17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Iqtisodiyot 👁 5,550

“SOGʻLOM ONA VA BOLA YILI” TUMAN HUDUDIY DASTURI IJROSI RAQAMLARDA

“SOGʻLOM ONA VA BOLA YILI” TUMAN  HUDUDIY DASTURI IJROSI RAQAMLARDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi "Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2487-sonli Qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori qabul qilinib, ushbu qarorga muvofiq tuman hududiy dasturi ishlab chiqildi. Quyida mazkur qaror ijrosi doirasida tumanimizda 2016-yilda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilamiz.

TIBBIYoT

Dastur doirasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini koʻpaytirishni taʼminlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish masalasiga alohida eʼtibor berildi.

Ayollarda uchraydigan koʻkrak bezi oʻsma kasalliklarining oldini olish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchi 1174 nafar fertil yoshidagi ayollar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, ulardan 14 nafari Respublika onkologiya dispanserida mammografiya tekshiruvi va mammolog koʻrigiga yuborilgan, 57 nafarida mastopatiya kasalligi aniqlangan.

Yil davomida tumanda 3180 nafar nikohga kiruvchi shaxslar ixtiyoriy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Tibbiy koʻrikdan oʻtish davrida nikohga kiruvchi bir nafar shaxsda sil kasalligi, 8 kishida  ruhiy kasallik, 42 kishida somatik kasalliklar va bir nafar shaxsda surunkali ichkilikbozlik dardi borligi aniqlandi.

Barvaqt nikohlarning oldini olish, yaqin qarindoshlarning nikohga kirishlarining oqibatlarini tushuntirish boʻyicha manzilli ishlar olib borildi. Nikohga kiruvchi shaxslar ishtirokida 1300 ta suhbatlar oʻtkazilib, ularda 170 ta bukletlar tarqatildi.

Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini birinchi darajasida 2446 nafar homilador ayollar  barvaqt perinatal ultratovush skriningidan oʻtkazildi. Akusher-ginekologlar va pediatrlar malakasini muntazam ravishda oshirib borishga alohida eʼtibor berilmoqda. Yil davomida 3 nafar akusher-ginekolog va pediatrlarning malakasi oshirildi.

Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollarning sogʻligʻini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaxshilanishini taʼminlash yuzasidan ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan tumanda aholi 31 mln. 700 ming soʻmlik boyitilgan un va yodlangan tuz bilan taʼminlandi.

Yil davomida 2862 nafar homilador ayollar hisobga olingan boʻlib, ulardan 2446 nafari tarkibida foliy kislotasi mavjud boʻlgan umumiy sogʻlomlashtiruvchi polivitaminlarning maxsus toʻplamlari bilan taʼminlandi.

Tumanda 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan jami 17402 nafar bolalarni A vitamini saplementatsiyasi bilan taʼminlash amalga oshirildi.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Toʻgʻri ovqatlanish darslari” taʼlimiy dasturi yaratilib, tumandagi bir qator maktablarda oʻquvchilar ishtirokida tajriba sinov tarzida joriy etildi.

Oʻrta maxsus kasb hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari orasida "Xavfsizlik yoʻnalishi” dasturi boʻyicha OIV va OITSning, narkomaniyaning, jinsiy yoʻl bilan yuquvchi infektsiyalarning oldini olish, reproduktiv salomatlik mavzusida seminarlar oʻtkazildi.

Tumanning olis va chekka qishloq joylarida yashayotgan jami 1408 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, shundan 474 nafari tugʻish yoshidagi ayollardir.

TAʼLIM

Sogʻlom bolani voyaga yetkazishda taʼlim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini yanada rivojlantirish, boshlangʻich taʼlimning yuqori sifatini taʼminlab, ilgʻor pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

2016-2018-yillar mobaynida umumtaʼlim maktablarining kutubxona fondini lotin grafikasi asosida yaratilgan oʻzbek va chet el yozuvchilarining badiiy asarlari, entsiklopediyalar va oʻrganish kitoblari bilan toʻldirish boʻyicha tegishli ilojlar koʻrilmoqda.

Amaldagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fanlar olimpiadalari (bilimlar bellashuvi) oʻtkazish tizimini puxta tahlil qilish asosida ularni oʻtkazishning qatʼiyan yangi tartibini ishlab chiqish, bunda natijalarni baholash mezonlariga alohida eʼtibor berish belgilandi.

