16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,108

PILLA XIRMONI YuKSALDI

PILLA XIRMONI YuKSALDI

demak, daromad ham moʻl boʻladi

Peshqadamlik va mehnatsevarlik biz pillakorlarga xos xususiyat boʻlib, bir oylik ipak qurti boqish mavsumida bu xususiyatlar toʻla namoyon boʻladi hamda oʻzining samarali natijalarini moʻl pilla xirmonlarida koʻrsatadi. Har yili barvaqt ipak qurtlarini parvarishlashga kirishib, moʻl hosil olishga odatlangan 215 ta fermer xoʻjaliklaridagi 3564 nafar pillakorlarimiz bu yilgi mavsumda 4167 quti mahalliylashgan ipak qurtlarini ilgʻor tajribalar asosida parvarishlab, moʻl pilla hosili yetishtirishga muvaffaq boʻldilar va 243,5 tonnadan ziyod aʼlo navli pilla hosilini yetkazib berdilar. Bu bilan usta pillakorlarimiz mamlakatimiz boyligiga boylik qoʻshib, ichki  bozorimizni qimmatbaho sanoat xom ashyosi bilan taʼminlashga munosib hissa qoʻshdilar.

Moʻl pilla hosilini ipak qurtlarining mustahkam ozuqa bazasisiz tasavvur qilish qiyin, albatta. Tumanimiz boʻyicha 1039 gektar tutzorlar va qatorlab ekilgan 772 ming tup tut daraxtlari har yili yaxshigina barg hosili berib kelmoqda. Ozuqa bazamizni yanada mustahkamlash maqsadida bu yil erta bahorda 71 mingdan ziyod tut koʻchatlarini ekdik. Shu bilan birga Xitoydan moʻl barg hosili beradigan 186 ming tup tut koʻchatlarini keltirib, "Amudaryo-Panasham” fermer xoʻjaligida 9 gektarga, "Toʻlqin” va "Oq oltin” ovullarining har birida uch gektardan tut plantatsiya qilib ekildi. Bular albatta, yana bir necha yildan keyin oʻzining samarali natijalarini beradi.

May oyi pillakorlarimiz uchun eng qizgʻin ish fasli boʻldi. Pillakorlarimiz kunni tunga ulab, ipak qurti boqish bilan mashgʻul boʻldilar. Shunday qizgʻin ish kunlarida "Mangʻit pilla” MChJning bosh pillaxonasini va Xitoy qishlogʻidagi pilla hosilini qabul qilish va saqlash shoxobchasini taʼmirlash ishlari sifatli nihoyasiga yetkazildi. Bu yil pilla hosilini qabul qilish va saqlash ishlari ikki joyda – Mangʻit shahridagi bosh pillaxonada va Xitoy pillaxonasida tashkil etildi. Pillakorlarimizning roppa-rosa bir oylik fidokorona mehnatlaridan keyin, yaʼni 23-24-may kunlaridan boshlab dastlabki pilla hosilini qabul qilishga kirishildi. Birinchilardan boʻlib "Toʻlqin” ovulidagi ilgʻor pillakor Gulzira Abdullayeva bir quti ipak qurtidan 65 kilogramm oʻrniga 90 kilogrammdan ortiq, "Oʻrta qalʼa” ovulidagi Zaripboy Yusupov va Xosiyat Pirnazarovalarning har biri bir quti ipak qurtidan 80 kilogarmmdan, "Xolimbeg” ovulidan Salomat Boltaboyeva bir qutidan 91 kilogramm, "Qilichboy” ovulidan Rohatoy Qurbonboyeva bir qutidan 75 kilogramm yuqori navli pilla hosilini topshirib, yillik shartnomaviy rejalarini 120-140 foizga ado etdilar va mavsum xirmonini boshlab berdilar. Moʻl pilla xirmonlarini bunyod etishda "Toʻlqin”, "Choykoʻl”, Bobur nomli "Oq oltin” va "Xolimbeg” ovullari pillakorlari peshqadamlik qildilar. "Qilichboy”, "Oʻrta qalʼa”, "Qipchoq”, "Kuyuk koʻpir” va "Doʻrman” ovullari pillakorlari ham tumanimizning bugungi sarbaland pilla xirmonlariga oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshdilar.

Bosh pillaxonamizda pilla hosilini qabul qilish bilan barobar pilla hosilini dastlabki texnologik ishlov berishdan oʻtkazish ishlari ham peshma-pesh amalga oshirilmoqda. Ishlov berilgan pilla xom ashyosi oʻzining konditsion meʼyoriga kelgach, yaʼni, standart darajasida quritilgach, oʻzimizdagi "Asia Silk” Vetnam shoʻʼba korxonasiga joʻnatiladi va u yerda texnologik ishlov berilib, xom ipak mahsuloti ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlar esa buyurtmachi sanoat korxonalariga joʻnatiladi.

Davlatboy XOʻJAQOV,

"Mangʻit pilla” MChJ raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019