16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:18
Jamiyat 👁 3,815

FAROVONLIK YOʻLIDAGI DADIL QADAMLAR

FAROVONLIK  YOʻLIDAGI  DADIL  QADAMLAR

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish harakati boshlangan edi. Shundan keyingi davrda, yaʼni salkam chorak asr mobaynida diyorimizda ulkan oʻzgarishlar amalga oshirildi. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz farovonligini tobora yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Tumanimizda har yili amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamyurtlarimiz qalblarida mustaqillik sharofatidan mamnunlik, faxr-iftixor, kelajakka katta umid tuygʻularini paydo qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil 3-avgustdagi "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2015-yilning  oxiriga qadar tumanimizning  qishloq joylarida jami 362 ta namunaviy  loyihalar asosida uy-joylar qurildi.

Barcha sharoitlarga ega boʻlgan ushbu uylarda yashayotgan hamyurtlarimiz mamlakatimizda inson omiliga eʼtibor tobora kuchayayotganidan mamnun ekanliklarini izhor qilmoqdalar.

Barcha yillardagi kabi 2015  yilda  ham tumanimiz quruvchilari uchun qizgʻin mehnat yili boʻldi, desak aslo  yanglishmaymiz. Negaki, shu yili oʻtgan yillardagidan ancha koʻp qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan 55-sonli umumtaʼlim maktabi qoshida qiymati 602,8 mln. soʻmlik sport zali qurildi, 9-sonli bolalar musiqa maktabi rekonstruktsiya qilinib, bu ishga 1 mlrd. 705 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.

"Gulzor” mahallasida "Amudaryo QM” MJCh tomonidan amalga oshirilgan 48 kvartirali "Kamolot uyi” qurilishi 2015-yilning eng zarbdor qurilishlaridan biri boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Chunki, ushbu uy qurilishi qisqa fursat ichida tugallanib, yosh oilalarni oʻz bagʻriga oldi. Mazkur  "Kamolot uyi” qurilishiga 6 mlrd. 64 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.

Shuningdek, tumanimizda namunaviy loyihalar asosida 75 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilib, bularga jami 12 mlrd. 715 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan edi. Oʻtgan yilning oxirigacha shu uy-joylardan 59 tasi foydalanishga topshirildi.

Oʻtgan yil davomida tumanimizdagi "Uyshin” madaniyat va aholi dam olish markazi kapital taʼmirlanib, unga 605,1 mln. soʻm, 43-sonli bolalar bogʻchasi kapital taʼmirlanib, unga 423,9 mln. soʻm, 5-sonli bolalar bogʻchasi kapital taʼmirlanib, unga 405 mln. soʻm, silga qarshi dispanser binosi rekonstuktsiya qilinib, unga 2 mlrd. 448,6 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.

Tumanimizda aholining toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoji hisobga olinib, jami uzunligi 7,9 km. boʻlgan suv tarmogʻi qurilishi va Mangʻit shahar ikkinchi suv koʻtarish nasos stantsiyasi rekonstruktsiyasi uchun 1 mlrd. 611,3 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, ushbu qurilish ishlari "Amudaryo qurulish” MChJ, "Amudaryo maxsus qurilish” MChJ, "Mangʻit invest maksimum” MChJ tomonidan sifatli amalga oshirildi.

Shuningdek, namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurilgan 3 ta massivga investitsiya dasturiga muvofiq qurilish qiymati 265,8 mln. soʻmlik, jami uzunligi 2,212 km. suv tarmogʻi qurish ishlari bajarildi.   

"Osiyo taraqqiyot banki” mablagʻi hisobidan 1 mln. 402 ming AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratilib, tumanimizning "Boʻz yop” ovulida qurilishi rejalashtirilgan 20,7 km. uzunlikdagi suv tarmogʻining 18,2 km. qismi qurilishi amalga oshirildi. Ayni kunda ushbu suv tarmogʻi qurilishi davom ettirilayapti.

Tumanmizda yoʻl qurilishi va yoʻllarni taʼmirlash ishlariga ham alohida  eʼtibor berilayotgani bois, yoʻllarimiz tobora ravonlashib bormoqda. 2015-yilda tumanimiz hududidagi davlat va mahalliy ahamiyatidagi yoʻllarni toʻla va joriy taʼmirlash ishlariga jami 3 mlrd. 267,9 mln. soʻmlik mablagʻ ajratildi.

Biz mustaqillik yillarida bosib oʻtgan yoʻlimizga nazar tashlar ekanmiz, naqadar buyuk ishlarni amalga oshirishga erishganimizni, hech kimdan kam boʻlmay yashayotganimizni, kelajakda bundan ham katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishga qodir ekanligimizni aniq his qilamiz.

Xalqimizning bundan keyingi asosiy maqsadi ham hech kimdan kam boʻlmay,  baxtli hayot kechirishdan, tinch-totuv yashashdan iborat.

Allambergan JUMANIYoZOV, gazetaning maxsus muxbiri.

(Foto - http://uz24.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026