16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Iqtisodiyot 👁 4,024

BARQAROR IQTISODIY TARAQQIYoTNING MUHIM OMILI

BARQAROR IQTISODIY TARAQQIYoTNING MUHIM OMILI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2015-yil 15 maydagi Farmoni yurtimizda ishbilarmonlik muhitining yanada yaxshilanishida muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Ayni kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari uchun turli imtiyoz hamda preferentsiyalarni joriy etish, ular faoliyatida duch kelayotgan gʻov va toʻsiqlarga barham berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotir.

Jumladan barcha nazorat organlari uchun rejali tekshirishlar davriyligi bir xillashtirildi. Belgilangan yangi meʼyor tadbirkorlik subʼektlarida turli nazorat organlari tomonidan har yili yoki ikki yilda bir marta rejali tekshirish oʻtkazilishining oldini oldi.

Farmonga asosan joriy yilning 1-iyulidan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan mikrofirma, kichik korxona va fermer xoʻjaliklari faoliyatidagi barcha rejali tekshirishlar koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subektlarida esa koʻpi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladigan boʻldi.

Tadbirkorlik subektlarida oʻtkaziladigan moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan, yaʼni buxgalteriya va boshqa hujjatlarni oʻrganishni talab etmaydigan rejali tekshirishlar muddati 10 kalendar kunidan oshmasligi belgilandi.

Shuningdek, Farmonda tadbirkorlik subektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlarda faqatgina oxirgi rejali tekshiruvdan keyingi davr qamrab olinishi ham aniq belgilab qoʻyildi.

Bu meʼyorlar 2015 yil 20-avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni , tadbirkorlik subektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunda oʻz ifodasini topdi.

Shuningdek, Qonunda nazorat qiluvchi organning rejali tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni oʻtkazish boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subektini tekshiruv oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.

Yangi Qonun asosida tadbirkorlik subektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzganlik uchun javobgarlik ham kuchaytirildi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi va Jinoyat kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda bu masalalar boʻyicha aybdor shaxslar eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Tadbirkorlik subektlarini tekshirishlarning kamayishi, ularning qatiy tartibga solinishi tadbirkorlarning vaqtini bexuda olish, kayfiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatish kabi holatlarga barham berib, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun yanada kengroq imkoniyat yaratadi.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi Farmoni va ushbu Farmon asosida qabul qilingan yangi Qonun soʻnggi yillarda ushbu sohada ishlab chiqilgan, oʻz koʻlami va mazmuniga koʻra eng muhim normativ xujjatlardan biri hisoblanadi. Bu xususiy sektor faoliyatini kuchaytirish hisobiga iqtisodiyotimizning jadal rivojlanishiga asos boʻlishi shubhasiz.

Yangi Qonun xususiy mulkni himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etishga, tadbirkorlarning faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik va qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun huquqni muhofaza qilish, nazorat va boshqa davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi muqarrarligini taʼminlashga muhim huquqiy asos yaratdi.

Yangi Qonun bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazish, biznes yuritish tartibi, nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlardan tortib ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, javobgarlikni erkinlashtirishga qadar tadbirkorlik subektlari faoliyatining deyarli barcha jihatlariga daxl qiladigan qator qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qonun bilan tadbirkorlarning faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik va noqonuniy aralashganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi ancha kuchaytirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi "Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar” deb nomlangan yangi bob bilan toʻldirildi. Oʻn bir moddadan iborat ushbu bobda xususiy mulk huquqi kafolatlari oʻz ifodasini topgan.

"Xususiy mulk huquqini buzish” deb nomlangan moddaga nazar tashlaydigan boʻlsak, unda nazorat qiluvchi, huquqni muhfaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yoʻli bilan ularga zarar yetkazish, yaʼni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash kabi jinoyatlar uchun katta miqdordagi jarimadan tortib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha boʻlgan jazolar belgilandi.

Qonunchilikdagi yangilik boʻlgan bu meʼyor xususiy mulk ustuvorligi printsipiga toʻla mos boʻlib, amalda tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.

Xususiy mulk va tadbirkorlikka berilayotgan bunday huquqiy kafolatlar barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi.

Ulugʻbek BAZARBOYeV,

tuman Davlat soliq inspektsiyasining

yuridik shaxslarga soliq solish boʻlimi boshligʻi.


Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019