16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Jamiyat 👁 3,609

POChTA ALOQASI XIZMATLARI SIZNI QANOATLANTIRADIMI?

POChTA ALOQASI XIZMATLARI SIZNI QANOATLANTIRADIMI?

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligiga erishganidan soʻng davlatimizda fuqarolarning ijtimoiy turmushini yaxshilashga, isteʼmolchilarga jamiyatning barcha sohalarida koʻrsatilayotgan xizmatlardan erkin foydalanishga imkoniyatlar yaratib berish va ularning qonuniy huquqlarini ximoya qilishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.

"Oʻzbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati foydalanuvchilarining pochta aloqasi universal xizmatlariga boʻlgan talablarini qanoatlantirishga, jumladan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar va mayda paketlarni Oʻzbekiston Respublikasi doirasida maqbul narxlarda joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) xizmatlari koʻrsatish, shuningdek shartnoma asosida davriy matbuot nashrlariga obuna rasmiylashtirish, obunachilarga  yetkazib berish, fuqarolardan kommunal xizmatlar boʻyicha toʻlovlarini qabul qilish va boshqa qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish vazifalari yuklatilgan.

Ushbu sohada foydalanuvchilarga sifatli xizmatlar koʻrsatilishini nazorat qilish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi zimmasiga yuklatilgan boʻlib, mazkur vazifalarni bajarishda inspektsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshirilayotgan nazorat va monitoring ishlari natijasida isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan pochta aloqasi xizmatlarining sifatini yanada yaxshilash zarurligi holatlari aniqlanmoqda.

Misol tariqasida, inspektsiyaning tegishli buyrugʻiga asosan hududiy boʻlinma tomonidan  oʻtgan 2015-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida pochta joʻnatmalarini egalariga belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini nazorat qilish maqsadida buyurtmali va oddiy xatlar joʻnatilib, monitoring ishlari olib borilishi natijasida pochta aloqasi xodimlari tomonidan xatlarni qabul qilish, ishlov berish, joʻnatishga tayyorlash  va yetkazib berishda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Ayrim holatlarda xatlarni koʻrsatilgan manzillarga yetkazib berishda belgilangan nazorat muddatlarining buzilishi holatlari ham kuzatilib, tegishli choralar koʻrildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish  va ularning oldini olish maqsadida hududiy boʻlinma xodimlari tomonidan, xizmatlar koʻrsatish joylariga chiqqan holda, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar xodimlari ishtirokida sohaga doir qonun talablarining bajarilishi va meʼyoriy hujjatlar talablariga amal qilish boʻyicha profilaktik uchrashuvlar oʻtkazilib, xizmat koʻrsatishda foydalanish uchun hududiy boʻlinma tomonidan ishlab chiqilgan qoʻllanmalar tarqatilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan pochta joʻnatmalarini yetkazib berishda nazorat muddatlari va sifat koʻrsatkichlari belgilangan. Agar pochta aloqasi xizmatlarida ushbu meʼyorlar buzilishi hollari uchrasa yoki boshqa muammolar yuzaga kelsa, shuningdek pochta aloqasi xizmatlarining sifatini oshirish boʻyicha oʻz fikr-takliflaringiz mavjud boʻlsa, 224-01-11 raqamli "Ishonch telefoni” orqali Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasiga murojaat qilishingiz mumkinligini yana bir bor eslatib oʻtamiz.

 

M.ALLAMBERGENOV,

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019