16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Maqolalar 👁 3,132

KOʻNGLIMIZ ALLOHDA, QOʻLIMIZ IShDA BOʻLSIN!

KOʻNGLIMIZ ALLOHDA, QOʻLIMIZ IShDA BOʻLSIN!

Dunyoda hech bir boylikka alishgusiz oqshomlari osuda, kunduzlari charogʻon, fayzli yurtimizda tinch-xotirjam umr-guzaronlik qilayotgan zamondoshim! Yurtimizda qutlugʻ evrilishlar bilan kechayotgan koʻklamning yana bir kuni poyoniga yetmoqda. Oilangiz tinch, koʻnglingiz tinch, xotirjam orom olishga chogʻlanmoqdasiz. Shoshmang, azizim! Qoʻlingizga bir varaq qogʻoz, qalam oling. Qogʻoz oʻrtasiga doira chizing. Doirani quyosh deb tasavvur qiling-da, atrofiga shuʼla-chiziqchalar torting. Keyin har bir chiziqchaga oilangiz xotirjamligi boqiy, farzandlaringiz oqil, mehr-oqibatli boʻlishi uchun, oʻzingiz yashayotgan shu moʻʼjaz yurt yanada taraqqiy etishi uchun bugun nimalar qilganingizni birma-bir yozing.

Agar hovlingiz atrofida hech boʻlmasa bir nechta tup koʻchat oʻtqazib, parvarishlab, kamolga keltirayotgan, gullaringiz qiygʻos ochilib, atrofga muattar boʻy taratib, koʻrgan koʻzni yashnatib turishiga erishgan boʻlsangiz, oʻz koʻchangiz, mahallangizning ham obod boʻlmogʻi uchun nimadir qilgan boʻlsangiz, kimgadir yoʻl-yoʻriq berib, kimgadir yordam berolgan, ish joyingizda xizmat vazifangizni yaxshi ado etgan boʻlsangiz, demak, umringizning bir kuni bekor ketmabdi. Yaratganning buyuk inʼomi – tiriklikning oʻlchovli onlarini qadrlay olibsiz. Yurtimiz taraqqiyotiga, gullab-yashnashiga baholi qudrat hissa qoʻshibsiz. Biroq doʻstlaringiz, siz bilan yonma-yon yashayotganlar-chi?

Mubolagʻa emas, har birimizning, hammamizning ertagi kunga ishonch bilan qarab, ezgu niyatlar bilan qilgan saʼy-harakatlarimizning, izlanishlarimizning samarasi, istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalanish bizni bugungiday dorilomon kunlarga eltdi. Shu aziz Vatanda inson baxt-saodati uchun dadil intilishlarga eshik ochdi. Birgina tumanimiz misolida olib qaraydigan boʻlsak, joriy yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qurilish, xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadlariga 26,5 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi. Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 12,5 milliard soʻmlik Jumurtov – Mangʻit zahira liniyasi tortilmoqda. 128 milliard soʻmlik Qipchoq panton koʻprigi oʻrniga zamonaviy uslubdagi uzunligi 350 metr boʻlgan temir-beton koʻprik qurilishi uchun loyiha hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berildi. Tumanimizning tabiiy gaz yetib bormayotgan hududlari aholisiga qulaylik yaratish uchun "Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasining tuman filialida gaz ballon bilan taʼminlash markazi xizmati yoʻlga qoʻyilayapti. Tadbirkorlarning oʻz biznesini rivojlantirishi, yangidan ish boshlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun joriy yilda 378 ta loyiha uchun  kredit mablagʻi ajratildi. Yoʻllarimiz ravon boʻlishi uchun taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Bularning bari siz uchun, men uchun, hammamiz uchun, hech kimdan kam boʻlmay yashashimiz uchun, farzandlarimizning barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun! Biroq bularni chin qalbimizdan his qilib, qadriga yetayapmizmi? Imkoniyatlar ostonasidan dadil odimlayapmizmi? Ertagi kunimizning vorislari – farzandlarimiz oʻzimizdan ham baxtiyor, farovon yashashi uchun intilayapmizmi? Hayot – oʻzgarayapti, zamon tezkor, shiddatli! Biz oʻzgardikmi? Oʻz-oʻzimizga qayta-qayta savol berib, ijobiy javob olishga erishmogʻimiz lozim. Chunki loqayd odam el nazaridan qoladi.

Hayotimizning har lahzasi yaratish, yashnatish uchun bir imkoniyatdir. To belimizda quvvat, koʻzimizda nur bor ekan, koʻnglimiz Allohda, qoʻlimiz ishda boʻlishga daʼvat etilganmiz.

Endi keling, maqola muqaddimasidagi soʻzimizga qaytamiz. Ha, quyoshni, shuʼlalarini chizdingiz. Endi shu shuʼla-chiziqchalarga qilgan ishlaringizni yoza boshladingiz. Iloho chiziqchalar, chiziqchalar ustida qilgan ishlaringizning qaydlari koʻpayaversin! Chunki quyosh qanchalik nurli boʻlsa, olam shunchalik charogʻon boʻlgani kabi qilgan ezgu ishlaringiz ham umringizni nurli, sururli qiladi, azizim.

Oygul RAJABOVA,

jurnalist. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019