16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:43
Adabiyot 👁 2,822

FAFLATGA BOTGAN ODAM

FAFLATGA BOTGAN ODAM

(Boʻlgan voqea)

Yarim tun...

Laziz oʻziga keldi. Koʻzlari deraza darpardalarining mayin hilpirab turganligini koʻrgach, qoʻllarini qimirlatishni xohladi. Ammo qoʻl tomirlariga osma ukolning  ulanganligini koʻrdi. Oyoqlarini uzatib, kerilmoqchi boʻldi. Lekin negadir oyoqlari qimirlamadi, butun tanasida shunday ogʻriq sezdiki, xonani boshiga koʻtarib qichqirib yubordi:

- Ona... Onajon...

Uning ovozini eshitib, navbatchi hamshira yugurib keldi. Hamshira sadafdek tishlarini koʻrsatib, jilmaydi:

- Yo xudoyim, u koʻzini ochdi! -  dedi-yu shoshib xonani tark etdi. Va yonida doʻxtirlar bilan kirib  keldi. Ular rus tilida bir nimalarni gapirishdi. Laziz kasalxonada ekanligini bildi-yu, lekin oʻzi bilan nima hodisalar yuz berganligini fahmlay olmadi. Faqat tanasidagi ogʻriqdan ingrandi. Oyoqlari ustiga oppoq choyshab yopilganligini koʻrdi. U uzun boʻyli boʻlganligi sababli har doim oyoqlarini karavotga sigʻmay, chetga osiltirib yotar edi. Bugun esa karavotda oyoqlari yoʻqligini sezdi. Ammo koʻzlariga ishonmadi, yana va yana oyoqlarini izladi. Ikkala oyogʻining tizzasidan past qismi kesib tashlanganini koʻrdi. Choyshab sirtidan uning  kalta-kalta son boldirlari choyshab yupqaligi uchun koʻrinib turardi.

- Oyoqlarim! – u qoʻliga ulangan osma ukolni bir zarbda uzib yubordi, mayda shlang osilib, yerga suyuq modda tomchilay boshladi. Yana ikki nafar doʻxtir yugurib xonaga kirdilar, Lazizning holatini  koʻrib, tez orada unga tinchlantiruvchi ukol qildilar. Lazizni qora ter bosdi. U oʻz holiga achinganligidan koʻz yoshlari yuzini yuva boshladi. U yana hushidan ketdi...

Laziz 10 kun shu ahvolda yotdi. Oʻziga kelganida oʻrnida oʻzi emas, xuddi boshqa birov yotgandek tuyuldi. Yarim tunda bosinqirab qichqirar, onasini chaqirardi. Koʻzlarini ochib, oʻzining ahvolini koʻrishni istamadi. Sekin-sekin roʻy bergan voqealarni eslashga urindi...

Togʻasining oʻgʻli Aʼzam necha yilki Rossiya davlatiga oʻz mashinasida kirakashlik qiladi. Ular bexos Mangʻit shahrida uchrashib qoldilar. Aʼzam:

- Rossiya davlatiga ishlash uchun ketmoqchiman, yoʻl taraddudini koʻrayapman, – dedi. Laziz ham aynan shunday niyatda yurganini, 3-4 oy ishlab kelishni moʻljallayotganini aytdi.

- Agar biror fabrika yoki zavodga ishga joylashsam, bir-ikki soʻm jamgʻarib, muammolarimni hal etardim, - deyishi bilan Aʼzam uni oʻzi bilan birga  ketishga koʻndirdi.

Mana, toʻrt oyki Rossiyaning eng chekka bir qishlogʻida, fermerga yordamchi boʻlib ishga joylashdi. Ikki oylik maoshini olib uyiga  joʻnatdi. Bugun esa yana maosh berishdi. Qishloq bilan shahar oraligʻi 13 kilometr masofa, u yayov shaharchaga otlandi. Kerakli narsalarini xarid qilishni diliga tugdi. Kafega  kirib ovqatlandi, toʻyib ichdi, oʻzini butkul unutdi. Keyin-chi? U ogʻir xoʻrsindi, eslashga qancha harakat qilmasin, eslay olmadi.

U ichkilikdan sarmast gandiraklab, qishloq yoʻliga chiqdi.

Goh toʻxtab, goh oʻtirib, dam olib, irodasi oʻziga boʻysunmasa ham qishloq soʻqmogʻiga bir amallab chiqib oldi. Yoʻlni poyezd yoʻli kesib oʻtardi. Poyezd oʻtadigan yoʻl ancha baland edi. U emaklab poyezd yoʻliga chiqib oldi. Qattiq charchadi, oyoqlarini relslar ustiga uzatdi-da gavdasini orqaga tashlab, koʻzi ilindi. Mastlik va charchoq tufayli qattiq uyquga ketdi.

Uzoqlardan kelayotgan poyezd ovozi, uning  ogohlantiruvchi chinqirigʻi ham uni uygʻota olmadi. Uzoqroqda qoʻy boqib yurgan choʻpon yordamga yugurdi. Tayogʻini balandga koʻtarib, jon holatda qichqirar, ammo, gʻofil banda uni eshitmasdi. Shiddat  bilan chinqirib kelayotgan poyezd Lazizning oyoqlarini majaqlagancha bir zumda koʻzdan gʻoyib boʻldi. Choʻpon Lazizni shu holatida tashlab keta olmadi. Tanimasa ham uni kasalxonaga joylashtirib, roʻy bergan hodisadan odamlarni xabardor qilib ketgan edi.

Bu voqealarni doʻxtirlardan eshitgach, Laziz oʻzidan-oʻzi jirkandi. Alamdan koʻkragiga mushtlari bilan urib, "oyoqlarim, oyoqlarim”, deya hushidan ketdi...

Zuhra AHMEDOVA.

(Foto - http://storage.kun.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026