16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Adabiyot 👁 3,458

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Haqning koʻmagisiz orzular bekor,

Koʻnglingda har necha xayol boʻlmasin.

Axir "nasib etsin” degan gaplar bor,

Taoming qanchalar halol boʻlmasin.

 

Inson – ulugʻ, boʻlsa ilm-u aʼmoli,

Yaramas ishlardan boʻlar u xoli.

Yoʻldan ozdirolmas dunyoning moli,

Garchi koʻpga oddiy bir hol boʻlmasin.

 

Qudrating mislsiz yuksak boʻlsa ham,

Soʻnggi kas emassan, oʻylab bos qadam.

Farzandlar borligin unutma har dam,

Ular kelajagi uvol boʻlmasin.

 

Har kimning koʻngliga oʻzi tarozi,

Shunga yarashadir rizqning koʻp-ozi.

Xizmat-la qilolgin elingni rozi,

Bad duodan qadding-da dol boʻlmasin.

 

Turfa taqdirlarga toʻla bu olam –

Koʻrdingki, bir gʻarib turar boshi xam.

Tayyor boʻl berishga doimo yordam,

Koʻnglingga qanchalar malol boʻlmasin.

 

Garchi talab qilar chidam va sabot,

El ichra ololgin doim yaxshi ot.

Zero, yomonlikni qilishga isbot,

Anjumanda noming misol boʻlmasin.

 

Shoirlik kasb emas - bu asli taqdir,

Qalbingning qaʼridan soʻz oʻtar bir-bir.

Muxlis qalbiga yoʻl topmasang, axir,

Sheʼring-puch, har soʻzing gar bol boʻlmasin.

 

Ilm rivojida qadamlar ildam,

Bugun bilganingga qanoatdir kam.

Ilgʻorlar safida yurolgin sen ham,

Zamon oʻtib, armonli hol boʻlmasin.

 

Desang, agar menga insoniylik xos,

Ahmad, kerak senga ilmdan libos.

Bu hikmat donishmand zotlardan meros,

Amal qil, umringda zavol boʻlmasin.

Ahmad  NAFASOV.

 

Ayollar

Bu dunyoda bor ekan,

Ayol degan ulugʻ zot.

Turmushimiz farovon,

Lazzatli, demak hayot.

 

Ona mehri boʻlakcha,

Mehr yoʻq, undan ortiq.

Oʻrnin bosa olmaydi,

Neki qilsa-da tortiq.

 

Hatto yozga aylanar,

Qishning sovuq pallasi.

Aytilganda bir lahza,

Shirin ona allasi.

 

Tunlari beshik uzra,

Farzandim, deb kuyadi.

Bari bir bola shirin,

Ming oʻrgilib, suyadi.

 

Kulganimizni koʻrsa,

Doim quvonch yuzida.

Yigʻlaganda onaning

Yosh aylanar koʻzida.

 

Kam boʻlmaymiz bir umr,

Duo olib yashasak.

Qarzimizni onadan

Qaniydi uza olsak.

 

Fikrimni chulgʻab olar

Gʻala-gʻovur hayollar

Bir umrga sogʻ boʻling,

Siz moʻʼtabar onalar!

Shomurod XOʻJANOV.

 

TENGDOShIM

Oʻgʻil-qizing aytganingni qilmasa,

Xizmatlaring unutsa-yu, bilmasa.

Koyishingdan qoʻrqib, nari jilmasa,

Bundan battar xoʻrlik yoʻqdir, tengdoshim.

Kampiring ham koyisa-yu tergasa,

Ayb-nuqsoning qator qilib tirkasa,

Obroʻng toptab, qora qurum surkasa,

Kul tagida yotgan choʻgʻdir, tengdoshim.

Uzatganda kalta boʻlsa qoʻllaring,

Yursang hamki unmay tursa yoʻllaring.

Xarjing uchun yetmay qolsa pullaring,

Yuragingga tekkan oʻqdir, tengdoshim.

Boʻsh yurganda topilmasa ermaging,

Qiyin kechar rizq-u roʻzing  termaging.

