16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:32
Adabiyot 👁 3,634

QAYNONANING DIL SANDIGʻI OChILGANDA...

QAYNONANING DIL SANDIGʻI OChILGANDA...

SOʻZINI ANGLAMAGAN KELIN

Qishloqning odamlari boshqacha-da! Mehr-oqibatli, bordi-keldili. Birovi toʻy boshlasa, xuddi oʻzining maʼrakasiday yugurib-yelib xizmatda turishadi.

Oʻtgan haftada Norposhsha ena oʻgʻlini uylantirdi. Toʻy Norposhshanikida emas, qoʻshnilarinikida boʻldi goʻyo. Hukumat idorasida 35-yil ishlagan Norposhsha enaning hamkasblari-yu shogirdlari, oshna, yor-doʻstlarining barchasini qoʻni-qoʻshnilari mehmon qilishdi. Bu ham bir oʻzbekona muruvvat, qadriyat-da.

- Qoʻshnilarim omon boʻlishsin, -deydi quvonib Norposhshaxon ena.

"Ish buyurar”, "kuyov chaqiriq”, "quda chaqiriq” kabi marosimlarni oʻtkazishda ham qoʻni-qoʻshnilari Norposhsha enaning joniga oro kirishdi. Biri patir yopsa, biri shirinliklar pishirib kelishdi-ya, baraka topkurlar. Toʻydan keyingi barcha rasm-rusumlardan koʻngli toʻlgan Norposhsha enaga avval sobiq hamkasblari:

- Kelinposhshaning qoʻlidan bii-ir choy ichsak, -deyishdi.

Norposhsha enaga bu taklif maʼqul kelib, oʻzi nafaqaga chiqqunicha bir oila aʼzolariday ahil boʻlib ishlashgan hamkasblarini tushlikka chaqirdi.

- Qizim, - dedi u yangi kelinni yoniga chorlab, -keladigan mehmonlar mening tugʻishganlarimday aziz, katta uyga dasturxon yozgin. Ham salqin, ham keng uyda bemalol oʻtirishadi.

Kelin jimgina ichkariga yoʻnaldi. Katta kelin ovqatga unnab yubordi. Qoʻshnilari Asalbibi, Jangiljon, Gulsara chechalar tezda patir yopishga chogʻlandilar. Katta uyda dasturxon tuzayotgan yangi kelinning tundligini koʻrgan Norposhsha ena xavotir bilan soʻradi:

- Ha, bolam, biron joying ogʻriyaptimi?

Kelin indamadi-yu, uy  eshigidan chiqayotib gʻudrandi:

- Bu uy "stolovoy”mi yo "restoran”mi, butun ovul yigʻilib keladi bir gap boʻlsa.

Kelinning ne sababdan tundligini anglagan Norposhsha ena qatʼiy buyurdi:

- Toʻxta!

Kelin toʻxtab, orqasiga burildi. U aftidan gʻudranib aytgan gaplarimni qaynonam eshitmadi, deb oʻylagandi.

- Mening uyim, - dedi Norposhsha ena, - nafaqat yaxshilar uchun "stolovoy” va "restoran”, balki bozor ham. Yaxshilik urugʻi ekilgan joyga yaxshilar keladi. Senga bu yoqmasa, eshigingni hoziroq yop. Xonadonimga egilib, hurmat-ehtirom koʻrsatib keluvchilarga egilmaydigan kelinning "stolovoy”imda ham, sen aytganday "restoran”imda ham xizmat qilishi shart emas!

Kelin oʻzini yoʻqotib qoʻyayozdi. Bu xonadonga tushganiga endigina bir oy toʻlgan yangi kelin uchun qaynonasining bu gaplari kaltakdan ham battar edi.

Mehmonlar tarqagach, Norposhsha ena yangi keliniga:

- Insonning qandayligi uning soʻz olishidan bilinadi, bolam, - dedi nasihatomuz. – Soʻzing ham dovrugʻing, ham shaʼning. Bir ogʻizgina yomon soʻz seni yer bilan bitta qiladi. Sen boyagi soʻzlaring bilan mening dilimga tosh ot-ding. Bundan keyin soʻzingni anglab gapirmasang, seni aslo ke-chirmayman!

 

"Oʻgʻlim ham menga tegishli”

Oysulton badavlat oilaning qizi boʻlganidan ota-onasi hadya qilgan sep-u sarpo-suruqlari qaynonasi jihozlagan uyga sigʻmay qoldi.

- Bittagina xona berishdimi sizga? – kinoya qildi toʻydan soʻng eriga.

- Nima boʻpti, ikkovimiz yashashimiz uchun hozircha shu xona yetadi, keng-moʻl, - dedi eri samimiyat bilan.

- Yoʻq!-dedi kelin qatʼiy. – Bu xonaga siz siqqaningiz bilan men sigʻmayman, ana u zalni ham qoʻshib berishsin!

