16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:17
Jamiyat 👁 3,805

HAZRAT NAVOIY VA YoShLAR

HAZRAT NAVOIY VA YoShLAR

XXI asrda hazrat Navoiy bilan zamonamiz ahlini 575 yillik koʻprik bogʻlab turibdi. Ne sababki, ul mutafakkirning ijodi qalbimiz tubidan joy olib, ruhimizni tarbiyalab kelmoqda. Olam yaralibdiki, insoniyatga juda koʻp ilohiy qudrat sohiblarini tuhfa etdi. Lekin tarix ularning koʻpchiligini unutdi. Ammo biz oʻzbek xalqlari uchun Navoiy tengsiz dahodir.

Maqsud Shayxzoda Alisher Navoiyni "soʻz mulkining sultoni”, deya taʼriflaganlarida haq edilar. Maʼlumotlarga koʻra, jahonning koʻzga koʻringan shoir va yozuvchilari tomonidan ishlatilgan soʻzlar jihatidan ham Hazrat Alisher Navoiy dunyo adabiyotida eng yuqori pogʻonada turadi: Alisher Navoiy oʻz asarlarida 26035 ta soʻz ishlatgan.

Alisher Navoiy ijodida mumtoz sheʼriyatning deyarli barcha janrlari hamda sheʼriy sanʼatlarini uchratishimiz mumkin. Shoir ijodida komil inson gʻoyasi ilgari suriladi. U ezgulikni ulugʻlagan. Yaxshilikka chorlagan. Navoiy boboning merosini oʻqib-oʻrganish, ayniqsa biz yoshlarning maʼnaviiy-maʼrifiy tomondan kamol topishimizda yoʻlchi yulduz vazifasini bajaradi.

Alisher Navoiyning "Hayrat ul-Abror”, "Lison ut-tayr” dostonlari hamda fors tilidagi "Devoni foniy”ning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.

Odami ersang demagil odami,

Oniki yoʻq xalq gʻamidin gʻami.

Bu misralar orqali Navoiy inson faqat oʻzi uchun emas, balki oʻzgalar uchun yashashi lozimligini, el-yurt manfaati yoʻlida xizmat qilish oliy saodat ekanligini taʼkidlaydi. Axir, yer yuzidagi jamiki insonlar taqdiri bir-biriga uzviy bogʻlangan. Yoki mana bu satrni loqayd oʻqimoq mumkinmi?

"Kimki bir koʻngli buzuqning xotirin shod aylagay,

Oncha borki, Kaʼba vayron boʻlsa obod aylagay”.

Agarda qalb yomonlikka moyil boʻlsa, uni bu yoʻldan qaytarish, yaxshilikni oʻrgatish ancha zahmatdir. Diniy kitoblarda koʻngil muqaddas deyilgan. Yozilishicha, har bir insonda ham koʻngil boʻlavermas ekan. Negaki, koʻngilda ilohiylik yashar ekan.

Mening qalbimda yaxshi fazilatlarning, ulugʻ tuygʻularning kurtak yozishida Navoiy bobomning ijodi alohida ajralib turadi. Negaki, Navoiy xazinasi ezgulikka yetaklaydi.

 

Shahzod QURBONBOYeV,

Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

(Foto - http://milliybog.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026