlarini yanada jonlantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2012-yilda boʻlim 12 dona "Kvarts-4”bakteritsid lampasi va "Olimpus” rusumli mikroskop bilan taʼminlandi. 2015 yildan boshlab ftiziatriya boʻlimi binosida yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi tomonidan salkam 2,5 mlrd. soʻmlik rekonstruktsiya ishlari amal-ga oshirildi.

Tuman tibbiyot birlashmasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligining 2001-yil 23-iyundagi 328-sonli buyrugʻiga asosan aholiga koʻrsatiladigan "Tez tibbiy yordam” xizmatini yanada takomillashtirish masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.

"Tez tibbiy yordam” boʻlimi 2008-yilda 3 ta  sayyor shifokorlik brigadalari bilan sutka davomida almashinib xizmat koʻrsatgan boʻlsa, hozirgi kunda 6 ta sayyor vrachlik brigadasi tomonidan aholiga kechayu  kunduz tez tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Qishloq vrachlik punktlari qishloq aholisiga yuqori malakali, koʻp qirrali, uzluksiz tibbiy yordam koʻrsatadigan asosiy davolash muassasasi hisoblanadi. Shu boisdan ham mavjud QVPlarning moddiy texnika bazalarini mustahkamlash, ularni malakali, ishchan tibbiyot xodimlari bilan taʼminlash ishlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida onalar va bolalar sogʻligi muhofazasiga katta eʼtibor berilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi  bilan onalik va bolalikni  muhofaza qilish borasida olib borilgan izchil islohotlar natijasida "Sogʻlom ona – sogʻlom bola” dasturi umummilliy harakatga aylandi.

Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishi xalqimiz salomatligining yanada mustahkamlanishiga samarali taʼsir koʻrsatmoqda.

Mamlakatimizning barcha tibbiyot xodimlari qatori bizning shifokorlarimiz ham aholi salomatligini muhofaza qilish yoʻlida butun kuch va gʻayratlarini ayamaydilar.

Men fursatdan foydalanib, tumanimiz aholisini tibbiyot xodimlari nomidan mamlakatimiz mustaqilligining 24 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

 

Olimboy HALIMOV,

tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi,

tibbiyot fanlari nomzodi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019