16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:17
Adabiyot 👁 5,050

Qaynonaning maktabi

Qaynonaning maktabi

TAPBIYa

Oilaning toʻngʻich, erkatoy, tanti qizi Muslima turmushga chiqdi. Yosh boʻlishiga qaramay u endi uy bekasi. Poʻzgʻor yumushlari qaynonasi ikkoviga yetib, ortadi. Lekin...

Muslimaning qoʻlidan hech bir ish kelmaydi. Ovqat pishirish, idish-tovoqni yuvish, hovli supirish kabi ishlar unga begona. Shuning  uchun ham u ogʻir ahvolga tushdi. Qaynonasi uning axvolini tushungach, yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatishga harakat qila boshladi. Uni oʻz qizidek koʻrib, yotigʻi bilan ovqat pishirish, kiyim-kechaklarni yuvish, hovli supirish, tandirga olov yoqish va non yopish sirlarini erinmay oʻrgatdi. Qaynonasining aytgan gaplari, oʻgitlari, Muslima uchun  erish tuyular, qaynonasini mensimay tinglardi-yu, ich-ichidan ijirgʻanib qoʻyardi.

U shu darajaga borib yetdiki, qaynonasining aytganlariga umuman amal qilmay qoʻydi. Farzandlarini otasiz katta qilgan mushtipar ona kelinining qoʻpol harakatlariga chidadi. Sabr qildi. oʻgʻliga kelini haqida koʻngli ranjimasin, deb bir ogʻiz ham soʻz aytmadi. Shunday boʻlsa-da, kelinposhsha bir kuni lash-lushini koʻtargan holda onasining uyiga ravona boʻldi. Qizining feʼl-atvorini yaxshi bilgan Samad aka qizi bilan qaynonasi orasida qandaydir voqea sodir boʻlganligini sezdi. Sezdi-yu, lekin qiziga hech narsa demadi. Kechqurun uyiga taksi chaqirtirdi. Qizi Muslimaga:

– Qani, mashinaga chiq, seni  uyingga olib boraman, voqea qandayligini oʻsha yoqda bilib olamiz, – dedi. Qizi qaysarlik qilib, dadasiga eʼtiroz bildirdi. Samad aka qiziga shunday qattiq tikildiki, qizi mashinaga qanday chiqqanini bilmay qoldi.

Samad aka xotini Oysuluv bilan birgalikda qudasining  uyiga ming bir istihola bilan kirib keldi, gapni maydalashtirib oʻtirmadi.

– Qizimizning xulq-atvori oʻzimizga ayon, – dedi u qudagʻayi oldida oʻzini  aybdor sezib. – Ammo yoshlarning oilasini saqlab qolish siz bilan bizga bogʻliq, Oysha ena.

Oysha ena negadir bir zum jim oʻtirdi. Soʻng orada hech gap boʻlmaganday mayin kulimsirab:

– Samadboy inim, mening ham fikrim shu, – dedi Muslimani zimdan kuzatarkan. – Hammamiz ham yoshligimizda ota-onamizning erkasi boʻlganmiz. Muslima qizim ham oʻrganib ketadi, mana, men borman-ku.

Quda-qudagʻaylar bir pas chaq-chaqlashib oʻtirishdi. Soʻng bir-birlariga tinchlik-omonlik tilashib, qoʻzgʻalishdi. Ular bir-birlariga "nima boʻldi?” deyishmadi. Qaynona Muslimaning qiliqlarini dasturxon qilmadi. Ota-onasi esa "qizim nega arazladi?” deganlari yoʻq. Bu haqda hech kimning gap ochmagani Muslimaga xuddi tarsaki urganday taʼsir qildi. Shu kundan eʼtiboran u oʻzgardi. Qaynonasining yonida yurib, uy tutish sir-asrorlarini oʻrgandi. Qiynalib, charchab ketsa-da, sir-boy bermadi. Ikki-uch oy deganda Oysha ena Muslimaga hamma yumushlarni ishonib topshiradigan boʻldi.

– Ana endi pazanda va xushmuomala beka boʻlding, – dedi u kelinini olqishlab.

Muslima chin dildan, xuddi oʻz onasi bagʻriga intilganday, qaynonasini mehr-muhabbat bilan quchdi. U juda baxtiyor edi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026