17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 07:07
Jamiyat 👁 4,291

32 MING 840 TONNALIK “OQ OLTIN” XIRMONI TAYYoR!

32 MING 840 TONNALIK “OQ OLTIN” XIRMONI TAYYoR!

Mehnatda toblangan, yer bilan tillashib, ishning koʻzini biladigan fidoyi va mirishkor paxtakorlarimiz bu yil ham anʼanaga sodiq qolgan holda Respublikamizda birinchi boʻlib davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajardilar. 2016-yil 27-sentyabr kuni, 17 ish kunida davlat xazinasiga topshirilgan Amudaryo "oq oltin”i 32 ming 840 tonnadan oshib ketdi.

Aytish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida agrar sohada amalga oshirilgan islohotlar, hukumatimiz va Respublika rahbariyati tomonidan sohada yangi tizimning joriy qilinishi, paxta yetishtirishni yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar va dehqonlarimizning fidoyi mehnatlari paxtadan moʻl hosil olishga zamin yaratdi.

Yerlarni ekishga tayyorlash, chigit ekish, dalalarni begona oʻtlardan tozalash va yaganalash, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, gʻoʻza nihollarini oziqlantirish va zararkunandalardan himoya qilish, chilpish, defoliatsiya kabi agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilgani bugungi yuksak xirmonning asosi boʻldi.

Eng muhimi, yigʻim-terim ishlari uyushqoqlik bilan, yangi tizim asosida tashkil qilindi. Bunda terimning otryad usulida olib borilishi katta samara berdi. Fermer xoʻjaliklarining ishchilari va pudratchilari, muassasa, korxona va tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari, ovul va mahallalardagi uyushmagan aholi va Nukus davlat pedagogika instituti talabalaridan iborat terimchilar zahmatli mehnatlari bilan yuksak xirmon bunyod etdilar.

Terimchilar va hasharchilarga ishlash va dam olish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani, terim pullarining oʻz vaqtida berilishi, hosilning toʻliq yuqori navlarga topshirilishi pudratchi va hasharchilarning moddiy manfaatdorligini, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy qudratini yanada yuksaltirdi. Jumladan, tijorat banklari tomonidan shu kungacha jami 9 milliard 359 million soʻmdan ortiq naqd pul mablagʻlari terim puli sifatida tarqatildi, fermer xoʻjaliklarimizning paxtadan olgan daromadlari 43 milliard 773 million soʻmdan oshib ketdi.

Tumanimiz paxtakorlari dalalarimizdagi moʻl hosilning bir misqolini ham nobud qilmasdan, yana qoʻshimcha 12 ming 500 tonna "oq oltin” topshirib, mamlakatimizning ulkan xirmoniga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshish niyatida mehnat qilmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, paxta yetishtirish va yigʻib-terib olishda faol ishtirok etgan fidoyilarni bugungi mehnat zafari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Halol mehnatingizning rohatini koʻring, azizlar!

Anvar YuLDAShEV,

tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026