16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:35
Iqtisodiyot 👁 5,409

HISOBOTLARNI ELEKTRON TARTIBDA TOPShIRISh tizimining afzalliklari

HISOBOTLARNI ELEKTRON TARTIBDA TOPShIRISh tizimining afzalliklari

Prezidentimizning 2012-yil 16-iyuldagi PK-4453-sonli qaroriga asosan bozor iqtisodiyoti talablariga, xalqaro meʼyorlar va standartlarga muvofiq, byurokratik gʻovlarni bartaraf etish, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish hamda soddalashtirish, hisobot tizimini va hisobotlarni taqdim etish tartibini tubdan takomillashtirish hisobiga ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida 2014-yilning oxiriga qadar barcha tadbirkorlik statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga toʻla hajmda bosqichma-bosqich oʻtkazilishini, shuningdek, 2012-2016-yillar mobaynida ariza beruvchilarga arizalarning oʻtish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratgan holda litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun internet tarmogʻi orqali arizalarni berishning elektron shakllari joriy etilishi belgilab berilgan.

Bugungi kunda Amudaryo tumanida soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining interaktiv xizmatlaridan samarali foydalanmoqdalar, ular soliq va moliyaviy hisobotlarini oʻz ofislarida oʻtirgan holda Davlat soliq inspektsiyasiga tashrif buyurmasdan elektron tarzda taqdim etmoqdalar. Bu esa soliq toʻlovchilar vaqtlari va xarajatlarini tejab, tadbirkorlik faoliyatlariga ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

Soliq hisobotlarini elektron tartibda topshirish boʻyicha Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Respublika axborot-maslahat markazi Qoraqalpogʻiston boʻlinmasining hisobotlarni elektron tartibda topshirish va boshqada xizmatlar koʻrsatish shoxobchasi, shuningdek, Soliq inspektsiyasi binosi yonida soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.

Moliyaviy va soliq hisobotlarni elektron koʻrinishda qabul qilish va qayta ishlash tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi www.soliq.uz  amaldagi axborot portalida tashkil etilgan va unda moliyaviy va soliq hisobotlarni elektron koʻrinishda shakllantirish dasturiy vositalar hamda kanallar joylashtirilgan.Tizim WEB texnologiyasidan foydalangan holda joriy etilgan. Elektron soliq hisobotlarni shakllantirish soliq toʻlovchilar xohishiga koʻra ikki usulda: hisobot.soliq.uz yoki e-hisobot.uz  sayti orqali «Soliq toʻlovchining kabineti»  bevosita shakllantiriladi. Bu usulda elektron soliq hisobotlaridagi maʼlumotlar Davlat soliq qoʻmitasi serveriga kelib tushadi.

-avtonom rejimda EREPORTS V3.0 dasturiy mahsulidan foydalanilgan holda  elektron soliq hisobotlarini joʻnatish dasturiy mahsul  vositasi orqali yoki elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Internet provayderi uchun toʻlangan toʻlovlardan tashqari, soliq hisobotlarini elektron koʻrinishda shakllantirish va joʻnatish shu jumladan, EREPORTS V3.0  dasturiy maxsulni  tarqatish xizmatlari tekin amalga oshiriladi.                                                      
  Soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etishga 
soliq hisobotining majburiy rekvizitlari mavjud boʻlganda, 
elektron koʻrinishdagi soliq hisobotlarida elektron raqamli imzo mavjud boʻlganda xamda soliq hisobotidagi maʼlumotlarda xatoliklar mavjud boʻlmaganda ruxsat beriladi. Soliq toʻlovchilar soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etganda davlat soliq xizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari soliq hisobotining avtomatik tarzda qabul qilinishini yoki soliq hisoboti notoʻgʻri tuzilganligi yoki unda xatoliklar mavjudligi sababli qaytarilishini taʼminlaydi.

Soliq hisobotining notoʻgʻri tuzilganligi yoki unda xatoliklar mavjudligi sababli qaytirilgan holatda soliq organlari soliq toʻlovchiga bu haqda elektron koʻrinishda xabar  beradi. Soliq toʻlovchilar belgilangan tartibda soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etganda, soliq toʻlovchi va davlat soliq xizmati organlari qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda elektron koʻrinishda saqlanishini taʼminlaydilar.

Elektron koʻrinishdagi soliq hisoboti joʻnatuvchisining elektron manzilidan joʻnatish sanasi va vaqti soliq hisobotini qabul qilib oluvchisining elektron manzilidan qabul kilib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma kelganda soliq hisobotini taqdim etish sanasi va vaqti hisoblanadi.

Elektron koʻrinishdagi soliq hisobotini qabul qilib oluvchisining elektron manziliga soliq hisoboti kelib tushgan sana va vaqt elektron koʻrinishdagi soliq hisoboti qabul qilib olingan sana va vaqt hisoblanadi.

Elektron koʻrinishdagi soliq hisobotini joʻnatish va qabul qilib olish sanasi va vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining dasturiy-apparat vositalari orqali avtomatik tarzda qayd qilinadi.Soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etuvchi soliq toʻlovchi soliq hisobotidagi maʼlumotlarning oʻz vaqtida, toʻla va ishonchli taqdim etilishiga javobgar hisoblanadi.

Soliq hisobotini qabul qiluvchi va unga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari keyingi foydalanish uchun qabul qilinib olinayotgan axborotga oʻz vaqtida ishlov berilishiga shaxsan javobgardirlar.

 

Mansur ShOMURODOV,
tuman DSI Kameral nazorat shoʻʼbasi boshligʻi.


Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019