17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:43
Jamiyat 👁 3,121

EL OQSOQOLI

EL OQSOQOLI

"Oq oltin”lik Toʻraboy polvonning toʻngʻich oʻgʻli tugʻilganda uning kelajakda  kim boʻlishini hech kim bashorat qilmagan edi. Dehqon oilasida tugʻilgan Toʻraboy polvon va Hayitgul opalarning  ana shu moʻminqobil farzandi oʻsib-ulgʻayib, bugungi kunda "el oqsoqoli” degan hurmatli nomga musharraf boʻldi.

Maqolamiz qahramoni Rimboy Oʻrozboyev 1956-yilning 20 mart kuni "Oq oltin” ovulida tugʻildi. 1963-yilda maktabning birinchi sinfiga oʻqishga borib, 1973-yilda 41-sonli maktabning 10-sinfini muvaffaqiyatli tamomladi. 1973-yilda Toshkent davlat chet tillar instituti (hozirgi Jahon tillari universiteti)ga oʻqishga kirdi. Institutda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Yangiljon Qozoqova bilan birga oʻqib, 1978-yilda tugatib, turmush qurishdi, yangi turmush va pedagoglik hayotini birga boshlashdi.

1978-yildan boshlab 41-sonli maktabda, 1990-yildan esa 50-sonli maktabda oʻquvchilarga frantsuz tilidan saboq berdi. Til bilgan el biladi, deganlaridek, uning saboqlarini oʻqib-oʻrganib, qanot chiqargan shogirdlari bugungi kunda el tanigan ustozlar boʻlib yetishdilar.

Iqtidorli oʻqituvchining qobiliyatini koʻra bilgan tuman xalq taʼlimi sohasi rahbariyati uni 50-sonli maktabning direktori lavozimiga tayinladi. U direktor boʻlib ishlagan oʻn yil davomida maktabda ilm olish darajasi, oʻquvchilarning tuman, respublika tanlovlarida qatnashish koʻrsatkichi ancha oshdi. Bunga  birgina misol – 2010-yilda maktab oʻquvchilarining Oʻzbekiston miqyosida oʻtkazilgan "Qadriyatlar maskanisan, mahallam!” tanlovida faxrli birinchi oʻrinni egallaganini misol qilib keltirish mumkin.

2013-yilda Rimboy Oʻrozboyevning nomzodi "Oq oltin” ovul fuqarolar yigʻini oqsoqolligiga koʻrsatildi va yakdillik bilan saylandi. U oqsoqollik faoliyati davomida ham oʻzining ishchan, fidoyiligi bilan koʻzga tashlandi. El oqsoqoli boʻlish oson emas, albatta. Turmushning barcha jabhalarida faol boʻlishni talab etadi bu vazifa. Faol inson esa bu vazifani bosiq oʻy, teran fikr, oqillik bilan ado etib kelmoqda.

Rimboy Oʻrozboyev turmush oʻrtogʻi Yangiljon Qozoqova bilan birga 5 nafar farzandni oʻqimishli, oqil, el koriga yaraydigan fidoyilar qilib voyaga yetkazishdi, Dilfuza jahon tillari universitetini tugatib, hozirgi kunda 55-sonli maktabda direktor oʻrinbosari lavozimida  ishlamoqda. Jahongir Nukus davlat pedagogika institutining  geografiya fakultetini bitirdi, Oʻtkirbek tish shifokori va texnik mutaxassisligiga ega, Nodira ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi boʻlib 55-sonli maktabda ishlamoqda. Nafisa 50-sonli maktabda oʻqituvchi, kelini Nodira shu maktabda kotiba, yana bir  kelini Nigora ham shu maktabda oʻqituvchi.

Ziyolilar oilasidagi nevaralar – Boburbek, Dinora, Sarvarbek, Diyorbeklar maktabda aʼlo baholarga oʻqishmoqda. Muxlisa, Maftuna, Suhrobbek, Sardorbek, Umarbek, Niginalar – oila tarbiyasida.

Yaqinda hamyurtlari Rimboy Oʻrozboyevning muborak 60 yoshini katta shodiyonalar bilan nishonlashdi. El oqsoqoli hamon tinib-tinchimay el xizmatida. Uning xonadonida boʻlganimizda chiroyli qilib ekilgan tomorqa yerlariga, u yaratgan goʻzal mevali boqqa koʻzimiz tushdi. Bu ishlarda haqiqiy dehqonlar elati – Qilichboydan kelin boʻlib tushgan Yangiljonning ham munosib hissasi bor, albatta.

Mabodo, "Oq oltin”ga yoʻlingiz tushib, bu xonadonga kelsangiz, ikki ziyoli bir boʻlib yaratgan haqiqiy maʼnodagi boqqa koʻzingiz tushadi. Bir keling, koʻrib guvohi boʻlasiz. Zero, yaxshidan bogʻ qoladi, deb bejiz aytishmagan.

Oʻrozali REYIMOV.

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasining aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026