16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:44
Salomatlik 👁 3,870

SIFATLI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISh YOʻLIDA

SIFATLI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISh YOʻLIDA

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida inson omiliga eʼtibor, uning baxtiyor va farovon yashashi uchun gʻamxoʻrlik kuchaydi. Bular albatta tibbiyot sohasida olib borilgan islohotlar bilan chambarchas bogʻliq.

Sogʻlikni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot muassasalari faoliyati samarali boʻlishiga erishish, jahon andozalari talablariga muvofiq aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam koʻrsatish bosh vazifa qilib qoʻyilgan bugungi kunda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalarda ham ulugʻvor vazifalarning ijrosi taʼminlanmoqda.

Birlashmaga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada Mangʻit shahri aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Keyingi yillarda davlati-mizning aholi salomatligini muhofaza qilishga, barkamol avlodning shakllanishiga, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirishga qaratayotgan eʼtibori tufayli aholining salomatlik koʻrsatkichlari se-zilarli darajada yaxshilandi. Kunlik qabul qilish quvvati 785 odamga moʻljallangan poliklinikamizda 22 turdagi mutaxassislar tomonidan bemorlar qabul qilinadi. Bu borada 70 nafar shifokor, 90 nafar hamshira, 22 nafar kichik hamshiralar oʻz xizmat vazifasini sidqidildan ado etmoqdalar.

Muassasamiz binosi 2012-yilda kapital rekonstruktsiya qilinib, qabul uchun qulay sharoitlar yaratildi hamda jahon andozalari talablari darajasidagi zamonaviy diagnostika tibbiy asbob-uskunalari oʻrnatildi. Jumladan raqamli rentgen apparati, ultratovush tekshiruvi apparati, shuningdek, koʻz kasalliklarini aniqlaydigan refroktometr bilan taʼminlandi.

Yaratilgan imkoniyatlar bemorlarga aniq tashhis qoʻyish va davolashni samarali olib borishga imkoniyat tugʻdiradi.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida muassasamizda 409 982 ta qatnov qayd qilinib, bemorlarning aksariyati ambulator sharoitlarda sogʻlomlashtirildi.

Bugungi kunda jahon tibbiyoti tajribalari bemorlarga aniq tashhis qoʻyilib, ambulator sharoitlarda sogʻlomlashtirilishi qulay va samarali boʻlishini koʻrsatmoqda. Buni inobatga olgan holda poliklinikamizda mehnat qiladigan shifokorlar va  oʻrta tibbiyot xodimlarining kasb malakasi va mahoratini oshirib borishga doimiy eʼtibor berayapmiz. Shuning natijasida 70 foiz shifokorlarimiz, 33 foizdan ortiq oʻrta tibbiyot xodimlarimiz kasb toifasiga ega boʻlishdi.

Muassasamizda va unga qarashli boʻlgan 19 ta qishloq vrachlik punktlarimizda bemorlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish bilan birga kasalliklarning oldini olish uchun emlash, kasalliklardan saqlanish yoʻl-yoʻriqlari, sogʻlom turmush kechirish afzalliklari aholi orasida keng targʻib qilinayapti. Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari yiliga bir marta tizimli ravishda eng malakali mutaxassislar ishtirokida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda. Aholining keng qatlamlari orasida oʻtkazilayotgan tibbiy koʻriklar tufayli koʻpgina kasalliklar aniqlanib, davo choralari koʻrilayapti.

Joriy yilimizning "Keksalarni eʼzozlash yili” deya nomlanishiga muvofiq qabul qilingan dasturga asosan tumanimizda istiqomat qiluvchi nuroniy yoshdagi otaxon va onaxonlarimizga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatilayotir. Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari maxsus uy aptechkalari bilan taʼminlandi va ularga shifokorlar biriktirildi.

Fursatdan foydalanib, aholi sogʻligini saqlash va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlida sidqidildan mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan qizgʻin qutlayman!

 

Baxtiyor MUXTOROV,

tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026