16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:15
Adabiyot 👁 5,014

“Eng yaxshi insho” tanloviga

“Eng yaxshi insho” tanloviga

KONSTITUTsIYa MENING TAQDIRIMDA

Oʻzbek xalqining azaliy orzularidan biri boʻlgan mustaqillikka erishilgach, 1992-yil 8-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi inson manfaatlarini mustahkamlash va taraqqiyot sari muhim qadam boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Konstitutsiya bizning bosh qomusimizdir. Ushbu kitob insonning huquq va erkinliklarini mustahkamlash bilan birga ularning zimmasiga burch va maʼsuliyat yuklaydi. Biz hayotimizda duch keladigan koʻplab masalalarga ushbu kitobdan javob topamiz.

Konstitutsiyamizning 18-moddasida: "Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar qonun oldida tengdirlar” deyiladi.

Bundan koʻrinib turibdiki, har bir fuqaroning huquqi va qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinadi.

40-moddasida "Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” ekanligi, 41-moddasida esa bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi koʻrsatilgan. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan eʼtibor qanchalik kuchli ekanligini ushbu moddalardan bilib olishimiz mumkin.

Mustaqil Oʻzbekiston uchun muqaddas boʻlgan davlat razmlari Konstitutsiyaning 5-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan. Bular  madhiya, gerb va bayroqdir.

Bizning Konstitutsiyamiz haqida xorijliklar ham oʻz baholarini berganlar. Masalan, frantsiyalik professor O.Shmidt Oʻzbekiston va Frantsiya Respublikalari Konstitutsiyalarini qiyoslab, shunday degan edi: "Oʻzbekiston Konstitutsiyasi mutlaqo mustaqil va aynan xalqingiz va jamiyatingiz talablariga hamda anʼanalariga javob beradi. Konstitutsiyangiz davlat hamda fuqarolik jamiyati Konstitutsiyasi hisoblanadi. Chunki u ana shu ikki muhim huquqiy sohani tartibga soladi”.

Qadimda yashab oʻtgan ajdodlarimiz ham qonun bilan ish koʻrilsa, davlat oʻz qudratini yoʻqotmasligini aytgan. Buyuk sarkarda Amir Temur shunday fikrni bildirgan:

"Davlat agar qonun asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yoʻqoladi. Bunday saltanat kas-u nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi – toʻsigʻi yoʻq uyga oʻxshaydi”.

Shunday ekan, Konstitutsiya olgʻa intilishimizga kuch baxshida etuvchi huquqiy hujjatdir. Unga rioya qilish esa har bir  fuqaroning burchidir.

Yurtimizda biz yoshlar uchun imkoniyatlar hamisha  ochiqdir. Ayrim mamlakatlarda yoshlarning oʻqish, bilim olish tugul toʻyib ovqat yeyishlariga ham imkoniyatlari yoʻq. Dunyoda toʻyib ovqat yeya olmay, ochlikdan oʻlib ketayotgan bolalar soni qanchadan-qancha. Shu bechora bolalarga rahming keladi. Bizning yurtimizda esa davlatimiz har bir bolaning jismonan ham maʼnan barkamol boʻlib voyaga yetishlari uchun gʻamxoʻrlik qiladi va har bir bola uchun davlat qaygʻuradi.

Shunday jannatmakon, bagʻrikeng yurt farzandlari oʻz yurtiga munosib boʻlishlari shart. Zero, yurtimizning kelajagi biz yoshlarning qoʻlida.

Sevara ISMOILOVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019