16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:00
Adabiyot 👁 3,364

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Bahodir Xudoyberganov

QIRQ YILGA QASIDA

Ne maʼraka doʻstlar bugun elimizda,

Bu – qirq yillik ayriliqmi yoʻlimizda?

Qirq yillik bir sogʻinch choʻkkan dilimizda,

Kim yoyadi sinfdoshlik sirlarini?..

 

Taqdir hukmi – bir sinfga toʻplanganmiz,

Murgʻak qalblar – katta-kichik saflanganmiz,

Kelajakka birgalikda otlanganmiz,

Oʻgʻil-qizlar topib bir-u birlarini.

 

Idrok etdik birga, avval oʻzimizni,

Anglab oldik kimga aytar soʻzimizni.

Qalʼalarga tikdik hayrat koʻzimizni,

Aziz tutdik Qilichboyning qirlarini.

 

Oʻsha damlar Badaytoʻqay soʻlim edi,

Sitoralar sirli, oylar toʻlin edi,

Qora sochlar qanday gʻayur, qalin edi,

Yillar olar hayot haq-u borlarini.

 

Shuurimiz toʻlib bordi safolarga,

Qalqon boʻldi shu yurt ranj-u balolarga,

Shoʻx bolalik toʻldi ming-ming navolarga,

Tavof etdik Mangʻit elin yerlarini.

 

Sinfimiz-chi, qizlar bilan toʻla edi,

Jumaguldek shoʻx sinfdosh boʻlar edi.

Olti nafar bola bunda joʻra edi,

Bir Madamin uzmas doʻstlik torlarini.

 

Amudaryo boʻylarini kezib oʻsdik,

Yaxshi kunlar kelishini sezib oʻsdik,

Ulkan-ulkan rejalarni tuzib oʻsdik,

Mustaqillik sochdi bizga nurlarini.

 

Ulgʻaytirar maktab beshak ruh-u tanni,

Birga oʻqish - oʻrganishdir ilm-u fanni,

Sinfdoshlik – idrok etish hur Vatanni,

Aytsam sizga, hamfikrlik sirlarini.

 

Yillar bizni, axir aldab ketmagandir,

Farzandlarsiz daqiqalar oʻtmagandir,

Nabirani suymay tonglar otmagandir,

Ulgʻaytirdik avlodimiz erlarini

 

Dorilomon damlar zavqin suraylik-chi,

Ustoz boʻlib, yuzga kirib yuraylik-chi,

Farzandingiz nechuk, deya soʻraylik-chi –

Men bilaman, doʻstlar nima derlarini...

 

Farzandimiz komillikka oʻsib, yetsin,

Bizga shundan maqtanishlar nasib etsin,

Baland tutib, asrlarga olib oʻtsin –

Mustaqillik mayogʻining nurlarini...

 

Istiqlolga guvoh boʻlgan bir avlodmiz,

Yillar osha eslanarli hur avlodmiz,

Tariximiz shodasida dur avlodmiz,

Yodda saqlang sinfdoshlik sirlarini!

 

Sizni koʻrib, koʻzlar yoshga toʻlarmi-yey?..

Diydordan ham shirin tuygʻu boʻlarmi-yey?..

Qalbga shodlik yoki armon toʻlarmi-yey...

Men quchaman doʻstlarning har birlarini!

 

Sinfdoshlar yillar osha omon boʻlsin,

Diydor kabi tansiq hislar qalbga toʻlsin!

Vatan obod, doim hurlik zamon boʻlsin!

Sogʻinch chertsin doim mehr torlarini!

 

ISTIQLOL ShUKUHI

Goʻzal va betakror Oʻzbekistonda,

Bir yuz oʻttiz millatning vakillari bor.

Muqaddas Vatanda beminnat mehnat

Qilgan insonlarga baxt boʻlar yor.

 

Bayramlar yarashar ona zaminga,

Boshlanmoqda bizning oltin kuzimiz.

Paxta xirmonlari yuksalib koʻkka,

Boʻlmoqda kundan-kun yorugʻ yuzimiz.

