16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:05
Sport 👁 2,130

Biz hech kimdan kam emasmiz va hech qachon kam boʻlmaymiz!

Biz hech kimdan kam emasmiz va hech qachon kam boʻlmaymiz!

5-21-avgust kunlarida butun dunyo xalqlarining diqqat-eʼtibori Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlari – har toʻrt yillikning eng yirik sport festivali bellashuvlarida boʻldi desak, mubolagʻa boʻlmas.

Boisi, 200 dan ziyod davlatlar sportchilari gʻoliblik uchun oʻzaro  bahs olib borgan Olimpiada musobaqalari qaysi davlatda sportga eʼtibor kuchli ekanligini va qaysi davlat vakillarining musobaqalarga yaxshi tayyorgarliklar koʻrganligini aniqlaydigan sinovdir.

Mamlakatimizda Yurtboshimiz I.Karimov rahbarligida sportning ommalashuviga ulkan eʼtibor qaratilayotganligi oʻz samarasini berganligini Olimpiada bahslari davomida butun dunyo koʻrdi, tan oldi.

Olimpiadada oʻz ishtirokini 1996-yilda  boshlagan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ortda qolgan olti Olimpiadadagi eng yaxshi koʻrsatkichini "Rio - 2016” Olimpiadasida qayd etdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Olimpiada umumiy bahslarida dunyoda 21-oʻrinni, Osiyoda toʻrtinchi, MDH davlatlari orasida ikkinchi, Markaziy Osiyoda esa birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Boks terma jamoamiz esa birinchi oʻrinni egalladi.  Sportchilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 bronza medalini yengib olishdi. Mamlakatimiz sport sharafini yuksaltirishga muvaffaq boʻlgan sportchilarimizni bugun butun Oʻzbekiston xalqi sharaflamoqda.

Sport festivalida ayniqsa bokschilarimizning ishtiroki butun xalqimizni mamnun qildi. Sportning aynan shu turidan Hasanboy Doʻstmatov, Fazliddin Gʻoyibnazarov, Shahobiddin  Zoirovlar tomonidan uchta oltin medalning qoʻlga kiritilishi mamlakatimiz sport tarixida oʻziga xos unutilmas voqea boʻlib qoladi. Hasanboy  Doʻstmatovga Olimpiada oʻyinlarining texnikasi eng kuchli bokschiga beriladigan kubogi topshirilgani (bu mukofot bittagina sportchiga nasib etadi) mening qalbimda ham yuksak faxr uygʻotdi.

Qoʻlga kiritilgan medallarning koʻpchiligi aynan boks turidan ekanligi diqqatga sazovordir. Shuningdek, ogʻir atletikadan oltin medalni qoʻlga kiritgan Ruslan Nuriddinovning Olimpiada rekordini yangilagani butun sport olamida oʻziga xos voqea boʻldi.

Eng muhimi, oʻzbekistonlik sportchilar festival bahslarining eng intizomli qatnashchilari, deya eʼtirof etildi.

Aynan  sport murabbiyi boʻlganimdan bular menda ulkan taassurotlar qoldirdi. Yaratilgan bugungidek sharoitlardan unumli foydalanib, shogirdlarim bilan avvalgidan ham qunt bilan ishlashga undadi. Oradan toʻrt yil oʻtib, olimpiada estafetasini olgan Yaponiya mamlakati poytaxti Tokioda boʻlib oʻtadigan sport festialida vakillarimiz dunyo miqyosida oldingi oʻrinlarda boʻlishiga ishonaman. Chunki buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar bor.


Jasur NURIMBETOV,

BOʻSMning boks boʻyicha murabbiyi.

(Foto-http://turkistonpress.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019