16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:34
Adabiyot 👁 4,619

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

BOLA-DA BU...

Bolang boʻlsa, shoʻx boʻlmasa, unda chatoq,

Shovqin solsa, boʻlaverma toqating toq.

Ne tilasa, muhayyo qil, ovut tezroq –

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.

 

Bir gap aytsang, kular biri qiqir-qiqir,

Koptok kabi yerga ursang, koʻkka sapchir,

Qargʻama, qoʻy, oyna sinsa sinsin, kampir –

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.

 

Buyursangiz yumush, chala qolgan payti,

Jahl otidan tushing, tezda raʼydan qayting,

"Yosh bitmasdan ish bitmas”–deb ayting, ayting –

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.

 

Yirtsa yama, uzsa qadab ber tugmasin,

Tumor taqqin, "tufalam”de, koʻz tegmasin.

Olma, nokni egsa mayli, qad egmasin –

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.

 

Aql degan oʻsadimi boʻyi oʻsmay,

Oʻgit berib oʻtirsinmi esnay, esnay!

Yuramiz-ku bolalikni eslay-eslay...

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.

 

Tergayvermang, gir atrofin chellashtirmang,

Goh shaytonga, goh  eshshakka tenglashtirmang.

Shuytib-shuytib odam boʻlar–elashtirmang, 

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.

 

Bola degan bolaligin bildiradi,

Toʻkib-sochib, but narsani buldiradi.

Ishga yarab, hali bizni kuldiradi,

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.

 

Erkin zamon–yashasin-da erkin-erkin,

Oʻynab, oʻqib, oʻsib-unsin durkun-durkun,

Dunyo shular yelkasida boʻlar bir kun –

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.

 

Assalomu  alaykumdan boshlang  soʻzni,

Soʻzda-ishda oʻrnak tuting avval oʻzni.

Yurish-turish–qadamidan uzmang koʻzni –

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.   

 

Sabr qilsak, gʻoʻra pishib, holva boʻlar,

Donolardan taʼlim olib, dono boʻlar.

Puryoyvaliy, Sino, Temur, Kubro boʻlar –

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da!

 

Ilmi bilan tang qoldirar dunyolarni,

Tadqiq aylar Atorudu Zuhrolarni.

Asrang hozir bola emas–balolarni –

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da!

 

Sogʻ boʻlsin-yey, "bezorilar” bormi bundoq,

Ay, bizlarni soʻnggi yoʻlga kuzatar choq,

Tushsa boʻldi qoʻllaridan chimdim tuproq –

Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da!

Tursunboy ABDULLAYeV.

MENING DOʻSTIM

Mening doʻstim Durdona,

Mehnatkash va mardona,

Oʻqishda eng aʼlochi,

Yagonadir, yagona.

U barchaga yoqadi,

Mehr bilan boqadi.

Ozoda va sarishta,

Goʻyo goʻzal farishta.

 

VATANIM

Tuproqlari oltin-u zardir,

Boyliklari tuganmas kondir.

Har tarafi gullagan makon,

Tengsiz Vatan – bu Oʻzbekiston!

Bobolarim nomi dostondir,

Har bir soʻzi hikmatga kondir.

Keksa-yu yosh eʼzoz topgan yurt,

Tengsiz makon – Oʻzbekistondir!

Dinora XOLMURODOVA,

51-sonli maktab oʻquvchisi.

MAKTABIM

Yosh avlodning hurdir zamoni,

Manglayida porlagan yulduz.

Maktabimiz shodlik makoni –

Oʻqiyapti barcha oʻgʻil-qiz.

 

Orzulari ochmoqda jamol,

Niyatimiz hosil boʻlajak.

Aʼlo oʻqib, topamiz kamol,

Bizni kutar buyuk kelajak.

 

Rahmat aytay, ustoz nomiga,

Boʻlgan axir otamday tayanch.

Sheʼrlar bitay uning nomiga,

Onamdayin mehribon suyanch.

Oynura JIYaMURODOVA,

41-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi. "Barka-mol avlod” bolalar markazi "Yosh jurnalist va notiq” toʻgaragi aʼzosi.

OʻZBEKISTON POSBONLARI

Ona yurtning dilbandlari,

Istiqlolning farzandlari,

Qoʻrqmas, botir oʻgʻlonlari –

Oʻzbekiston posbonlari.

Yurtimizning chin oʻgʻloni,

Shu yurtda azizdir nomi,

El-yurt uchun kerak shunday

Oʻzbekiston posbonlari.