 

Yurtimda kezmoqda bayram shukuhi,

Istiqlol muborak, aziz yurtdoshim.

Sarhisob qilamiz chorak asrlik

Bosib oʻtgan yoʻlni, bugun, safdoshim.

 

Yurtda turli jabha qilindi isloh,

Yangidan qurildi maktab binosi.

Sanʼat, madaniyat jadal rivojda,

Hatto ortda qoldi dunyo jilosi.

 

Rivojlanishning oʻzbek modeliga,

Dunyo aholisi tan bermoqda-ku.

Oʻzbek oʻgʻlonlarin yutuqlariga,

Rio-de-Janeyro lol qolmoqda-ku.

 

Bundan-da yuqori marrani koʻzlab,

Darkordir yangidan zafarlar quchmoq.

Gʻurur va iftixor toʻlib yurakka,

Samodan quyoshdek ziyo, nur sochmoq.

 

Tilay osmonimning musaffoligin,

Biz yoʻlchi, yoʻlimiz ravon, oq boʻlsin!

Oilamiz xotirjam, yaxshilik uchun,

Qilgan orzu-niyat ijobat boʻlsin!

 

Jannatmakon yurtim – Oʻzbekistonda

Istiqlol shukuhi bardavom boʻlsin!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Bayram barchamizga muborak boʻlsin!

Bekbergan TLEUMURODOV,

39-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

KOʻNGLIMGA

Sen-la tushkunlikning tushovin yechsam,

Behis lahzalarning qurshovin ezsam.

Koʻnglim ishtiyoqi, jononim, jonim,

Umrim yoʻllarida gulgun makonim!

 

Osmonoʻpar orzu izmida yurgan,

Olis yulduzlarga qanotin urgan.

Oshiq xayollarim oshib boradi,

Tuygʻum ilhom istab, shoshib boradi!

 

Sezgim anglatadi elga kerakli,

Orzum ozaymaydi yaxshi tilakli.

Sen-la tushkunlikning tushovin uzib,

Yozsam deyman manzur bayozlar tuzib.

 

Koʻnglim tuygʻulari, qolmanglar toʻzib,

Men-da yurayin-da kimdandir oʻzib!

Sen-la tushkunlikning tomirin kesib,

Koʻnglim, nay chalaylik shamolday esib.

 

Yovni noshod etib, yorni shod etib,

Armon qolmas edi, ketsam-da oʻtib!..

Jumaboy HIDOYaTOV,

"Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

 

Oʻzbekistonim

Allohning nazari tushgan yurtdir bu,

Osmonida Humo uchgan yurtdir bu.

Ezgu, toʻgʻri yoʻlni quchgan yurtdir bu,

Fido boʻlay senga, Oʻzbekistonim!

 

Hur Vatan bobolardan bizga meros,

Bugun bizga dunyo qilmoqda havas.

Doim shunday yashna, gullayver qiygʻos,

Abadiy bahordir Oʻzbekistonim!

 

Bugun biz kim boʻldik, kim edik oldin?

Jahon tanir Oʻzbekiston davlatin.

Aziz tuprogʻing ham misoli oltin,

Asragaymiz seni, Oʻzbekistonim!

 

Har bir farzanding qalbida iftixor,

Jahonni titratgan oʻgʻlonlaring bor.

Marralar koʻp, maqsadimiz ustuvor,

Parvonamiz senga, Oʻzbekistonim!

 

Biz-yurt kelajagi – oʻktam, navqiron,

Farzandlaring xizmatingga shay har on.

Koʻksimizda gʻurur, qalbimiz shodon,

Koringga yarasak, Oʻzbekistonim!

Dilobar USNADDINOVA.

 

PAXTA

Oʻzbegimning faxridur paxta,

Hur oʻlkamiz boyligi paxta.

Dehqon mehnati ila yaralgan,

Baland rizq-u roʻzimiz paxta.

 

Sehr-u sinoatin yaratgan bilur,

U misoli behisob oltin.

