16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:58
👁 7,138

Odam savdosi – asr muammosi

Odam savdosi – asr muammosi

Jahon tsivilizatsiyasi tezkor rivojlanishi natijasida mamlakatlararo migratsiya jarayonlari birmuncha faollashdi, fuqarolarning mehnat qilish, taʼlim olish, turizm va shu kabi turli maqsadlarda boshqa davlatlarga chiqishi, shuningdek, turli sohalarda erkin faoliyat olib borishi uchun imkoniyatlar yanada kengaydi.

Buning natijasida ijobiy oʻzgarishlar bilan bir qatorda, afsuski, ayrim transmilliy jinoyatlarning soni koʻpayib borayotganligi ham sir emas. Ona tilimizga, milliyligimizga mutlaqo yot boʻlgan "odam savdosi”, deb atalmish ana shunday transmilliy jinoyat yurtimizni ham chetlab oʻtmadi. Hozirgi vaqtda koʻpgina yoshlar, ayollar, voyaga yetmagan qizlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda.

Odam savdosiga qarshi kurashishda aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida ushbu illatning xavfli oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarni mavjud holatdan ogoh etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tuman hokimligi huzuridagi Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Idoralararo tuman  komissiyasi odam savdosi jinoyatining oldini olish bilan bir qatorda odam savdosidan jabr koʻrgan fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatish, fuqarolarning bandligini taʼminlash ishlarini olib boradi.

Komissiyaning tahliliga koʻra, oʻtgan davr mobaynida odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarning aksariyati tumanning Mangʻit shahri, Toʻlqin, Doʻrman, Qilichboy ovullari hududlarida sodir qilinganligiga eʼtibor qaratilib, ushbu hududlarda odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan banner-stendlar oʻrnatildi va 12 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari odam savdosiga qarshi kurashishga aholi eʼtiborini qaratish maqsadida koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlandi.

2013-yil 1-may holatiga Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Idoralararo tuman komissiyasi tuzilganidan beri 5090 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga borib kelgan. Ularning barchasi  tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, flyurografiyaga tushirildi, OITS va RV analizlari 100 foiz tekshirildi, 449 nafar fuqaroda kasallik aniqlanib,  ularning barchasiga ambulator va statsionar sharoitda tibbiy yordam  koʻrsatildi.

94 nafar fuqaro jabrlanuvchi deb topilgan. Shulardan 1 nafari sil, 1 nafari OITS kasalligiga chalingani aniqlangan.

Tumanda jami chet elga chiqib ketgan 5285 nafar fuqarodan 1189 nafari ayollardir. Chet eldan qaytib kelgan 5090 nafar fuqaroning esa 1062 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Xorijiy davlatlarga chiqib, qaytib kelgan fuqaroning monitoringini yuritish, shuningdek, OIV va jinsiy yoʻl bilan yuqadigan turli kasalliklarning oldini olish borasida tuman tibbiyot birlashmasi qoshida "OIV-OITS va giyohvandlik”, "Jinsiy aloqa yoʻli bilan yuqadigan infektsiyalar” haqida bepul maslahatlar beruvchi "IShONCh XONASI” tashkil etilgan va chet davlatlardan qaytib kelgan har bir fuqaroning tibbiy koʻrikdan oʻtishi va bepul maslahatlar olishiga amaliy yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.

 Mansur MATYuSUPOV,

tuman hokimligi huquqshunosi,

hokimlik huzuridagi odam savdosiga qarshi kurashish komissiyasi kotibi.

(Foto - http://www.12news.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019