16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:54
Adabiyot 👁 2,970

ISTIQLOL ILHOMLARI

ISTIQLOL ILHOMLARI

Jonajon oʻlkam

Tarix sahfasida nomi tabarruk,

Joʻshqin navolarda kuylangan Vatan.

Ilm-u irfonlari shunchalar suyuk,

Dovrugʻi dunyoni titratgan Oʻlkam.

 

Vatanimning bitta tolmas qanoti-

Qoraqalpoq eli obod, farovon.

Qoratov, Ustyurtning ming sinoatin

Hayratda kuzatib turibdi jahon.

 

Dalalar xazina – bogʻ-boʻston har yon,

Necha dostonlarga boʻlgulik mavzu.

Alpomish, Barchinlar qayta tugʻilib,

Hurlik kirib keldi Vatanga mangu.

 

Keling-yey, yurtimga mehmonga keling,

Taxiatosh nuri porloq, charogʻon.

Amu sohillarin bir bora kezing,

Qoʻr toʻkib turibdi Vatan - jonajon!

Tursunboy OʻROZIMBETOV,

Xitoy qishlogʻi.

 

Oʻynaylik omon-omon

 

Intilib nurlar tomon,

Kun-kundan yashnar jahon.

Istiqlol bergan davron,

Oʻynaylik omon-omon.

 

Ilm-u fan, zamin, ochun-

Hammasi yoshlar uchun.

Yigitlar, qizlar durkun,

Oʻynaylik omon-omon.

 

Zavq olib tinchlik damdan,

Oʻt chaqnab har qadamdan.

Qulf ursin dilda chaman,

Oʻynaylik omon-omon.

 

Millatlar qatorimda,

Hur-tenglik shiorimda.

Bagʻri keng diyorimda,

Oʻynaylik omon-omon.

 

Amalda, tilda, soʻzda,

Qish, bahor, yoz-u kuzda.

Vatanni asrab koʻzday,

Oʻynaylik omon-omon.

Tursunboy ABDULLAYeV.

 

 

 

Vatan madhiyasi

Hur Vatanda doʻst, oʻrtoq,

Qoraqalpoq va oʻzbek.

Ahil-inoq yasharlar

Xuddi bir tugʻishgandek.

Gullagan chamandir bu,

Doʻstlarga Vatandir bu.

 

Yosh-u qari – har kishi,

Yaratuvchilik ishi.

Mard insonning har qachon,

El gʻami – gʻam-tashvishi.

Muruvvatga kondir bu,

Yashnagan boʻstondir bu.

 

Kim edigu, kim boʻldik,

Erkimiz qoʻlga oldik.

Rejalar tuzib buyuk,

Kelajakka yoʻl soldik.

Zafardan nishondir bu,

Avlodlarga shondir bu.

 

Qurdik koshona, qasrlar,

Jahon lol qolar asrlar.

Unda bizlarning kelajak –

Yashar navqiron nasllar.

Shijoat, surʼatdir bu,

Bizlarning qudratdir bu.

 

Ahmad NAFASOV, "Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

 

 

Ona yurtim

Bepoyon qumlaring, biyday dalalar,

Tarixni eslatgan koʻhna qalʼalar,

"Baday toʻqay”dagi kiyik bolalar,

Barchasi bizniki, aziz Vatanim!  

 

Boshimda porlagan iqbol quyoshi,

Quvonchdan toʻkilgan koʻzimning yoshi.

Istiqlolimizning yigitlik yoshi,

Barchasi bizniki, aziz Vatanim!

 

Intilib tobora yuksalish tomon,

Olgʻa bormoqdamiz, borarmiz hamon.

Odil Yurtboshimiz boʻlgay sogʻ-omon,

Barchasi bizniki, aziz Vatanim!

 

Bu quvonch, bu shodlik barchaga ayon,

Ming yillar boʻlgay-da shundayin ayyom.

Farhod der: bugungi Mustaqil bayram,

Mangu qutlugʻ boʻlsin, aziz Vatanim!

Farhod AVEZOV,

Xitoy qishlogʻi.

VATAN

Ey, mening jannatmakon Oʻzbekistonim,

Toʻrt fasl mujassam aziz boʻstonim.

Moziy va bugunda tilda dostonim -

Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!

 

Buguni va kelajagi buyuksan oʻzing,

Xalqimning yuragida suyuksan oʻzing.

Tomirda qonim-u koʻrarga koʻzim -

Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!