Maktabgacha taʼlim muassasalari qoshida tashkil etilgan "Zumradoylar davrasi” toʻgaraklarida, taʼlim muassasalari va mahallalarda tashkil etilgan "Orasta qizlar” toʻgaraklarida mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan metodik qoʻllanmalar tarqatildi.

SPORT

Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, yangi sport obʼektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan taʼminlash ishlariga alohida eʼtibor berildi.

2004-2014-yillarda foydalanishga topshirilgan bolalar sport maktablari va obʼektlari birlashtirilib, uni qoʻshimcha ravishda jihozlashga, zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan taʼminlashga erishildi.

Har bir ovul va mahallalarda bolalarni, ayniqsa qiz bolalarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etishni davom ettirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Sport bilan muntazam shugʻullanuvchi qizlar "Prezident sovgʻasi” sifatida sport kiyim-boshi komplektlari bilan bepul taʼminlandi.

Uy bekalari va qizlar oʻrtasida "Gimnastika barcha uchun” sport musobaqalarining tuman bosqichi oʻtkazildi. Qizlar oʻrtasida "Jismoniy barkamollik – goʻzallik ramzidir” shiori ostida badiiy gimnastika boʻyicha va "Bahor malikalari” shiori ostida yengil atletika boʻyicha tuman musobaqalari oʻtkazildi.

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Quvnoq startlar” sport musobaqalari tashkil etilib, muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

BANDLIK

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga jalb etish maqsadida tumandagi barcha kasb-hunar kollejlari oʻquvchi yoshlari oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazilib, ularda barcha tegishli korxona, tashkilotlardan xodimlar ishtirok etishdi. Ushbu mavzuda yoshlarga koʻmaklashish maqsadida 2016-yil 29-mart kuni tuman hokimligida "Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash samaradorligini oshirish maqsadida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchi oʻquvchilari bilan kasb tanlash mavzusida uchrashuvlar  oʻtkazilib, ularni ishga joylashtirish maqsadida barcha tegishli choralar koʻrildi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish maqsadida ularning biznes-loyihalari asosida imtiyozli kreditlar ajratishning ilojlari koʻrilmoqda, 130 dan ortiq bitiruvchilar hujjatlarini banklarga taqdim qilishgan va 56 tasiga kredit ajratilgan.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarida tadbirkorlik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida ular orasida muomalani va bilimlarni ayirboshlashni tashkil etish uchun Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji bazasida "Biznes-klub” tashkil etildi.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining oʻz biznesini tashkil etishiga koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan "Mening biznes gʻoyam” va "Yosh tadbirkor – mamlakat tayanchi” tanlovlarining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Yosh oilalarga, tadbirkor ayollarga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kollejlarning bitiruvchilariga kreditlar ajratish davom etmoqda. Oilaviy biznes va hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash borasida ham tegishli ilojlar olib borilmoqda.

IJTIMOIY INFRATUZILMA

Olis va chekka qishloqlarda yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obʼektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan taʼminlash, xizmatlar koʻrsatish va servis darajasini yuksaltirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan tumanning olis qishloq joylarida banklarning imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish hamda yer maydonlari taqdim etish orqali "Goʻzallik saloni”, modalar atelesi, elektromaishiy texnikalar va poyabzal taʼmirlashni oʻz ichiga qamrab olgan 1 ta namunaviy maishiy xizmat kompleksini tashkil etish boʻyicha tegishli ilojlar koʻrildi.

Tumanning chekka qishloq joylarida yashovchi kam taʼminlangan oilalarning 14  nafar ayoliga 12,8 mln. soʻmlik elektr-maishiy texnika tovarlari bepul berildi.

QURILISh

Tumanda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha 3 ta massivda 90 ta uy-joylar kurilishi yakunlanish arafasida. Bu namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni 3,2 km. elektr tarmoqlari qurish orqali elektr energiyasi bilan, 1,8 km. tabiiy gaz taʼminoti tarmoqlarini qurish orqali tabiiy gaz bilan taʼminlash rejalashtirilgan.

Amudaryo agrobeznes kasb-hunar kollejini mukammal taʼmirlash, oʻquvchilar ishlab chiqarish ustaxonasini jihozlash uchun zarur ishlab chiqarish asbob-uskunalari va boshqa asbob-anjomlar xarid qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu ishlarga jami 824,8 mln. soʻm ajratildi.

Tumanimizda "Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturi ijrosini taʼminlash uchun 41 mlrd. 759 mln. 300 ming soʻm va 233 ming AQSh dollaridan oshiqroq mablagʻ sarflandi.

 

Maʼmurjon TEMIRBOYeV,

tuman hokimining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019