16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:59
Adabiyot 👁 2,674

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

TILLO HANGOMASI

Bitta dehqon boboning

Uchta oʻgʻli bor ekan.

Kun boʻyi ishlamayin,

Kechda ovqat, non yerkan.

Shu zaylda oy emas,

Hatto yillar oʻtibdi.

Insofga kelishlarin

Dehqon rosa kutibdi.

Bora-bora keksayib,

Kasal boʻlib qolibdi.

Ishlashga mador yetmay,

Yotib orom olibdi.

Dardi esa kuchayib

Boravergan tobora.

Man-man degan tabib ham

Topolmabdi hech chora.

Ketmogʻini bilib chol

Oʻgʻillarin chorlabdi:

"Mendan rizo boʻling”, – deb

Rosa oʻksib, yigʻlabdi:

- Sizlarga bildirmasdan

Tillo koʻmganman yerga.

Men olamdan oʻtgan soʻng

Izlab topinglar birga...

Shu gapni aytib dehqon,

Abad yumibdi koʻzin.

Uni dafn etishib,

Esga olibdi soʻzin.

Yerni  bir bor agʻdarib,

Topishmagach tilloni.

Bahorda bugʻdoy ekib,

Koʻtarishgan xirmonni.

Kuzda yerni ikki bor

Chuqur agʻdarishibdi.

Xazinani topolmay,

Yana aldanishibdi.

Ikkinchi yigʻilgan don

Togʻdek xirmon boʻlibdi.

Aka-ukalar koʻngli

Quvonchlarga toʻlibdi.

Tillo topmoq umidi

Hali-veri soʻnmabdi.

 

Akaning aytganiga

Ukalari koʻnmabdi.

Uchinchi yil kuz chogʻi

Kirishibdilar ishga.

Charchashib yetibdilar

Orom beruvchi qishga.

Uchinchi yil hosili

Tagʻin ham moʻl boʻlibdi.

Yer, mehnat ehsonidan

Kemtik dillar toʻlibdi.

- Otamiz koʻmgan tillo

Sirli hikmat gap ekan.

Boylik hamda rohatni

Mehnat-u yerda, degan.

Uch yil oʻtib angladik

Ota soʻzi sehrini.

Tillo bahonasida

Yuqtiribdi mehrini.

Mehnatini qilganga

Xazinakan yerimiz.

Erinmaylik toʻkmoqqa

Peshonadan terimiz.

"Mehnatning tagi rohat”,

Deganicha bor ekan.

Dangasa boʻlmaganga

Baxt-u omad yor ekan.

Joyi jannatda boʻlsin

Otamizning har onda.

Nasihati tufayli

Toʻyib yuribmiz nonga, -

Deb kenjatoy uqqanin

Akalarga aytibdi.

Dehqon aytgan sirli gap

Tillo boʻlib qaytibdi.

***

Eshitgan ertagimni

Sheʼr-la hikoya etdim.

Rivoyat maʼnosiga

Men ham kechikib yetdim.

Bolalar buni oʻqib,

Yer qadrini bilishsin.

Albatta qulogʻiga

Sirgʻa misol ilishsin.

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.

 

ONAJON

Mehringiz qoʻmsayman hozir ham,

Yoʻqligingiz qiladi alam.

Hamma bor-u, bir oʻzingiz kam,

Men sizni sogʻindim, Onajon!

 

Toʻydan kelganda yarim tun,

Ostonada kutib butun.

Figʻonimdan chiqsa tutun,

Keldingmi, derdingiz, Onajon.

 

Uxlang, meni kutmang, desam,

Mening-chun gʻam yutmang, desam.

Aslo bunday qilmang desam,

"Bolam-a”, – derdingiz, Onajon!

 

Tegirmon keldi aylanib,

Qoldim boboga aylanib.

Ostonada men boylanib,

Oʻzim qoldim-ku, Onajon!

 

Farzandlarim "Bolam”, - deydi,

Oʻz bolasin gʻamin yeydi.

Bolalari menday "daydi”,

Ular ham kutar, Onajon!

 

Zamon shunday zamon ekan,

Kimlargadir armon ekan.

Kutish Haqdan farmon ekan,

Sizni tushundim, Onajon!

Farhod Avezov, "Jayxun

ilhomlari” NNT aʼzosi.

 

QOGʻOZ QORALAB

Men nima yozyapman, bilmay boraman,

Shunchaki yurgandek kogʻoz qoralab.

Nimadan ne maʼni koʻzlaydi koʻzim,

Daftarga nimani soʻzlaydi soʻzim?

 

Tartibga tayanmas topgan qalamim,

Boladan farqi yoʻq borim, hali ham.

Bogʻlardan zavq tuyib olaman hordiq,

Shoxlarni oʻynayman bagʻrimga tortib.

 

Misralar toʻkilib daftarga tushar,

Xayolim qoʻl yetmas qofiyalar quchar.

Tengdoshlar kularlar sheʼrimdan rosa,

Soʻng qoʻshib qoʻyarlar: "Qoyilmiz, yasha!"

 

Menga shul kerakdir, boshqa gap emas,

Oʻzga soʻz bekordir, aslo naf emas.

Qaddim dol boʻlgani aslo choʻt emas,

Qalbim togʻ, ibrati yoshlarga - havas...

Jumaboy HIDOYaTOV, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

 

Adabiyot...

Adabiyot, maddoh qul emas,

Sadoqatli voris boʻlaman.

Sahrolaring kezgancha bir kun,

Yuragingda mangu qolaman.