Toʻydan soʻng hali bir oy oʻtmasdan uy talashayotgan kelinning gapini bexos eshitib qolgan qaynona:

- Qizim, -dedi nasihat ohangida, - uyimiz keng, sigʻmayotgan boʻlsang, xohlagan xonangga chiqib olaver. Bu uy seniki, bunisi meniki demagin, uyat boʻladi.

Kelin jimgina yerga qaradi. Qaynonasi chiqib ketgach, eri oʻtirgan oromkursini koʻrsatib:

- Turing oʻrningizdan, - dedi jahl bilan, - shuyam matohmi, Mangʻitning ustalari qoʻlidan chiqqan ordona qolgur mebellardan oʻrgildim. Ota-onangiz qilgan mana bu "quti”larni ham chiqarib tashlaymiz.

Kelin xona toʻridagi bejirimgina servantga ishora qilayotganini tushungan oʻgʻil jahl bilan oʻrnidan turib, chiqib ketdi. Kelin esa bilganidan qolmadi. Qaynilarini chaqirib, xonadagi qaynona-qaynotasi yaxshi niyat bilan Mangʻitning nomdor ustalariga buyurtma berib yasattirgan servant va divan-kreslolarni ayvonga chiqartirib tashladi. Oʻrniga ota-onasi tomonidan sepiga qoʻshilgan yotoqxona mebellarini kiritdi. Koʻrpa-koʻrpachalarni ham tanlay boshladi:

- Mana bu koʻrpachalar ham parda va gilamga "podtsvet” emas ekan, olib chiqaraveringlar, mana bu gilam ham "moda”dan qolgan, umuman, qaynonamga tegishli narsalarning hech qaysisi kerak emas, olaveringlar, - qoʻlini beliga qoʻyib qaynilariga buyruq berardi kelin.

- Kelinposhsha, -dedi uyini qaytadan bezatayotgani ustiga kirgan qaynona. – Menga tegishli hech narsa qolmadimi? Oʻgʻlim ham menga tegishli, uniyam xonangdan chiqarib tashlagin-u bemalol yashayver. Shuni unutmaginki, butun dunyoning yarmini olib kelib qoʻysang ham koʻnglingda mana bu ostonaga salgina mehr, odamgarchilik boʻlmasa, sening bizga keraging yoʻq.

- Oʻgʻlim, sen esa ana u koʻch-koʻroning bilan bizning yonimizga koʻchib oʻtaqolgin, to kelinimiz oʻziga kelib olsin, - dedi qaynona qatʼiyat bilan.

Boyvachcha kelin zil ketdi. Tilini tishlab qoldi.

 

Oilaning havosini hasad buzar

Oysara ena ikki oʻgʻil uylantirdi. Yolgʻiz qizini turmushga berdi.

- Xudoga shukur, oʻgʻil-qizdan tinchidim, – dedi yaqin dugonasiga quvonib.

- Alloh baxtini bersin, bolalarning, - Oysaraga tilakdosh boʻldi dugonasi.

Ulardan sal narida, supa chetida oʻgʻlini emizib oʻtirgan kelin oʻzicha hazil qilgan boʻldi:

- Alloh baxtimizni beradi, deb kutib yuraverarkanmiz-da!

Oysara ena kelinining bu gapidan ranjidi:

- Hah, bolam-a, imoni sogʻ, mehnatkash odamning rizqini Alloh ziyoda qiladi, - dedi astoydil xafa boʻlganini bildirib. – Rizqing ziyoda boʻlgani – baxting-da, bolam.

- Qoʻysangiz-chi, ena, katta ovsinimga yangi imorat qurib berdingiz, -dedi kelin sur-betlik bilan. – Qaynotamdan qolgan mashinani ham qaynogʻajon minib yuribdi. Molni sotib, qizingizning sepini butladingiz. Ularga xudo berdimi yo sizmi?

Oysara ena dugonasi oldida uyatdan titrab ketdi. Keliniga biron gap aytishga ham madori kelmay, yer chizdi. Shunda dugonasi:

- Hay-hay kelinposhsha –dedi ovozini koʻtarib. –Bu ne, oʻpkangmi  yo hasadingmi? Nima boʻlganda ham juda tilingga erk berding-a! Bu yerda soʻljayib oʻtirganingdan, kampirlarning gapini tinglaganingdan uyal! Undan koʻra anov qaynotang bilan qaynonang tuzgan qoʻra toʻla mol-holingga qara, tovugʻingga don sol, tomorqangni obod et. Gap bilan gʻiybat va hasad seni hech kimga el qilmaydi. Oysara barcha farzandlari uchun qiladiganini qilib, ataganini berib boʻldi. U yogʻiga oʻzing yugur!

Kelin oʻylamay gapirib qoʻyganini anglab, ikki kampir oldida boshini koʻtarolmay qoldi. Oysara ena esa kelinining odobsizligidan dugonasi oldi-da yer bilan bitta boʻlib oʻtirar, dilida bir hikmat charx urardi: "Oilaning havosini hasad buzar”.

 

Sandiqni ochgan:

Robiya YOʻLDOShEVA.   

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019