17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 07:07
Jamiyat 👁 3,172

BUYuK INSONNI XOTIRLAB

BUYuK INSONNI XOTIRLAB

Inson oʻzi uchun eng aziz narsasini yoʻqotsa, oʻzini qoʻygani joy topolmaydi, hayot ham maʼnosi yoʻqday tuyuladi, yurishturishida, qilayotgan ishida unum boʻlmaydi.

Prezidentimiz I.A.Karimov betobligini eshitganimizda koʻpchilik shu ahvolga tushdi: hamma duoda, hamma iltijo qilgan, butun mamlakat Yurtboshimiz sogʻligini tilagan edi.

Afsus, oʻlim haq, Allohning irodasi shu ekan, taqdir bizni buyuk insondan, oʻzbekni "oʻziga bek” qilgan, millatni dunyoga  tanitgan, yurtini obod, xalqini farovon qila olgan, hammamizga ota boʻlib, boshimizni silagan Yurtboshimiz I.Karimovdan judo qildi.

Motam kunlarida butun dunyo ahli oʻzbek xalqi, Oʻzbekistonda yashagan har bir fuqaro oʻz Yurtboshisini qanday sevishiga, unga qanday mehr qoʻyganligiga guvoh boʻldi.

I.A.Karimov 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti sessiyasida Oʻzbekiston Prezidenti qilib saylangan edi. Sobiq ittifoq davrida respublikalar orasida birinchilardan boʻlib Prezidentlik boshqaruvini joriy qilgan jurʼatli va dadil inson, bilimdon va qoʻrqmas rahbar edilar.

... Oʻshanda men sobiq ittifoq xalq deputati qilib saylangan  edim, yosh va tajribasizman, boshqaruv tizimiga unchalik tushunmasdim. Lekin bir haqiqatni juda yaxshi bilardim: I.Karimov Oʻzbekistonning birinchi rahbari boʻlib saylanganida unga qoldirilgan meros juda ayanchli edi: iqtisod izdan chiqqan, zavod-fabrikalar ishlamaydi, oʻlkada paxta yakkahokimligi hukm surar, odamlar qashshoq va tushkun, koʻpchilik ertangi kuniga ishonmas, ularni ruhlantirib, oldinga yetaklovchi siyosiy kuch ham yoʻq – "gʻoyaviy boʻshliq” hukmron edi. "Biz eskicha yashayolmaymiz, bunday yashashga zamonning oʻzi yoʻl qoʻymaydi”, - degan I.Karimov dadil va qoʻrqmasdan ish boshladi, xalqini, hatto dunyo siyosatdonlarini ham uzoqni koʻzlab, xalq manfaatlarini himoya qilib tuzilgan rejasiga ishontira bildi va orqasidan ergashtira oldi.

Uning birinchi qilgan ishi "paxta ishi” deb atalgan, minglab oʻzbek oilalari va millatning yetakchi kuchlari jabrlangan va mehnatkash halq peshonasiga bosilgan "qora tamgʻa”ni olib tashlash boʻldi. U bu haqda biz - oʻsha paytdagi oʻzbekistonlik SSSR xalq deputatlarini yigʻib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatdilar.

Fargʻona, Parkent, Boʻka, Toshkent, Andijon voqealarida Yurtboshimiz oʻz xalqining tinch yashashi uchun qoʻlidan kelgan hamma ishni qildi: halok boʻlganlarning oilalarini qoʻllab-quvvatladi, bilib-bilmay yovuz kuchlarga qoʻshilib qolgan vatandoshlarimizni bagʻrikenglik bilan kechirdi, ularga oʻz elida va bolalari bagʻrida yashashlari uchun yana imkon berdi. Shu bilan birga mintaqada tinchlikni saqlash uchun dunyo minbarlaridan bong urdi, qoʻshni davlat rahbarlarini hamjihat va doʻst boʻlib yashashga chorladi, fuqarolar urushi va xunrezliklarning oldini ola oldi. Oʻz xalqining kelajagini koʻra olgan rahbar sifatida taraqqiyotning "Oʻzbek modeli” deb atalgan va bugun butun dunyo tan olgan yoʻlga xalqini boshlar ekan, doim oddiy xalq bilan birga boʻlishga  harakat qildi, xalqni ertangi kun uchun mehnat qilishga undadi, oʻz kelajagiga ishontira oldi. Gʻalla mustaqilligi uchun kurashdi. Xalqimiz kelajagi uchun qilingan ezgu ishlar - sanab ado boʻlmaydigan yurtimizdagi oʻsish-oʻzgarishlar, jamiki ezguliklar bevosita Yurtboshimizning saʼy-harakatlari natijasi ekanligini har birimiz yaxshi bilamiz, bu islohotlarda oʻzimiz ham ruhlanib ishtirok etganmiz.

Xalqimiz yurtini obod, turmushini farovon qilgan insonning xotirasini hech qachon unutmaydi. U boshlab bergan yoʻldan hech qachon adashmaydi. Buyuk inson boshlab bergan ezguliklar avlodlar orqali davom etaveradi.

Sanobar XOʻJAMURODOVA,

40-sonli maktab direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026