16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:02
Salomatlik 👁 2,760

INSON QADR-QIMMATI HAR NARSADAN AZIZ

INSON QADR-QIMMATI HAR NARSADAN AZIZ

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab jamiyatni harakatga  keltiruvchi kuch – inson omiliga eʼtibor davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Natijada oʻtgan 25-yil mobaynida har bir fuqaroning baxtli-saodatli umr kechirishi, oʻzi tanlagan kasbda mehnat qilishi va zarur hollarda namunali va jahon andozalariga javob beradigan zamonaviy tibbiyot muassasalarida davolanib, sogʻligini tiklashi uchun sharoitlar yaratildi.

Tumanimiz ahli ham olisga borib ovora boʻlib yurmasdan tuman Tibbiyot birlashmasining oʻzida, eng soʻnggi rusumdagi tashxis qoʻyish va davolash tibbiy uskunalari yordamida chuqur tekshiruvlardan oʻtib, natijalariga koʻra zarur muolajalar olib, sogʻligini tiklash imkoniyatiga ega.

Oʻtgan 25-yil mobaynida Respublikamiz aholisining sogʻligini muhofaza qilishga va tibbiy xizmat samaradorligini oshirishga, fuqarolarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan  qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar – 1998-yil 10-noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2007-yil 19-sentyabrda qabul qilingan "Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoni tibbiy xizmat sifatini  koʻtarishga asos boʻldi.

2007-yil 2-oktyabrdagi "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori va shu asosdagi tuman hokimining 2008-yildagi 29-sonli qaroriga muvofiq, 2008-yil boshida tuman markaziy shifoxonasi bazasida tuman Tibbiyot birlashmasi tashkil qilindi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat koʻrsatishni qimmat turuvchi statsionar turidan ambulator turiga oʻtkazish edi. Shu maqsadda tuman markaziy shifoxonasida mavjud boʻlgan 845 ta oʻrindan 275 tasi qisqartirilib, oʻrinlar fondi va ulardan foydalanish darajasi qayta koʻrib chiqilib, 3 ta – "Qilichboy”, "Oʻzbekiston”, "Qipchoq” qishloq hududiy shifoxonalari tugatilib, ulardagi oʻrinlar tuman tibbiyot birlashmasi tarkibiga qoʻshildi.

Tuman boʻyicha statsionar tartibda davolanish uchun belgilangan oʻrinlar dastlab, 620-oʻringa tushirilgan boʻlsa, 2015-yilda 465 oʻringa, 2016-yilning yanvar oyidan 450-oʻringa tushirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13 apreldagi 1096-sonli "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlodni shakllantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 1-iyuldagi 1144-sonli "2009-2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi Qarorlari asosida tumanimizda ham aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifati oshdi. Bunda albatta kadrlar salohiyati ham muhim oʻrin tutadi.

Ayni kunda tumanimiz boʻyicha 405-oʻringa moʻljallangan markaziy shifoxona, 75-oʻringa moʻljallangan rejali jarrohlik  boʻlimi, 40-oʻringa moʻljallangan shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, 100-oʻringa moʻljallangan tugʻruq boʻlimi, 35-oʻrinli yuqumli kasalliklar boʻlimi, 45-oʻrinli ftiziatriya boʻlimi, 95-oʻrinli terapiya boʻlimi, bir kunlik quvvati 785 qatnovga moʻljallangan koʻptarmoqli  markaziy poliklinika va 19 ta qishloq vrachlik punktlari tumanimiz aholisiga namunali tibbiy xizmat koʻrsatmoqda. Bu muassasalarning deyarli barchasi zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash, laboratoriya tekshiruv uskunalari va jihozlari bilan taʼminlangan. Bu muassasalarda hozir jami 292 shifokor, 1080 oʻrta tibbiyot xodimlari mehnat qilishadi. Shifokorlarning 195 nafari malaka toifasiga ega boʻlib, shuning  121 nafari oliy, 51 nafari birinchi, 23 nafari esa ikkinchi toifalidir.

Qishloq vrachlik punkti qishloq aholisiga yuqori malakali, koʻp qirrali, uzluksiz tibbiy yordam koʻrsatadigan asosiy davolash muassasasi hisoblanadi. Shu maqsadda tumanda mustaqillik yillarida 15 ta qishloq vrachlik punkti yangidan qurilib, ishga tushirildi va zamonaviy tibbiy jizohlar bilan taʼminlandi.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida olib borilgan izchil islohotlar samarasida "Sogʻlom ona – sogʻlom bola” dasturi umummilliy harakatga aylandi. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishi xalqimiz hayot darajasining yanada yuksalishiga olib keldi.

Istiqlol yillarida davlatimizning aholi salomatligiga, barkamol avlodning shakllanishiga, oilada tibbiy madaniyatni oshirishga, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga boʻlgan beqiyos eʼtibori natijasida tuman aholisining salomatlik koʻrsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi.

Davlatimiz qabul qilayotgan yangi ijtimoiy dasturlar zamirida ayollar va bolalar sogʻligini saqlashga qaratilgan vazifalar oʻz ifodasini topmoqda. Bularning zamirida farzandlarning sogʻlom dunyoga kelishi va sogʻlom oʻsib-ulgʻayib kamolga yetishidek ezgu niyatlar mujassamdir. Chunki sogʻlom avlodgina yurt kelajagini oʻz qoʻliga olishga qodir boʻladi.

Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, jamiyat taraqqiyotiga, turmush farovonligiga  nimaiki toʻsqinlik qilsa, unga qarshi kurash hech qachon toʻxtamaganligini koʻramiz.

Shu yilning 31-oktyabrida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ham bunga dalil boʻla oladi. Chunki mazkur  Qarorga muvofiq, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli  dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganlik darajasini  yanada oshirish, ularning narxini belgilash boʻyicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar boʻlishiga qaramasdan tashhis qoʻyish va davolash standartlarida koʻzda tutilmagan hamda qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldi olinadi. Bu oʻz navbatida aholini sifatli va arzon dori-darmon vositalari, tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga, aholining salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan juda ahamiyatlidir.

Davlatimiz tomonidan mamlakatimizda aholi sogʻligini muhofaza qilishga qaratilayotgan eʼtiborga bugun butun dunyo havas bilan qaramoqda. Hatto onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi amalga oshirilgan ishlarni koʻpgina davlatlar oʻzlariga namunaviy model sifatida qabul qilishmoqda. Bularning bari mustaqilligimiz sharofatidir.

Fursatdan foydalanib, barcha tibbiyot xodimlarini ertaga nishonlanadigan kasb bayrami bilan qutlayman! Ularning elimiz sogʻligini saqlashdek sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.

Olimboy XALIMOV,

tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026