16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:01
Jamiyat 👁 4,689

Istiqbolga intilgan yoshlar

Istiqbolga intilgan yoshlar

HAM RASSOM, HAM ShOIRA

Inson tabiatan goʻzallikka shaydo. Kim uchundir qimmatbaho, jimjimador taqinchoqlar goʻzal, yana kim uchundir eng yangi fasondagi liboslar, yaqinlarining chehrasi, yaratgan bogʻ-u boʻstoni goʻzal. Yon-atrofimizni qurshab turgan moddiyatlarda koʻzni quvontiradigan goʻzalliklar bisyor. Biz uni har lahzada xohlagancha kashf etishimiz mumkin. Lekin inson tabiatida shunday bir goʻzallik borki, biz uni garchi koʻzimiz bilan koʻrmasak-da, uning qudratidan taft olamiz, dilimiz, vujudimiz yayrab ketadi bu goʻzallikdan. Beixtiyor havas va hayratga chulgʻanamiz. Bu – qalb goʻzalligi. Maʼnaviy barkamollik sari intilib, atrofidagilarni yaxshilik, ezgulik sari chorlab yashaguvchi koʻngil boyligi bu goʻzallik!

Mangʻit shahrining Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi Mangʻitbek aka Erniyozov ana shunday – butun boyligini koʻngliga jamlagan inson. Nihoyatda kamtar, kamgap, tabiatan kamsuqum bu inson umr boʻyi oʻz qalb goʻzalligini Amu eliga, mangʻitliklarga ulashib kelayotgan boʻlsa ne ajab. U xalqning xohish-irodasini, orzu-umidlarini ifoda etuvchi suratlar chizadi. Bu suratlarga goʻyo rassomning qalb harorati koʻchganday issiq, taftli.

Manzuraxon Mangʻitbek qizi ana shu insonning farzandi. U ziyoli oilada shakllangan goʻzal ijodiy muhit ogʻushida oʻsdi. Mangʻit shahrining, Amu elining jamiki goʻzal manzaralarini, betakror tabiati, mehribon, bagʻrikeng insonlariga xos odamiylik fazilatlarini eng avvalo otasi, taniqli rassom Mangʻitbek Erniyozov yaratgan tasviriy sanʼat asarlari orqali his etdi. Otasi, onasi oʻqigan kitoblarni oʻqidi, ular amal qilguvchi hayot qoidalari asosida toblandi. Manzuraxon Ashirboyeva tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida tahsilni boshlagan 7-8 yoshlaridanoq qoʻliga moʻyqalam tutib, otasi kabi suratlar chiza boshladi. Chizgan suratlari bilan avval oʻzi tahsil olgan maktabda ustozlarining, keyinchalik "Barkamol avlod” bolalar markazi mutaxassislarining nazariga tushdi. Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida tahsil olgan Manzura turli xil koʻrik-tanlovlar, adabiy-badiiy ijodkorlik boʻyicha bellashuvlarning doimiy ishtirokchisiga aylandi. Biron kun ham ijod qilishdan toʻxtamagan Manzura kollejni muvaffaqiyatli tugatib, "Barkamol avlod” bolalar markazida ishlay boshladi. Bu yerda rassomlikka qiziquvchi bolalar bilan ishlashish Manzura uchun ham zavqli, ham anchayin masʼuliyatli edi.

- Ayniqsa, ranglar tanlash masalasida baʼzan qiynalib qolardim, - deydi u, – bunday paytlarda dadam menga doim ustozlik qiladilar.

Tasviriy sanʼatning eng nozik sirlarini dadasi Mangʻitbek akadan oʻrganishdan, oʻqib-izlanishdan aslo charchamaydigan Manzuraxon "Yurt kelajagi” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichida sovrindor boʻldi va koʻrik-tanlovning maxsus sovgʻasi hamda Diplomi bilan taqdirlandi. U doimiy ravishda Navroʻz – umumxalq bayramiga bagʻishlangan yosh rassomlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻrgazmasida oʻz ijod namunalari hamda "Barkamol avlod” bolalar markazining tasviriy sanʼat toʻgaragi aʼzolari tomonidan tayyorlangan suratlar jamlanmasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egallab kelmoqda.

- Men uchun 2015-yil juda omadli keldi, - deydi Manzura quvonch bilan. - Nukus Davlat pedagogika institutining tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi fakulteti talabasi boʻldim.

Orzulari tomon dadil qadam tashlagan Manzura Ashirboyeva uchun oliygohda tahsil olish, yetuk mutaxassis olimlar, fidoyi ustozlar nazari ostida ijod etish uning hayotida yangi-yangi sahifalarni ochdi. Bolaligidan rassomlik bilan shugʻullanib, maktabdagi va kollejdagi ustozlarining, turli xil koʻrik-tanlovlar tashkilotchilarining eʼtirofiga sazovor boʻlgan Manzura oʻzining yana bir nozik qobiliyatini namoyon etdi. Sheʼriy mashqlari bilan oliygoh oʻquv auditoriyalaridagi bahs-munozaralarda, katta-kichik tadbirlarda ishtirok etib, ijod ahlining nazariga tushdi.

Yaqinda, soʻlim kuz faslining farahli kunlaridan birida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan "Doʻrman” ijod uyida boʻlib oʻtgan VII respublika yosh ijodkorlar seminarida ishtirok etish baxtiga muyassar boʻldi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari Iqbol Mirzo, xalq shoiri Mahmud Toir, Tursunboy Adashboyev, Suvon Meli, Bahodir Karim, Abduqayum Yoʻldoshev, Adhambek Alimbekov, Sirojiddin Rauf, Oʻktam Mirzayor, Klavdiya Panchenko, Nodir Jonuzoq kabi el ardogʻidagi ustoz shoir-u yozuvchilarning mahorat maktabi tahsillarida, suhbatlarida qatnashib, Oʻzbekistoning turli viloyatlaridan kelgan yosh ijodkorlar bilan tanishish baxtiga musharraf boʻldi. Ijod ahli uchun muqaddas goʻsha hisoblangan tabarruk dargoh – "Doʻrman” ijod uyida oʻtkazilgan sheʼriyat anjumani davrasida oʻz sheʼrlarini oʻqidi, ustoz shoirlar maslahatlarini tinglab, olqish va duosini oldi.

- Men sheʼrlarimni doimo boshqalarga koʻrsatmay, yashirib yurardim, - deydi Manzuraxon Ashirboyeva. – Endi bilsam, xato qilgan ekanman. Sheʼr - nafaqat oʻz koʻnglim, balki oʻzgalar koʻnglining ham mulkiga aylanishi mumkin ekan. Respublika yosh qalamkashlarining toʻplamiga mening ham sheʼrlarim kiritilishini aytishganida zimmamda juda katta masʼuliyatni his etdim. Bu – maʼnaviyatga daxldorlik, tilga, adabiyotga daxldorlik tuygʻusi bilan yashash masʼuliyati.

Manzura Ashirboyeva endi 21 yoshga qadam qoʻydi. Uning barcha orzulari oldinda. Tasviriy sanʼat hamda sheʼriyatda birdek ijod qilayotgan Manzuraxonning kelajagiga ishongimiz keladi. Unga bir samimiy doʻst, ijod maydonida hamfikr va hamnafas sifatida:

- Istiqbolga intilgan qadamlaring qutlugʻ, yoʻllaring oydin boʻlsin, - deymiz.

 

Robiya YOʻLDOShEVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.  

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026