17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 08:21
Jamiyat 👁 2,151

Poraxoʻrlikka qarshi kurashishda qonunni qoʻllash amaliyoti

Poraxoʻrlikka qarshi kurashishda qonunni qoʻllash amaliyoti

Mamlakatimizda jamiyatni yangilash va demokratlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarni rivojlantirish borasidagi islohotlar jarayoni izchil davom etmoqda.

Zimmalariga jamiyatda qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish yuklangan shaxslarning amaldagi qonunlarga qatʼiy rioya etishlari talab qilinadi. Ularning oʻz shaxsiy manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qoʻyishi mutlaqo murosa qilib boʻlmaydigan holdir.

Muhtaram Birinchi Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda: «...Korruptsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urugʻaymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qoʻyadi. Bu esa mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yoʻliga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib boʻlmaydigan zarar yetkazadi».

Korruptsiya bilan bogʻliq jinoyatlar orasida poraxoʻrlik eng ijtimoiy xavflisi hisoblanadi.

Taʼkidlash joizki, korruptsiya hozir dunyodagi deyarli barcha davlatlarda taraqqiyot yoʻliga gʻov boʻlayotgan illatdir. 1997-yilning dekabr oyida oʻn uchta davlat imzolagan «Xalqaro operatsiyalarda xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarini haq evaziga ogʻdirib olishga qarshi kurash haqida»gi Konventsiya boʻyicha bunday munosabatlarda pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyat ekanligi taʼkidlangani ham korruptsiyaning transmilliy xarakteridan darak beradi. 2014-yil 14-maydagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonuni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211- (pora berish) va 212- (pora olish-berishda vositachilik qilish) moddalariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bu toifadagi jinoyatlarga qarshi kurashga qaratilgan ishlarning natijasini oshirishga yordam beradi.

Endilikda pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari uchun belgilangan jazolar pora olish jinoyatining jazosi bilan tenglashtirildi. Oddiy qilib aytganda, mansabdor shaxsga pora bergan yoki pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs pora olgan mansabdor shaxs bilan teng jinoiy jazoga tortiladi.

Subʼektiv tomondan pora olish toʻgʻri qasd bilan sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subʼekti 18 yoshga toʻlgan mansabdor shaxs boʻlishi mumkin. Amaldagi qonunchilikda «mansabdor shaxs» deganda tashkiliy boshqaruv yoki maʼmuriy xoʻjalik vakolatlari berilgan shaxslar tushuniladi.

Poraxoʻrlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrayotganda sudlar ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlashga va ularni xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli tashkilotlarning rahbarlaridan bartaraf qilishni talab qilishga majburdirlar, bu oʻrinda san-salorlik, byurokratlik, oshna-ogʻaynigarchilik, mansabdor shaxslar tomonidan oʻz huquqlarini boshqa shaxslarga nazoratsiz berib qoʻyish hollariga alohida eʼtibor qaratish lozim.

Bu illatga qarshi kurashishda asosiy mezonlarning yana biri – bu jamoatchilik fikrlarining kuchi boʻlib hisoblanadi. Shu sababli, jamiyatda bunday illatning har qanday koʻrinishiga qarshi kurash muhitini yuzaga keltirish zarur. Bu yerda oila, mahalla, maktab, mehnat jamoasi kabi tarbiya oʻchoqlarini va ommaviy axborot vositalarining keng imkoniyatlarini ishga solish maqsadga muvofiq boʻladi.

Inomjon QALNIYaZOV, 

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchisi.

(Foto - http://xushnudbek.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026