16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:31
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,179

Pillakorlar tilidan

Pillakorlar tilidan

TOʻYGA TOʻYoNA BILAN

Ipak qurti boqishning oʻziga xos mashaqqatlari va zavqi borligini faqat biz pillakorlargina chuqur his qilamiz. Albatta, har ishning oʻzgacha mashaqqati va mehnatlari boʻladi. Ipak qurtlari ulgʻaygan sari uning ozuqaga boʻlgan talabi oshib boradi. Ozuqa tayyorlash, yaʼni, tutzorga borib tut novdalarini oʻrish va tashib keltirib, qurtxonalardagi ipak qurtlariga yetkazib berish serzahmat ish albatta. Bunda yarim soat yoki bir soat oʻtirib hordiq chiqarishga vaqt topish amri mahol, kecha-yu kunduz qilingan barakali mehnatlar tufayligina moʻl pilla hosili yetishtiriladi.

Bu yilgi mavsumda bir yarim quti ipak qurtlarini mehr bilan parvarishlab, moʻl pilla hosili yetishtirdik, rejadagi 102 kilogramm oʻrniga 137 kilogramm aʼlo navli "kumush tola” topshirdik. Bu biz pillakorlarning mustaqilligimizning qutlugʻ 22 yillik toʻyiga munosib toʻyonamiz boʻladi. Toʻyga toʻyona bilan borish esa xalqimizning eng yaxshi udumidir.

Murod Davletov,

"Davlatboyev Sobir” fermer xoʻjaligi pillakori.



BIZNING SOVFAMIZ

Pillakorlar safida ishlayotganimga oʻn besh yil toʻlmoqda. Shundan buyon har yili bahorda ipak qurti boqib, moʻl hosil olishni oʻzimizga odat qilib oldik. Bu yil ham 23-aprel kuni bir qurti ipak qurtini olib, mavsum davomida yaxshi parvarish qildik. Bunda oilamizning barcha aʼzolari mehnat qildilar. Jumladan, turmush oʻrtogʻim Bekchon Bobotoyev tutzorimizdagi tut novdalarini oʻrib keltirsa, Oysulton, Guliston va Sherzod ismli oʻgʻil-qizlarim ipak qurtlarini oziqlantirishda mengayaqindan yordam berdilar. Ayniqsa, ipak qurtlari toʻrt va besh yoshga kirganlarida kunni-tunga ulab mehnat qildik. Natijada pillalar boʻliq, ipakchanligi yuqori boʻldi, moʻl hosil olishga erishdik.

Bu yilgi mavsumda bir quti ipak qurtidan rejadagi 65 kilogramm oʻrniga roppa-rosa 90 kilogramm aʼlo navli pilla hosilini yetishtirib, davlat hazinasiga topshirdik. Bu oila aʼzolarimizning tumanimizning yuksakpilla xirmoniga qoʻshgan munosib hissasi va mustaqilligimizning 22 yillik bayramiga sovgʻamiz boʻldi, deb oʻylayman.

Gulzira Abdullayeva,

"Feruza Oxun” fermer xoʻjaligi pillakori.



YuRT BOYLIGIGA BOYLIK QOʻShIB

Xalqimiz pillani sevib-ardoqlab yetti xazinaning biri, deb hisoblaydi va pillamiz-tillamiz, deya eʼzozlaydi. Aslida ham ipak qurtlari xosiyatli jonivor boʻlib, xonadonga baraka keltiradi, oila aʼzolarini mehnatsevarlikka, bahamjihat boʻlib ishlashga chorlaydi.Mana yigirma besh yildirki, xonadonimizda ipak qurti boqib kelinadi. Har yili bahor kelishi bilanoq ipak qurti boqish taraddudini koʻramiz. Erta bahordan tutzorimizni oziqlantirib, sugʻoramiz. Negaki, ipak qurti boqish davrida ozuqa moʻl boʻlsa, bu borada tashvish boʻlmaydi.Ipak qurtlariga oʻz vaqtida tut bargi ozuqasini yetarli miqdorda yetkazib berib turilsa, qurtxonalar harorati meʼyorida saqlansa, xona havosi tez-tez shamollatib tozalab turilsa, bas. Ipak qurtlari toʻyib oziqlanadi va moʻl pilla hosili yetishtirilishini taʼminlaydi.

Bu yilgi mavsumda ham har yilgidek moʻl pilla hosili yetishtirishga muvaffaq boʻldik. Bir qutidan ortiqroq ipak qurti boqib, el xirmoniga 108 kilogramm aʼlo navli pilla hosilini topshirdik. Bu bilan yurt boyligiga boylik qoʻshdik.

Shohida OTAJONOVA,

"Otajonov Shukurulo” fermer xoʻjaligi pillakori.



ISTIQBOLLI REJALAR

Joriy 2013-yil boshidan boshlab tumanimizda pillachilikni yanada rivojlantirish maqsadida "Yulduz-pilla” MChJ tashkil topdi. Aniq va istiqbolli rejalar ishlab chiqildi. Mangʻit paxta tozalash zavodi "Yulduz” hissadorlik jamiyati homiyligida uch joyda – "Amudaryo-Panasham” fermer xoʻjaligida, "Qipchoq” paxta qabul qilish va saqlash maskani yonida va "Oq oltin” ovulida loyiha boʻyicha har birida 70 qutidan jami 210 quti ipak qurtlari boqiladigan qurtxonalar qurilib, qurt boqish mavsumigacha foydalanishga topshirildi hamda mana shu uchala qurtxonalarning har birida 70 quti ipak qurtlari boqishga kirishildi. Lekin ipak qurtlari uch-toʻrt yoshdan boshlab bu qurtxonalarning hajmi torlik qilishi maʼlum boʻldi. Buni biz eʼtiborga olib, kelgusi 2014-yil boshida mazkur qurtxonalar bilan yonma-yon yana shunday uchta qurtxona qurishni rejalashtirib oldik.

Ipak qurti boqish mavsumi jarayonida har bir qurtxonaga 45-50 nafardan mavsumiy ishchi qabul qilindi va bu yilgi ipak qurti boqish mavsumi muvaffaqiyatli oʻtdi. Faqat ipak qurtlarining ozuqa zahiralari yetishmovchiligidan ancha qiynaldik, xolos. Shuni inobatga olib, yangi tutzorlar tashkil qilishni istiqbolli rejamizga kiritib qoʻydik.

Mana, nihoyat yangi qurtxonalarimizda boqilgan jami 210 quti ipak qurtlaridan shartnomaviy rejadagi 13210 kilogramm oʻrniga 14000 kilogrammga yaqin aʼlo navli pilla hosili yetishtirildi. Bunda koʻp yillik boy tajribaga ega boʻlgan malakali pillakor agronomlarimizdan Bibisara Qoʻchqorova, Bibirabo Xalillayeva va Bobojon Tojiboyevlarning qurtxona ishlarini mohirlik bilan tashkil etganligini va ish jarayonlarida mahorat koʻrsatganliklarini alohida koʻrsatib oʻtish joizdir.

Omonboy ERDOShEV,

"Yulduz-pilla” MChJ rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019