16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:42
Adabiyot 👁 7,191

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Shukur qil!

Shu vatan deb jonin tikkanlar uchun,

Sibir, Magadanda yotganlar uchun.

Duo qiling, shahid oʻtganlar uchun,

Bu yorugʻ kunlarni kutganlar qancha,

Istiqlol koʻrmayin ketganlar qancha?

 

Musofir yurtlarda qolib ketganlar,

"Millatchi” nomini olib ketganlar.

Nomusin yurakka solib ketganlar,

Bu yorugʻ kunlarni kutganlar qancha,

Istiqlol koʻrmayin ketganlar qancha?

 

Shukur qil Allohga, erking oʻzingda,

Ozodlik quyoshi balqir yuzingda.

Kelajak bayrogʻi oʻgʻil-qizingda,

Bu yorugʻ kunlarni kutganlar qancha,

Istiqlol koʻrmayin ketganlar qancha?

 

Obod boʻldi hoki avliyolaring,

Yurtga qaytdi Temurdek bobolaring,

Berdaq, Ajiniyoz purziyolaring,

Bu yorugʻ kunlarni kutganlar qancha,

Istiqlol koʻrmayin ketganlar qancha?

 

Malomat toshlarin otgan kimsalar,

Koʻrolmay baxtingni, tuhmat qilsalar.

Oqibat chidolmay kuyib oʻlsalar,

Shukur qil, istiqlol yoʻllari uchun,

Istiqlolning yorugʻ kunlari uchun!

Oʻktam Rajab oʻgʻli.

 

Kim edigu, kim boʻldik

Oʻz yerimizda hatto yashadik qoʻrqib,

Oʻzbaki soʻz aytmoq ayb boʻldi baʼzan.

Bir soʻm ziyod topsak, yashirib, hurkib,

Vatanim, deyolmay yashadik, Vatan!

 

Shukur, bugun turib katta minbardan,

Oʻzbegim dunyoga oʻz soʻzin aytar.

Ozod boʻlib zulm zanjirlaridan,

Istiqlolning ulugʻ tarixin bitar.

Nodira YaNGIBOYeVA.

 

Oʻzbekistonim

Ey goʻzal Vatanim – Oʻzbekistonim,

Men seni sevaman, joʻshib tugʻyonim.

Dunyoda betakror bogʻ-u boʻstonim,

Istiqloli kulgan Oʻzbekistonim!

 

Seningdek tinch oʻlka yoʻqdir dunyoda,

Men ham bittadurman, sen ham yagona.

Ozod xalqing magʻrur, shod-u baxtiyor,

Sening nomingga men bitaman ashʼor.

 

Mustaqil Vatanim, gulgun diyorim,

"Tinchlik mangu boʻlsin!” shudir shiorim.

Senga sheʼrlar bitay, qoʻlda qalamim,

Dunyoda yagona mening Vatanim.

Aziza OʻROZBOYeVA,

32-sonli maktab oʻquvchisi.

 

TINChLIK QADRI

Dunyodagi eng bebaho,

Eng ulugʻ boyligimiz –

Bu albatta tinchlikdir,

Shudir bizning murodimiz.

 

Tinchlik - bebaho boylik,

Degan bobolarimiz.

Tinchlik boʻlmasa jahonda,

Zoʻravonlik har yonda.

 

Shu tufayli doʻstlarim,

Tinchlik qadrini biling.

Sotiladigan narsamas,

Har joyda boʻlsa puling.

 

Tinch yurtda, ozod joyda,

Yashaganga ne yetsin?

Notinch elning oʻzidan,

Alloh bizni asrasin.

Gulchiroy YOʻLDOShEVA,

8-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi.

 

Vatanimga koʻz tegmasin

Oʻtmish hikoyalarin unutmaylik hech,

Axir u tariximiz, oʻtgan kunimiz.

Urush yillarida qurbon boʻlganlar,

Ulugʻ ajdodimiz, bobolarimiz.

Biz oʻtmishni hech qachon unutmaymiz

Va kelajak yoʻlini ravon etgaymiz.

 

Ming shukur, eng ulugʻ vatanimiz bor,

Bayrogʻu ramzimiz, madhiyamiz bor.

Samolarni quchar ezgu niyatlar,

Qoʻllagay bayroqda aks etgan yoʻllar.

Kundan-kunga yorishar yanada kunlar,

Tunni yorugʻ aylar oy va yulduzlar.

 

Vatan, tinchligingga hech koʻz tegmasin,

Seni yomon koʻzdan xudo asrasin.

Har bitta farzanding tomirlarida,

Vatanga muhabbat oʻti chaqnasin.

Pok qalblar poyingda taʼzimda mangu,

Yorishib turibdi kelajak tongi!

 

Oʻzbekiston, seni asrab-avaylab,

Bayrogʻingni koʻklarga koʻtaramiz.

Buyuk zotlar turar bizni quvvatlab,

Vatan, sarhadingda sobit turamiz.