Mushkul erur puldan yordam bermaging,

Gap magʻzini anglab, uqdir, tengdoshim.

Sal ishlasang, "oh-voh” qilib qolsang-yey,

Charchash nima, ancha holdan tolsang-yey,

Yon-veringdan shu on dashnom olsang-yey,

Chaqirtirgin darrov doʻxtir, tengdoshim.

Sakson-toʻqson yoshga yetsang agarda,

Koʻpayadi taʼna, piching-u zarda.

Ketgan bilan uchrashmoqqa mahsharda,

Navbat yetdi – tobut soʻqtir, tengdoshim.

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.

 

BAHOR

Bogʻlarning chiroyi tortar qoʻyniga,

Kurtak, gul ocharlar uygʻoq daraxtlar.

Men qalbim navosin bitmasman nega,

Borliqni toʻldirgach saodat, baxtlar.

Turfa giyohlar-da ochibdi koʻrkin,

Tarovatli yellar hamdamligida

Bunda rohat koʻrdim, halovat koʻrdim,

Chopqillab yugurgim kelyapti juda.

Koʻzni quvnatmasmi, toshqin soy – yoplar

Koʻzga nur yetkazur, koʻllarga-qanot.

Boʻlsa, yuraklarda shaxdu shitoblar,

Bogʻ ichra makon ham boʻlgusi obod!

Bogʻlarning chiroyi tortar qoʻyniga,

Maftunkor bahordan saxovat-bugun.

Qaragin, koʻkdagi qushlar oʻyniga

Kutgan emasmidik oylab kun-u tun.

Jumaboy HIDOYaTOV,

"Jayhun ilhomlari” NNT aʼzosi.

 

Baxtga yetdik biz

Istiqlol, sen bizga nur ila kelding,

Xalqimga, yurtimga shon ila kelding.

Dillarga hurlikning nurlarin sochib,

Tugallanmas rizq-u non ila kelding.

"Sheriklik oshini it ham ichmaydi”, -

degan dono xalqim maqollari bor.

Endi mustaqillik magʻlub boʻlmaydi,

Har qadamda ozodlik nihollari bor.

Moziylarga nigoh tashlasak agar,

Necha xunrezliklar turar bezrayib.

Erk, deya kurashib jonin tikkanlar,

Ustidan kulishar yuzsiz xoʻmrayib.

Ozodlik yoʻlida shamday soʻnganlar,

Armoni ushalib, Erkka yetdik biz.

Bizning baxtimizga egov boʻlganlar,

Dillariga tikon boʻlib botdik biz.

Havasda boqadi bizlarga jahon,

Ravnaq topayotir hur Oʻzbekiston!

Muhabbat, "Doʻrman” ovuli.

 

Jajji nabiram

Oilamga quvonch, shodlik ulashib,

Shu jajji nabiram dunyoga keldi.

Qalbimda porlatib mehr quyoshin,

Uyimiz shodlikka limmo-lim toʻldi.

 

Sogʻlom ona, sogʻlom bola yilida,

Gard qoʻnmasin senga, Shodiya qizim.

Begʻubor qizaloq boʻlib oʻsgaysan,

Qancha taʼriflasam, ojizdir soʻzim.

Sening bolaliging, sening yoshliging,

Quvonchlarga doim toʻla boʻlsin, deb.

Buving tilar senga doimo sogʻlik,

Bolaliging eng begʻubor boʻlsin, deb.

 

Tinch osmonga koʻrk berganday kamalak,

Sochlaringga taqib qoʻyay jamalak.

Hayotimga zavq baxsh etib oʻsaver,

Shodiyaxon, sen – malika, sen – malak.

Inobat OTAJONOVA, NNT aʼzosi.

 

Doʻst

Doʻst tanlashda adashma,

Bu ishda aslo shoshma.

Koʻp narsa oʻtar, qolar,

Doʻst esa abadiy boʻlar.

Doʻst boʻlar tan-u joning,

Yomon kunda qoʻllashgan.

Hamroh boʻlib hayotda,

Senga quvonch ulashgan.

Nasibaxon YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019