16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:21
Sport 👁 2,588

YuTUQLAR SALMOQLI, REJALAR YaNA HAM YuKSAK

YuTUQLAR SALMOQLI, REJALAR YaNA HAM YuKSAK

Yakunlangan 2016-yil Mangʻit shahridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ustoz-murabbiylari, tarbiyalanuvchilari uchun muvaffaqiyatlarga boy yil boʻldi. Sportning 16 turi bilan muntazam shugʻullanayotgan 1700 nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar bilan 45 nafar ustoz-murabbiylarning mashgʻulotlarni qatʼiy intizom asosida va qunt bilan olib borayotganligi oʻz samarasini bermoqda. Bunda oʻsib kelayotgan yosh-avlodning jismoniy va maʼnaviy barkamol insonlar boʻlib yetishishiga davlatimizning koʻrsatayotgan cheksiz gʻamxoʻrligi muhim asos boʻlayotir.

Yakunlangan yilning oxirgi oylariga nazar solsak, 18 noyabrda Toshkent viloyatining Chinoz shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda sport maktabimiz tarbiyalanuvchisi Muhiddin Qozoqboyev dzyu-do kurashi boʻyicha 81 kilogrammgacha boʻlgan vazndagi polvonlar orasida birinchi oʻrinni, 21-noyabrda Namangan shahrida boʻlib oʻtgan turnirda esa faxrli uchinchi oʻrinni egalladi. 24 dekabrda Nukus shahrida "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati birinchiligi uchun oʻtkazilgan dzyu-do bellashuvida 32 kg. vaznda Komron Endirboyev birinchi, 46 kg. vaznda Odilbek Bozorboyev birinchi, kurash boʻyicha Muhiddin Rajabov 60 kg. vaznda birinchi oʻrinni egalladilar.

19-dekabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan karate-do boʻyicha "Qorbobo kubogi” xalqaro turnirida Quvonchbek Safarboyev va Qunduzoy Jalilovalar oʻz vazn toifalarida birinchi oʻrinlarni yengib oldilar.

Eng ommaviy sport turlaridan boʻlgan shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston chempionatida SaidbekQadamboyev, Ogʻabek Toʻrayev, Sevinch Safarboyeva, Sadoqat Rahimovalar gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, taekvando WTF boʻyicha "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati birinchiligida Kumush Norimbetova ikkinchi, ogʻir atletika boʻyicha Otabek Rajabov, Baxtiyor Murodovlar uchinchi oʻrinlarni egalladilar.

Shuningdek, yosh futbolchilarimiz Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bolalar ligasi sport musobaqasida ikkinchi, basketbolchilar jamoasi birinchi oʻrinni zabt etganlari yakunlangan yilning eng esda qolarli voqealaridan biri boʻldi.

2016-yilning 11-noyabrida boks boʻyicha boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi kubogida Ogʻabek Davlatboyev birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, 29-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati birinchiligida Gʻiyos Otajonov oʻz vazn toifasida gʻolib boʻldi.

Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodov 2016-yilda kurash boʻyicha xalqaro turnir va Oʻzbekiston miqyosida oʻtkazilgan musobaqalarda faol hakamlik, yoshlarga namunali ustozlik qilgani uchun "Yilning eng yaxshi hakami” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻldi.

Sport maktab oʻqituvchi-murabbiylari joriy yilda yosh sportchilarning gʻalabalarini yanada koʻpaytirish, sportning ommaviyligiga erishish niyatida mashgʻulotlarni qunt bilan olib borishmoqda.

Maxsud KENJAYeV,

Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026