Oʻtmishingni hech qachon unutmaymiz

Va kelajak yoʻlin ravon etgaymiz!

Dildora Rajabova,

Amudaryo qishloq xoʻjalik

kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

YuLDUZMAN MEN

Yorugʻ yulduz boʻlsam men,

Dunyolarni kezardim.

Qulochimni yozib keng,

Samolarda suzardim.

 

Yulduzlar orasida,

Qilardim baland parvoz.

Tinchlik, deya jahonga,

Orzumdan berib ovoz.

Sevara YaNGIBOYeVA.

 

METIN QALQONIM

Mustaqillik gashtin surib,

Yashayapmiz hur, ozod elda.

Kafolatlar tinchligimiz

Adolatli Konstitutsiya.

 

Mard oʻgʻlonlar yurtidir bu,

Obod elim – Oʻzbekiston.

Kelajakka kafil mangu

Qonunimdir Konstitutsiya.

 

Hayotimiz mustahkamdir,

Tinchligimiz abadiydir.

Huquqimiz bari jamdir

Saxovatli Konstitutsiya.

 

Bosh kitobim - Qomusim,

Mening or-u nomusim.

Har satrida jamlangan,

Sinmas metin qalqonim!

 

Ona xalqim, buyuksan,

Koʻz tegmasin baxtingga.

Qomusing-la suyuksan,

Munosibsan taxtingga.

Mahliyo RAHIMBOYeVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

 

QOMUSIM

Dunyodagi eng buyuk,

Tinchlik ramzidir suyuk.

Kafolatli baxt-iqbol

Sendadir Bosh Qomusim.

 

Boyliklari mislsiz,

Daxlsiz tosh-togʻlari.

Sen borsan, shak-shubhasiz,

Yashnar yurtim bogʻlari.

 

Qalbim toʻla hayajon,

Yurtim tinch va farovon.

Yoʻlim doim charogʻon,

Tinchlik ila el omon.

Manzura EShIMOVA.

 

Konstitutsiya

Konstitutsiya – baxtim,

Qonunlari chin taxtim.

Har bandini yodlayman,

Esimdan chiqarmayman.

 

Kelajagim yozilgan,

Hamda kafolatlangan.

Dilimda takrorlayman,

Yuragimda saqlayman.

 

U hayotim Nizomi

Va istiqlol qoʻrgʻoni.

Tilimni burro qilgan,

Ham qadrim ulugʻlagan.

 

Or-nomusim – erkimdir,

Jahon aro koʻrkimdir.

Sinmas metin bardoshim,

Porlab turgan Quyoshim!

Mashhura ABDULLAYeVA.

 

KELAJAK BUNYoDKORIMIZ

Bugungi biz – oʻzbek bolasi,

Hech kimdan yoʻq kamlik joyimiz.

Qirlarida yongan lolasi,

Toʻlib-toshib oqar soyimiz.

 

Bugun baland qaddimiz koʻring,

Biz yoshlarning koʻring shahdimiz.

Kelajakning bunyodkorlari,

Tinch boʻlsin Yurt! Shudir ahdimiz.

 

Bizlar jasur, barkamol avlod,

Yurtni qilib koʻrkam va obod.

Egallab fan choʻqqilarini,

El-u xalqni aylagaymiz shod.

Iroda Yerdosheva.

 

INSON

Hayot qiziq, insonlar turfa,

Dunyo katta bir jumboq asli.

Birlari shod, birlari xafa,

Shoshib yashar odamzot nasli.

 

Yer yuzida turfa odam bor,

Lek haqiqiy insonmas bari.

Biri xoin, biri dilozor,

Ketib borar jaholat sari.

 

Insoniylik – ulugʻlarga xos,

Unga yetmoq juda ham dushvor.

Ezgulikka bor boʻlsa ixlos,

Oʻsha dilda imon ustuvor.

 Sabohat YeRDOShEVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

 

TENGDOShLARIMGA

Yaratilgan zoʻr imkoniyat,

Istiqbolning yoʻllari ochiq.

Bizga kulib boqdi hurriyat,

Istiqlolni ayladi tortiq.

 

Oʻzbekiston kelajagi – biz!

Sevar edi ulugʻ Yurtboshi.

Bu ishonchga mangu sodiqmiz,

Yoʻlimizda hurlik quyoshi.

 

Chorlayman men, oʻzim singari,

Tengdoshlarni hayot bogʻiga.

Ilm-irfon choʻqqisi sari,

Dadil qadamlarni qoʻygali.

Gʻiyos Yovmutboyev, Amudaryo

qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

buvijon

Kecha edingiz yonimda,

Bugun esa yodimda.

Hayot ilmin oʻrgatgan,

Buvijonim, buvijon.

Nahot endi siz yoʻqsiz,

Qizim, deya suymaysiz?

Yashadingiz dunyoda

Yaxshiligi ziyoda.

Hammalarga mehribon

Yashab oʻtgan buvijon...

Dilnoza MURODOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026