16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:35
Salomatlik 👁 4,054

SURUNKALI GEPATITDAN OʻZINGIZNI HIMOYa QILING

SURUNKALI GEPATITDAN OʻZINGIZNI HIMOYa QILING

Virusli gepatit V, S va D - yuqumli kasalliklar boʻlib, bunda viruslar aynan jigar hujayralarini jarohatlaydi. Bu viruslar  odam organizmiga qon va jinsiy yoʻllar orqali oʻtadi.

Kasallik asosan gepatitga chalingan  bemorlardan yuqadi. Viruslar koʻplab miqdorda ularning axlati, peshobi, soʻlagi, nafas yoʻllarining shilimshiq moddalari, qoni, shahvati, jinsiy aʼzo ajralmalarida  saqlanadi. Virusli gepatitning V, S va D turlari giyohvandlar igna va shpritslardan umumiy foydalanganda, qoʻzgʻatuvchilari - viruslarni  tashib yuruvchi shaxslar bilan jinsiy aloqada boʻlganda, organizmga virus bilan zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilgan-da, tish choʻtkasi, soqol olish, tirnoq olish va tozalash anjomlaridan umumiy foydalanilganda, yetarli darajada zararsizlantirilmagan tibbiy asboblar orqali turli xil tibbiy (stomatologik, ginekologik, jarrohlik va boshqa) muolajalar olganda yuqishi mumkin. Bu kasallik onadan bolaga homiladorlik davrida va tugʻish paytda yuqishi mumkin.

Organizmga virus tushishi bilan kasallik birdaniga boshlanmaydi, dastlab virus organizmda koʻpaya boshlaydi. Bu jarayon klinik belgilarsiz kechadi va kasallikning yashirin davri deyiladi. Gepatitning V, S, D, turlarida yashirin davr 6 oygacha davom etishi mumkin.

Kasallikning boshlangʻich davrida darmon qurishi, ishtahaning yoʻqolishi, koʻngil aynishi, ovqatlangandan keyin qayt qilish kabi holatlar kuzatiladi.  Baʼzida kasallik oyoq boʻgʻimlarining ogʻrishi va gripp koʻrinishida ham namoyon boʻlishi mumkin. Shuningdek, bemorning peshobi qizaradi (meʼyorda peshob toʻq sariq rangda boʻladi).

Kasallikning sargʻayish davri 1-2 hafta davom etadi. Bu davrda avval koʻzning shilliq pardasi, tirnoq va teri sargʻayadi. Virusli gepatitning V, S turlarida koʻpincha yaqqol sariqlik belgilari kuzatilmaydi.

Kasallik koʻp xollarda yashirin kechadi. Kasallikning vaqtida aniqlanmasligi va davolanmasligi jigar faoliyatining yetishmovchiligi, jigar tsirrozi kabi ogʻir asoratlarni  yuzaga keltirishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, kasallikning yashirin va boshlangʻich davrlarida va yaqqol belgilarsiz kechadigan turlarida bemor atrofdagilar uchun oʻta xavfli boʻladi. U oʻzi bilmagan holda oila aʼzolariga va yaqinlariga kasallikni yuqtirib qoʻyishi mumkin.

Virusli gepatit V kasalligining oldini olishda eng samarali vosita bu – emlashdir. Hozirgi vaqtda bolalar emlash kalendariga muvofiq gepatit V ga qarshi emlanadi. Gepatit S ga qarshi vaktsina hali ishlab chiqilmagan. Agar oʻzingizga, oila aʼzolaringizga, eng muhimi, farzandingizga kasallik yuqmasin, desangiz shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling. Yaʼni tish choʻtkasi, soqol olish, tirnoq tozalash asboblaridan faqat shaxsiy tarzda foydalaning, har gal ukol  olayotganingizda bir martalik shpritslardan foydalanishni unutmang.

Tibbiy muolaja olayotganingizda zararsizlantirilgan asboblarning ishlatilishiga qatʼiy eʼtibor bering, giyohvand moddalarni hattoki taʼtib ham koʻrmang. Ichkilikbozlik, kashandalik kabi yaramas illatlardan yiroq boʻling va oʻzingizni, farzandlaringizni gepatit V ga qarshi emlating.

Sogʻligingiz oʻz qoʻlingizda. Uni doimo avaylab-asrashga harakat qiling. Inson baxti, saodati va kamoli  uning salomatligiga bogʻliqdir.

 

Davronbek Gulmirzayev, tuman DSENM sanitariya shifokori.

(Foto - http://oboleznjah.ru)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019