16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Fan va taʼlim 👁 5,066

TERAN ILDIZLARDAN KUCh OLAYoTGAN AVLOD

TERAN ILDIZLARDAN KUCh OLAYoTGAN AVLOD

Bizning xalqimiz necha-necha asrlardan beri oʻz buyukligini, oʻziga xosligini, madaniyatini saqlab, rivojlantirib kelgan. Koʻhna oʻzbek zamini jahon tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan buyuk allomalari, fozil-fuzalolari, dunyoga mashhur shoirlari va hofizlari bilan  maʼlum va taniqlidir. Yillar davomida ajdodlarimiz aqlu zakosi ila ilm-fan, adabiyot bilan bir qatorda sanʼat va tasviriy sanʼat ham taraqqiy etib kelganki, bu borada yaratilgan mumtoz namunalar hozirgi kunda ham  oʻz qadrini yoʻqotmay, ijro etib kelinmoqda, yangi-yangi namunalar bilan boyib, dunyo ahlining diqqat-eʼtiborini oʻziga jalb qilmoqda.

Yurtimizda qoʻshiqchilik va raqs sanʼati ajdodlarimizning hayotidan muqim oʻrin olganligi haqidagi ilk maʼlumotlar Avestoda ham borligini inobatga olsak, sanʼatimizning  ildizlari nechogʻlik teran va chuqur ekanligini anglashimiz mumkin.

Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Ularning intellektual  salohiyatini yuksaltirish, qobiliyatini  namoyon etishiga shart-sharoitlar yaratish va ragʻbatlantirish maqsadida taʼlim-tarbiya muassasalari qatori Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, bolalarning sport, sanʼat bilan shugʻullanishlari va iqtidorini rivojlantirishlari uchun sharoitlar yaratildi. Natijada ohangi har qanday yuraklarni ham zabt eta oladigan dilrabo  kuy-qoʻshiqlari bilan  dunyoga tanilgan atoqli sanʼatkorlarimiz anʼanalarini ishonchli davom ettira oladigan isteʼdodli yoshlar voyaga yetmoqda.

Bugungi kunda yurtimizning har bir bolasi maktabda oʻqishdan boʻsh vaqtlarida oʻzi istagan turli toʻgaraklarda sport bilan, musiqa va sanʼat bilan shugʻullanishi uchun imkoniyatlar  bor. Birgina bizning tumanimiz misolida olib qaraydigan boʻlsak, Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktabi  va ularning filiallari, joylardagi Madaniyat va aholi dam olish maskanlaridagi toʻgaraklar shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Avval tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi tasarrufida boʻlib, 1998-yildan mustaqil maktab maqomini olgan 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi qator yillar moslashtirilgan binoda faoliyat olib bordi. 2013-yilda esa ikki qavatli, zamonaviy uslubda qurilgan muhtasham yangi binoga koʻchib oʻtdi. Maktab hududidagi koʻkalamzor maydon oʻquvchilarning mashgʻulotlardan boʻsh vaqtlarida maroqli dam olishlarini taʼminlaydi.

Qipchoq ovuli va unga yaqin ovul, mahallalar yoshlarining har tomonlama yetuk insonlar boʻlib kamol topishiga hissa qoʻshish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlari mazmunli, maqsadli tashkil etilishiga koʻmaklashish, ularning ijodiy musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish va kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida faoliyat olib borayotgan maktabda bolalarga 8 ta - fortepiano, xalq cholgʻulari, puflab chalinadigan cholgʻular, torli kamonli cholgʻular, bayan-akkordeon cholgʻular, anʼanaviy  xonandalik va cholgʻu, tasviriy sanʼat va amaliy sanʼat yoʻnalishlarida saboq berilmoqda.

Maskanda sanʼatga oshufta 167 nafar  bolalarga 53 nafar malakali murabbiylar musiqa va sanʼat sirlarini oʻrgatib, iqtidorlarini rivojlantirishga muvaffaq boʻlishmoqda.

- Aslida  qobiliyatsiz bolaning oʻzi yoʻq. Biz murabbiylarning burchimiz ota-onalar bilan hamkorlikda ulardagi yashirin  shu xislatni anglay olishimiz va yuzaga chiqarishimizdir.

Baʼzi ota-onalar oʻgʻil-qizini bizga olib kelib, falon yoʻnalishda oʻqiting, deya soʻrashadi. Sinov mashgʻulotlarida esa bolaning boshqa yoʻnalishga iqtidori kuchli ekanligi ayon boʻladi. Yoʻnalishlarga oʻquvchilarni toʻgʻri yoʻnaltira olganimiz yutuqlarimizga asos  boʻlayotir, - deydi musiqa va sanʼat maktabi direktori Nuraddin Yoqubov.

Ha, muassasa tarbiyalanuvchilari orasida oʻz sanʼatini nufuzli davralarda, umumxalq sayllarida namoyish etib, elimizning olqishini olayotganlari koʻpchilikni tashkil etadi. Shuningdek, yosh iqtidorlarni aniqlash maqsadida har yili oʻtkazilib kelinayotgan anʼanaviy tanlovlarda ham munosib ishtirok etib kelishmoqda. Bu borada keyingi yillardagi koʻrsatkichlarga nazar solishning oʻzi kifoya. Xususan, 2014-yilda M.Qoriyoqubov nomidagi koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston bosqichida Mahkam Oʻrozboyev birinchi, Otabek Yoʻldoshev birinchi, Temur Kamolov ikkinchi, Malohat Sultonova ikkinchi oʻrinlarni egallashgan boʻlsa, yakuniy - mamlakat bosqichida Mahkam Oʻrozboyev uchinchi, Otabek Yoʻldoshev birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