Odamzotga asl libos boʻlur,

Oʻzbegimning shonidur paxta.

 

Gʻayrat otin mingan odamlar

Barchasi dalada shu damlar.

Paxta, deb qoʻyilar qadamlar,

Har dilda mehr uygʻotgan paxta.

 

Paxtazorga oshiqdim men ham,

Chor tarafda hashar qizgan dam.

"Meni ol”, – deb charaqlab turgan,

"Oq oltin”im – ulugʻ nasibam

Inobat OTAJONOVA, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

 

PAHLAVON

Pahlavonning koʻksida,

Boʻlsin qoʻri, mardligi.

Yiqilmasin maydonda,

Koʻrmasin yer kuragi.

 

Yutay desang har zamon,

Maydonda halol kurash.

Mardona olish doim,

Yutqazmay desang, polvon.

 

Oʻtirishar keksalar,

Aylanishib davrani.

Agar boʻlsang noinsof,

Darrov noming qoralar.

 

Or-u nomus saqlanar,

Nomarddan hamma qochar.

Qanot qoqib maydonda,

Nomard oʻzin ob qochar.

Mahliyo

GULMANBETOVA.

 

VATAN

Suvi tiniq, osmoni ham,

Dono shoir, olimlari.

Dilda gʻurur uygʻotadi,

Taraqqiyot odimlari.

 

Ariqlarda sharqiragan

Suvlarida ming bitta sir.

Tolei hur, yarqiragan,

Yurtga quyosh mangu asir.

 

Qulochimni yozganimcha,

Havolarin simiraman.

Sevib oʻtay oʻlgunimcha

Laylo senga shaydo, Vatan!

Laylo Rajabova,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

 

YOʻQOTISh

Qismatim shu boʻldimi,

Otamni olib ketding.

Jonlarimni ogʻritib,

Yuragim yulib ketding.

 

Baxtiyor boʻlmas ekan,

Bir kam dunyoda odam.

Yetimlik yoziq ekan,

Har kimning umriga ham.

 

Ishongim kelmas sira,

Otam oʻrni boʻsh qoldi,

Koʻzda nam, dilda yara.

Yuragimni gʻam oldi.

 

Allohim, bergil sabr,

El-u yurt omon boʻlsin.

Har inson topib qadr,

Hayotda baxtga toʻlsin.

Farruh QALANDAROV,

NDPI talabasi.

 

IFTIXOR

Gullagan bu goʻzal boʻston,

Taʼrifingga kamdir doston.

Sen bittasan Oʻzbekiston –

Ey, gullagan ota makon!

 

Oʻgʻlonlaring Alpomishdek,

Qizing Barchin va Toʻmaris.

Ertang porloqdir quyoshdek,

Avlodlaring baxtli voris.

Yulduzxon YoQUBOVA.

 

Fasllar

Har fasl yurtimning chiroyin ochib,

Bezaydi gullarga, bezaydi nurga.

Fasllarning naqsh-u sehriga boqib,

El-yurtim tolei toʻliqdir baxtga.

 

Fasllar ichida bahor – kelinchak,

Gullarga burkanib yashnagan shuncha.

Qirdagi shabada unga belanchak,

Bahor gullar ichra nozik bir gʻuncha.

 

Quyosh ham charaqlab qizdirgan chogʻda,

Qaynoqlikdan dillar sevinsa, kulsa.

Bulbullar sayraydi ajib bir bogʻda,

Issiq nur tafti-la yoz kirib kelsa.

 

Daraxtlar libosi tubdan oʻzgarsa,

Bunday manzaraning hissi boʻlakcha.

Mevalar daraxtdan yerga toʻkilsa,

Oltin kuz faslining gashti boʻlakcha.

 

Bunda zaminimiz oromda yotar,

Oqayotgan soylar toʻxtab, boʻlar jim.

Qishda kumush qorlar qalblarga yoqar,

Xalqimning baxti bu – mening ham baxtim.

Barchinoy QURBONBOYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019