16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Iqtisodiyot 👁 4,452

XUSUSIY MULK, KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING IShONChLI HIMOYaSI

XUSUSIY MULK, KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING IShONChLI HIMOYaSI

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtarash, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tabirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi ortiqcha byurokratik toʻsiq hamda gʻovlarni bartaraf etish borasidagi  tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muhtaram yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 15-mayida qabul qilingan "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni xususiy mulk huquqini mustahkalash, uni ishonchli himoya qilish borasidagi muhim hujjat boʻldi.

Prezidentimizning mazkur Farmoni hamda 2015-yilning 28-aprelidagi "Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subʼetlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

Bu Qonunda amaldagi 40 gayaqin Qonun va 5 ta Kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Ushbu Qonunning maqsadi – xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, shuningdek, davlat, huquqni muhofaza qilish, nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarligini kuchaytirishdan iboratdir.

Qonunda mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari faoliyati bilan bogʻliq barcha tekshiruvlar nazorat organlari tomonidan rejali tartibda, toʻrt yilda bir martadan koʻp boʻlmagan tartibda amalga oshirilishi, moliya – xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar oʻtkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmasligi, tadbirkorlik subʼektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat soʻnggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab olishi hamda qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subʼekt jalb etgan advokatlar ishtirokida amalga oshirilishining belgilab qoʻyilishi yurtimizda qulay biznes muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, qonunda tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilgani va noqonuniy aralashgani uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab qoʻyildi. Bundan buyon mansabdor shaxslar xoʻjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha tekshiruv va taftish oʻtkazish tartibini, davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini buzganlik, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini va (yoki) ularning bank hisobvaraqlari boʻyicha amaliyotlarni noqonuniy toʻxtatib qoʻyganlik, tadbirkorlik subʼektlariga tegishli boʻlgan binolar va boshqa inshootlarni shu mulkning bozor qiymatini qoplamasdan buzib tashlaganlik, xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning hisobvaraqlaridagi mavjud pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi axborotni asossiz ravishda talab qilganlik, xoʻjalik yurituvchi subʼektlarni xayriya ishlari va pul mablagʻlari ajratish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga majburiy jalb qilganlik uchun maʼmuriy javobgar boʻladilar.

Tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qilish sohasidagi qonunchilikni koʻp marotaba buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan esa jinoiy javobgarlik choralari ham qoʻllanilishi belgilab qoʻyilmoqda.

Mazkur qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining bir qator kodeks va boshqa qonun hujjatlariga ham oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, Soliq, Mehnat, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Xoʻjalik protsessual, Uy-joy va Yer kadastrlariga, shuningdek, "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, "Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi, "Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi kabi oʻnlab qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda ushbu Farmon asosida qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan barcha chora-tadbirlardan yagona maqsad-kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini jadal rivojlantirish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, yurtimizda tinchlik va barqarorlik taʼminlanishidan eng koʻp manfaatdor boʻlgan mulkdorlar sinfini ragʻbatlantirish, pirovardida aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash va, shubhasiz, ijtimoiy hayotni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Mansur ShOMURODOV, tuman davlat soliq inspektsiyasi yuridik shaxslarga soliq solish boʻlimi kameral nazorat shoʻʼba boshligʻi.


Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019