16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:00
Siyosat 👁 4,331

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻn uchinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻn uchinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2016 18-yanvar kuni xalq deputatlari tuman Kengashining oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyaga tuman Kengashi Reglamentining 16-moddasiga muvofiq tuman hokimi topshirigʻiga binoan deputat R.Oʻrozboyev raislik qildi.

Sessiyaga tuman Kengashi deputatlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquqtartibot organlari va boʻlimlar rahbarlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari raislari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilindi.

Sessiya kotibligiga 5-Beruniy saylov okrugidan deputat S.Xoʻjamurotova saylandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar havola qilindi:

1. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2016-yilga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida.

2. Xalq deputatlari tuman Kengashi, Kengash doimiy komissiyalari va Kengash deputatlarining 2015-yildagi faoliyati natijalari toʻgʻrisida.

3. Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2015-yilgi ijrosi toʻgʻrisida.

4. 2015-yil 12 oyi davomida jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti haqida.

Deputatlar dastlab tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2016-yilga moʻljallangan ish rejalari loyihasini koʻrib chiqdilar va muhokama qilib, tasdiqladilar.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi R.Roʻzmetov axborot berdi.

Axborotda taʼkidlanganidek, xalq deputatlari tuman Kengashi, tuman Kengashi doimiy komissiyalari va deputatlari oʻtgan yil mobaynida "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda "Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Reglamenti”ga, "Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq keng turda faoliyat olib bordilar. Axborotda  xalq deputatlari tuman Kengashi, Kengash doimiy komissiyalari va Kengash deputatlarining 2015-yildagi faoliyati boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala – Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2015-yilgi ijrosi yuzasidan tuman moliya boʻlimi mudiri A.Abdijaliyev hisobot berdi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, 2015-yil davomida tuman mahalliy byudjetining daromadlar qismi rejasi 27 mlrd. 891 mln. 663 ming soʻmga belgilangan boʻlib, haqiqatda 27 mlrd. 991 mln 663 ming soʻmga, yaʼni 100,4 foizga bajarildi.

Mahalliy byudjetning xarajatlar qismi rejasi esa 100 mlrd. 851 mln. 388 ming soʻmga belgilangan boʻlib, haqiqatda 100 mlrd. 846 mln. 915 ming soʻm sarf qilindi. Bu xarajatlar asosan ijtimoiy-madaniy va aholini qoʻllab-quvvatlash xarajatlariga, iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar talablarini amalga oshirish tadbirlariga qaratildi. Hisobotda tuman mahalliy byudjetining 2015-yildagi ijrosi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Kun tartibidagi soʻnggi masala boʻyicha tuman prokurori F.Allambergenovning 2015-yil davomida tuman hududida qonuniylikning hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisidagi axboroti muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar boʻyicha muzokaralarda deputatlar, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok qilib, muhokama qilinayotgan masalalarga oʻz munosabatlarini bildirdilar.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019