 

Bagʻringga yarashar gullagan bogʻlar,

Xuddi gʻururingdek balanddir togʻlar.

Istiqlol farzandlari koʻnglingni chogʻlar,

Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!

 

Har yutugʻingga qilarman taʼzim,

Har kuning bayram-u boʻlgay toʻy-bazm.

Shukurlarim koʻpdir, Ollohga rozim,

Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan!

Bahodir JUMAMURODOV,

42-sonli maktab direktori.

 

Vatan bayrogʻi

Sheʼr yozmoqchi edim Vatan haqida,

Vatanga munosib tanlar edim rang.

Oʻylarim osmonda edi gohida,

Oq-oydin orzular sochardi jarang.

 

Dilimda muhabbat urgandi sabza,

Sogʻinch va sadoqat gullagani dam,

Ilhom ham quyilib keldi shu lahza, -

Senga sheʼr bitildi, azizim - Vatan!

 

Moviy osmoning, ham oy-u yulduzing,

Oq sahifam uzra moʻralaganda,

Sabza urdi masʼud bir sezim:

Sheʼr - bayrogʻingning rangida.

 

Ha, dilimning oppoq sahifasida,

Senga boʻlgan mehrim ranglari yorqin.

Sheʼrlarim-bayrogʻingga boʻlmish qasida,

Shul hisdan ilhom joʻsh urdi, inchunun.

 

Har bir yurak ekan sening bayrogʻing,

Oʻttiz million yurak urar seni deb.

Betakrorim Vatan, suyangan togʻing –

Xalqing borki, kelajagingdir buyuk!

 

Oʻzing ham Vatanga bayroq boʻla bil,

Elim deb, yurtim deb porla, hilpira.

Sheʼrlarda Vatanni kuyla sidqidil,

Ey Hayratiy, ijod otin qamchila.

Tojiboy DOʻSANOV.

 

 

MUBORAK

Tinch oʻlkasan Oʻzbekiston, obod Vatanim,

Koʻz tegmasin nomingga chamanistonim.

Oʻzbegimning gʻururisan hur makonim,

Onamdayin aziz Oʻzbekistonim.

 

Dil bogʻini yashnatar gul bahoring,

Butun elga dongʻi ketgan oydin yoʻling.

Osmoni tinch, osuda, obod elim,

Muborak boʻlsin senga, hur Istiqloling!

 

Hurlik yoʻli bergan chiroylaring bor,

Iftixordan xalq koʻziga nur toʻlsin.

Ozod, erkin Vatanim, goʻzal, betakror,

Taraqqiyot odimlaring muborak boʻlsin!

Inobat OTAJONOVA,

38-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

 

OʻZBEKISTONIM

Zamin koʻksin silab shamollar esar,

Qushlar chugʻurlashib samoni quchar.

Barglar ham shitirlab goʻyo soʻzlashar,

Gul ekib undiray, bogʻ-u boʻstonim –

Goʻzallikda tengsiz Oʻzbekistonim!

 

Mevalari gʻarq pishadi bogʻida,

Bulbullar sayraydi har butogʻida.

Ming bitta tilsim bor qir-u togʻida

Har yoni gulga kon chamanistonim –

Betakrorim mening - Oʻzbekistonim!

 

Buyuk erur aziz ajdodlarimiz,

Temur, Manguberdi avlodlarimiz.

Duyoni lol etmish savodlarimiz,

Tafakkur gulshani, ilm-u irfonim –

Zakovatda tengsiz Oʻzbekistonim!

Sevara SOBIROVA,

19-maktabning 8-sinf oʻquvchisi.

 

OZOD VATANIM

Ortda qoldi ochlik-u xorlik,

Yashagaymiz barchamiz baxtli.

Mangu boʻlgay tinchlik va hurlik,

Ortda qoldi tobelik, zoʻrlik.

Yurtimiz tinch, elimiz obod,

Har bir xonadonda fayz-u baraka.

Vatanimiz erkin, xalqimiz ozod,

Doimo bayram, toʻy-u maʼraka.

Ozod endi Vatanim suyuk,

Qaram boʻlmas oʻzga ellarga.

Oʻtmishimiz qanchalar buyuk,

Alishmaymiz oʻzga ellarga.

Bugun quvonchlarga toʻlmoqda dil,

Vatanim boʻylab quvonchlar kezar.

Xurlikka toʻldi yigirma toʻrt yil,

Quvonch-u shodlik bayrogʻim bezar.

Iroda YeRDAShEVA, 38-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019