 

Hayot imkon abadiyatning,

Bu ochunning afsunlari koʻp.

Sinovlari, soʻrogʻi mushkul,

Yaxshi-yomon fusunlari koʻp.

 

Asrab oʻtgin umr dovonida,

Tuygʻularim nuri soʻnmasin.

Yuragimga berma halovat,

Begʻamlikka dunyo koʻnmasin.

 

Adabiyot, maddoh qul emas,

Sadoqatli voris boʻlaman...

 

Shahzod Anvar oʻgʻli,

Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

 

Tinchlik

Bu koʻngil baxtdan sarmast,

Tinch va farovon hayot.

Qalblarda havas, hayrat -

Istiqlolim bergan baxt.

 

Quyosh zarrin nur sochar,

Yurtimning har yogʻiga.

Qishloqlar chiroy ochar,

Shukur, tinchlik chogʻiga.

 

Shukronalik yaxshidir,

Tinchlik noni totlidir.

Oʻgʻil-qizlar shod-quvnoq,

Xalqimiz mangu inoq.

Maftuna TOʻLIBOYeVA.

 

MANGʻITIM

Eng goʻzal gullardan bogʻ boʻlgan oʻlka,

Qushlari xas-choʻpdan in qurgan oʻlka.

Tengsiz taʼriflarga teng boʻlgan oʻlka,

Bu – mening oʻlkamdir, mening Mangʻitim.

 

Tarixi boy, cheksiz, ummon boʻlgan xalq,

Farzandlari dunyoga doston boʻlgan xalq.

Iffati-gʻururi osmon boʻlgan xalq,

Bu mening xalqimdir, mening Mangʻitim.

 

Tinchligi tillarda qoʻshiq boʻlgan yurt,

Baxtiga oʻzgalar oshiq boʻlgan yurt.

Urush, janjallarga toʻsiq boʻlgan yurt,

Bu mening yurtimdir, mening Mangʻitim.

Mohinur NORBOYeVA.

 

DOʻSTLARIMGA

Tilagim, orzuing amalga oshsin,

Armon dunyosidan mudom yiroq boʻl.

Shunday baxtli etsin seni xudoyim,

Doʻstim, ishonchlarim aro mangu qol.

 

Yillar oʻtib sochingga oq tushsa ham,

Oʻrtada sadoqat aslo soʻnmasin.

Vatanda ardoqli aziz inson boʻl,

Doʻstlaring sendan hech qoʻlin uzmasin.

 

Madina, Dildora, Guli – doʻstlarim,

Ilmda, hayotda boʻlingiz ilgʻor.

Qalb toʻrida asrab mehr gavharin,

Doʻstlikni asrangiz, asrangiz ming bor.

Gulruh EShIMMATOVA.

 

ONA TILIM

Ona tilim jonimdir,

Oʻzing tanda qonimdir.

Sheʼrimda shirin ohang,

Berar dillarga jarang.

 

Onam koʻp alla aytar,

Dadam suyib erkalar.

Bobom, buvim aytgan soʻz,

Hayotdagi hikmatlar.

 

Koʻngillarga xush yoqar,

Madhiyamda baxt balqar.

Oʻzbekona soʻzimga,

Dunyo havas-la boqar.

 

Yorqinoy KENJABOYeVA.

 

JONIM SENGA FIDO, OʻZBEKISTONIM

Goʻzallikda tengi yoʻq koshonam oʻzing,

Quvonch-u shodlikka boy toʻyxonam oʻzing.

Samolarni quchmish yorugʻ yulduzing,

Bu olamni quyoshdek yoritar yuzing.

Goʻzal va betakrorim, muqaddas Vatan,

Jonim senga fido, hur Oʻzbekiston!

 

Yuksaklarda yangramoqda Vatan madhi,

Oʻgʻlonlaring qasam bilan aytgan ahdi.

Har goʻshada bunyoddir Istiqlol taxti,

Bundan ortiq boʻlgaymi oʻzbekning baxti.

Goʻzal va betakrorim, muqaddas Vatan,

Jonim senga fido, hur Oʻzbekiston!

 

Bu muqaddas zamin ichra ozod elsan,

Dunyo uzra porlab turgan ajib dursan.

Taraqqiyot yoʻlida eng baland oʻzing,

Ey Vatanim, hech soʻnmasin ERK yulduzing.

Goʻzal va betakrorim, muqaddas Vatan,

Jonim senga fido, hur Oʻzbekiston!

 

Dildora RAJABOVA.

 

Onamga

Hayotingning mazmuni kim, desalar,

Yuragimga aziz zotni soʻrsalar,

Onam derman, avvalo, soʻz boshinda,

Qaygʻuim yoʻq, chunki onam qoshimda.

 

Ne savdolar boʻlmas hayot, ochunda,

Koʻrgiliklar solsa gʻanim boshimga,

Gʻanimlarim oyogʻimdan chalganda,

Qaygʻuim yoʻq, chunki onam qoshimda.

 

Koʻnglim ezib, parchalashsin, tilishsin,

Mayli, gʻiybat qilsin, mayli kulishsin,

Meni hech kim yengolmaydi, bilishsin,

Qaygʻuim yoʻq, chunki onam qoshimda.

 

Siz durlarning durdonasi, onajon,

Tenglasholmas aslo sizga bu jahon.

Kechiring, gar xato qilsam men nodon,

Baxtimizga doim boʻling sogʻ-omon.

 

Siz borsizki, sinmas hech bardoshim-da,

Qaygʻuim yoʻq, chunki siz bor qoshimda.

 

Kumush JUMANOVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019