Qilichdayin oʻtkirdirsiz,

Tinchligimiz qalqonisiz,

Bu dunyoda yengilmassiz –

Oʻzbekiston posbonlari.

Dilobar BOLTABOYeVA, 21-maktab, 7-sinf oʻquvchisi. USTOZGA

Ilk bora maktabga qoʻyganda qadam,

Dastavval qoʻlimga tutqazdi qalam.

Bilimlar sirini oʻrgatdi menga,

Hayotda toʻgʻri yoʻl koʻrsatdi menga.

Kelajakda aʼlochi oʻgʻil-qiz boʻl, deb,

Ilmlar sirini oʻrgatgan ustoz.

Vatanning ardoqli farzandi boʻl, deb,

Hayotda toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan ustoz.

Shogirdlarim – mehnatim mevasi deya,

Chin koʻngildan taʼlim beradi ustoz.

Shu sabab doimo hurmatda ular,

Baxtimizga sogʻ-omon boʻlingiz, ustoz!

Ulgʻayib, bir kuni ustoz boʻlolsam,

Siz kabi ilmlar sirin bilolsam.

Minnatdor boʻlardim to abad sizdan,

Shogirdlarim mevasin men ham koʻrolsam.

 

 Aziza OʻROZBOYeVA, "Barkamol avlod” bolalar markazi "Yosh jurnalist va notiq” toʻgaragi aʼzosi.

VATANIM –

OʻZBEKISTON

Vatanim – Oʻzbekiston,

Har goʻsha jannatmakon.

Bogʻi bulbulga oshyon,

Tuprogʻi oltinga kon.

 

Vatanim – Oʻzbekiston –

Shundayin jannatmakon.

Bu yurtni bir koʻrishni,

Istaydi ahli jahon.

 

Vatanim – Oʻzbekiston,

Har zamin jannatmakon.

Men uchun yagonadir,

Eng bagʻrikeng onadir.

Ulboʻsin JUMABOYeVA,

18-sonli  maktab oʻquvchisi.

OMON BOʻLSIN ONALAR

Men uchun muqaddas, azizdir onam,

U uchun jonimni beray desam, kam.

Kechalari uxlamay beshik tebratgan,

Sogʻ boʻling, baxtimga mehribon onam.

 

Bugun sizga sheʼr bitdim, azizim, onam,

Sizga rahmat aytib yurayin har dam.

Mehrda ummonim, mehribonginam,

Sogʻ boʻling, baxtimga qalb qoʻrim, onam.

 

Onadir hayotning eng goʻzal naqshi,

Onadir farzandning baxti va faxri.

Onasiz bu dunyo dunyomas asli,

Sogʻ boʻling, baxtimga mehribon onam.

 

Dunyoda nima koʻp - oltin-u zarlar,

Barchasidan qimmat aziz onalar.

Ehtirom-u eʼzozga loyiqsizlar,

Boshin egib, taʼzim qilgay farzandlar.

 

Onaday ulugʻ zot -yoʻqdir dunyoda,

U bilan baxtimiz boʻlgay ziyoda.

Olam goʻzalligi choʻksin poyiga,

Omon boʻlsin mangu, aziz onalar!

Sveta XUDOYoROVA,

67-sonli maktab oʻquvchisi.

Yoz keldi

Yurtimga kelmoqda issiqqina yoz,

Yozda hamma ishlar albat boʻlar soz.

Xayr, koʻrishguncha aziz maktabim,

Xayr, koʻrishguncha, qadrli ustoz.

Yoz kelsa, shodlanar quvnoq bolalar,

Koʻngillar yorishar, toʻlar hislarga.

Quyosh kulib boqar butun olamga,

Mehr nurlarini sochar bizlarga.

Daraxtlar shoxini ohista silab,

Biz tomon bir iliq shamollar yelar.

Quvonchli tuygʻular dilni allalab,

Yurtimga fayz berib fasli yoz kelar.

Javohir YOʻLDOShEV,

38-sonli maktab oʻquvchisi.

 

SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ

Jaranglaydi soʻnggi qoʻngʻiroq,

Koʻksimizda dasta-dasta gul.

Qalblar aro ajib bir titroq,

Hayajonda har bitta koʻngil.

Taʼlim oldik maktab bagʻrida,

Kutayotir istiqbol – porloq.

Gʻunchalar gul ochgan chogʻida,

Jaranglaydi soʻnggi qoʻngʻiroq.

Gulruh EShIMMATOVA, 16-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026