2015-yilda oʻtkazilgan ijodiyot tanlovida Dostonbek Tilovmurodov anʼanaviy ashula ijrosi boʻyicha, Xudoyor Turkmanboyev estrada yoʻnalishida ijro etgan qoʻshigʻi uchun Qoraqalpogʻistonda birinchi oʻrinlarni yengib oldilar. Shuningdek, Dostonbek Tilovmurodov "Sanʼat gʻunchalari” koʻrik-tanlovining mamlakat bosqichida fleytada kuy ijro etib, uchinchi oʻringa munosib topildi. Shamsiddin Bekishboyev tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha, Ozoda Boltaboyeva zardoʻzlik boʻyicha Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilarining Respublika tanlovida qatnashib, ikkinchi, uchinchi  oʻrinlarni egalladilar. Joriy yilning 25 martida Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilarining M.Ashrafiy nomli akademik va estrada ijrochilik Respublika tanlovida ham muassasa oʻquvchilari muvaffaqiyatli qatnashdilar. Ilhom Karimov birinchi, Eldor Yusupov birinchi, Ahmadjon Qoʻshmonov ikkinchi, Dostonbek Tilovmurodov uchinchi, Nodirboyek Soliboyev uchinchi, Sanjar Tursunboyev uchinchi oʻrinlarga loyiq topildi.

Shuningdek, 2016 yil aprel oyida Sayyora Safarboyeva "Vatan” qoʻshigʻini ijro etib, ijodkor oʻquvchilarning Qoraqalpogʻiston Respublika tanlovida ikkinchi oʻrinni egalladi. Mamlakatimiz miqyosida oʻtkazilgan "Sanʼat gʻunchalari” xalqaro tanlovida Dostonbek Tilovmurodov fleytada kuy-ijro etib, uchinchi oʻrin sohibi boʻldi.

- Mazkur tanlovlar oʻquvchilarimizning iqtidorini baholash bilan birga ularni yana  ham oldinga intilishga, oʻqib-oʻrganib, qobiliyatini rivojlantirishga undayotgani bilan ham ahamiyatlidir, - deydi muassasa direktori oʻrinbosari Davronbek Oʻrozboyev.

Ha, bola misoli bir nihol. Birgina niholni parvarishlab voyaga yetkazishga bogʻbonning qanchalik mehri, mehnati zarur. Oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbiga ajdodlarimizdan meros mumtoz kuy-qoʻshiqlarimiz, ashulalarimiz va raqslarimizga mehr uygʻotib, bu bebaho merosimizni avaylashga oʻrgatish, maromiga yetkazib ijro etishlariga erishish qanchalik mashaqqatli ekanligini hamma ham his qilavermaydi. Biroq maktab oʻquvchilarining kontsertlarini tomosha  qilgan kishi ularning afgʻon rubobi, qoʻshnay, doira, dutor kabi cholgʻu asboblari qatori skripka, klarnet, fleyta, fortepiano, violonchel, bariton kabi murakkab cholgʻu asboblarida ham maromiga yetkazib kuylar ijro etishayotganiga guvoh boʻladi.

Maktabda oʻquvchilarning bir emas, bir necha yoʻnalishda ijodiy qobiliyatlari yuzaga chiqarilayotir.

- Bir yoʻnalishni mukammal  egallash uchun bir necha yoʻnalishni  bilish kerak, - deydi bu haqda tajribali oʻqituvchi Baxtiyor Joʻlliboyev. – Aytaylik, ashulani maromiga yetkazib ijro qilaman, deb niyat qilgan bola albatta, cholgʻu asbobida shu ashula kuyini chala olsa, yaʼni ashulasi kuyini chuqur his qila olsa, ijrosi muvaffaqiyatli chiqadi.


Hozir koʻr-koʻrona, har bir  xonandaning ijrosidan bir qoʻshiq yodlab, davralarda aytib, artistman, deb yurganlar koʻp. Ularning yoʻli qisqa ekanligini hayot isbotlamoqda. Haqiqiy ijro uchun avvalo shu sohadagi bilimni chuqur egallash kerak.

Maktab oʻquvchilarining xalq ijodiyotining eng sara namunalaridan boʻlgan Xorazm maqomlari, maqom yoʻllarida yaratilgan mumtoz kuy va ashulalarni, shuningdek dostonlarni ijro etishga bel bogʻlaganlari va baholi qudrat uddasidan chiqayotganlari kishini quvontiradi. Mazkur maskan baxshichilik sinfi oʻquvchisi Jahongir Safarboyev ijrosida "Gʻarib oshiq va Shohsanam” dostonidan "Na bogʻ bildi, na bogʻboni” ashulasini tinglagan kishi hali 10 yoshlar atrofidagi bolaning Xorazm dostonchiligidagi oʻynoqi, xalqona ohangda chalgan musiqasiga, musiqaga mos ashula ijrosiga tan bermay iloji yoʻq. Rubobda ashula kuyini mohirona chalishi, kuyga uygʻun ashula ijrosi kishini oʻziga rom etadi, kelajagiga ishonging keladi. Uning tengdoshi Xudoyor Turkmanboyev ijrosidagi "Vatan” qoʻshigʻi oʻzimiz tugʻilib oʻsgan, umrguzaronlik qilayotganimiz shu aziz Vatanimizni butun boricha koʻz oʻngimizda gavdalantiradi, vohamizga xos boy va rang-barang sanʼatni ardoqlab, eʼzozlab, maromiga yetkazib xalqimizga taqdim etishga qodir boʻlgan ijrochilar avlodi voyaga yetayotganidan darak beradi va har birimizga quvonch bagʻishlaydi. Chunki sanʼat xalqniki, hammamizniki.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019