17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 06:16
Iqtisodiyot 👁 2,870

MAQSADIMIZ – XALQIMIZGA XIZMAT QILISh

MAQSADIMIZ – XALQIMIZGA XIZMAT QILISh

Yaqin oʻtmishda qoloq va agrar respublika  boʻlgan, iqtisodiyotining asosini faqat paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash korxonalari tashkil etgan Oʻzbekistonimizda istiqlol yillarida barcha sohalarda ulkan yuksalishlarga erishildi. Umuman yangi soha – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yoʻl ochilib, ayni kunda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 60 foizdan ziyodi shu tarmoq hissasiga toʻgʻri kelayapti. Mamlakatimizdagi jami ish bilan band aholining 80 foizga yaqini aynan shu sohada mehnat qilishmoqda. Tadbirkorlar jamiyatimizning tayanchiga, suyanchiga aylanishmoqda. Xotin-qizlarga doimiy eʼtibor berilib, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga, oʻz iqtidorlarini toʻla roʻyobga chiqarishlariga shart-sharoitlar yaratildi.

Shu boisdan men ham 2004-yilda tumanimiz aholisiga transport xizmati koʻrsatuvchi "Goʻzaloy Mahmud qizi” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tuzib, faoliyatimni boshlagan edim. Imtiyozli kreditlar evaziga yoʻlovchi tashishga moʻljallangan avtobuslar sotib oldik va belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xizmat koʻrsata boshladik.

Davr bilan hamnafas boʻlib, oʻz korxonamda xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, mijozlar uchun yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida 2010 yilda Mangʻit shahrining buyum bozori yonida yangi, zamonaviy uslubda xususiy avtoshohbekat qurdik.

Shuningdek, avtoshohbekat yonida yoʻlovchilar uchun kutish joyi, avtomashinalarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi hamda salqin ichimliklar bilan savdo qiluvchi doʻkon ham xalqimizga xizmat koʻrsatmoqda.

Ayni kunda ham ikkita avtobusimiz, mikroavtobuslarimiz xalqimizga namunali transport xizmati koʻrsatmoqda.

Tadbirkorlarning oʻz biznesini rivojlantirishlari, faoliyatini kengaytirishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli joriy yilda kredit hisobiga yana besh dona "Gazel” rusumli yoʻlovchi tashishga moʻljallangan mashina sotib oldik va xizmat koʻrsatishni boshladi. Yana 12 ta yengil mashina olish arafasidamiz.

Yurtdoshlarimiz dasturxoni toʻkin boʻlishiga hissa qoʻshish maqsadida 5 gektarerda bogʻ yaratib, bu yil ilk hosilini davlatimizga topshirdik.

Bizga bunday imkoniyatlar mamlakatimiz mustaqilligi tufayli yaratildi. Har gal tumanimizning, respublikamizning  turli hududlariga yoʻl olayotgan avtomashinalarimizdagi yoʻlovchilarning nigohidagi minnatdorchilikni koʻrganimda oʻz faoliyatimdan mamnun boʻlib ketaman.

Maqsadimiz xalqimizga namunali xizmat qilishdir. Bizni bugungiday dorilomon va farovon kunlarga yetkazgan mustaqilligimizning 25 yilligi bilan tumanimizning barcha xalqini qizgʻin tabriklayman. Doimo safari bexatar boʻlishini tilab qolaman.

Gulbahor QURBONBEKOVA,

"Goʻzaloy Mahmud qizi” MChJ raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019