17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:32
Siyosat 👁 3,177

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻttiz birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻttiz birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2017-yil 1-aprel kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻttiz birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tumandan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar rahbarlari, tuman Kengashining aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni, dori vositalari taʼminotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tadbiq etishga koʻmaklashish, shuningdek bu sohada nazoratni samarali amalga oshirish boʻyicha komissiyasi aʼzolari, qishloq vrachlik punktlari va dorixonalar mudirlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Shuningdek, sessiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Joldasbay Abdijamilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Dametken Bekboyeva ishtirok etdi.

Sessiya kotibligiga 23-Bobur saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Ravshan Xalmuratov saylandi.

Sessiya kun tartibiga "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining 2017-yil 18-martdagi 196-B-sonli "A.Ya.Yuldashevni Amudaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi farmoyishi haqida”gi va "Tumanda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi masalalar kiritildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017-yil 31 yanvardagi 36-sonli qarori qabul qilinib, tuman hokimligi apparati strukturasiga oʻzgarishlar kiritilib, tasdiqlangan edi.

Shu munosabat bilan, Alisher Yuldashevni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlash yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining farmoyishi qabul qilingan edi. Sessiyada mazkur farmoyish deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala muhokamasida tuman Kengashining aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni, dori vositalari taʼminotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tadbiq etishga koʻmaklashish, shuningdek bu sohada nazoratni samarali amalga oshirish boʻyicha komissiyasi raisi Shirin Yangibayeva tumanda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida  axborot berdi.

Axborotda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish va dori vositalari taʼminotining bugungi holati boʻyicha, shuningdek, mazkur masalalardagi mavjud muammolarni oʻrganish hamda tibbiy xizmat sifatini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrish maqsadida tumanda oʻrganishlar olib borilgani qayd qilinib, oʻrganishlar natijasida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sohasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilganligini va baʼzi kamchiliklar mavjudligini qayd etib oʻtildi.

Sessiyada mazkur Komissiyaning tuman aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatuvchi qishloq vrachlik punktlari tarmogʻini optimallashtirish boʻyicha tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdim qilingan taklif asosidagi xulosasi bayon etildi. Qishloq vrachlik punktlari sonini 19 tadan 12 tagacha qisqartirish, shundan 8 ta qishloq vrachlik punktlari negizida kunduzgi statsionari mavjud boʻlgan qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish, 4 ta qishloq vrachlik punktini shu shaklda saqlab qolish, tashkil etiladigan qishloq oilaviy poliklinikalarining hududlarida aholi uchun arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvini yoʻlga qoʻyadigan "Dori-darmon” aktsiyadorlik jamiyati tizimining dorixonalarini joylashtirish, 2 ta qishloq poliklinikasi va 1 ta qishloq vrachlik punkti negizida yangidan 3 ta tez tibbiy yordam shohobchalari tashkil etish orqali qishloq joylardagi tez tibbiy yordam tarmogʻini kengaytirish, faoliyati tugatilayotgan 6 ta qishloq vrachlik punktlari binolarini qishloq vrachlik punkti va poliklinika shifokorlari uchun xizmat uy-joyi sifatida vaqtincha foydalanishga topshirish hamda qishloq vrachlik punktlarining yuridik shaxs maqomini tugatib,  ularga moliyaviy-buxgalterlik xizmati koʻrsatishni tuman tibbiyot birlashmasi zimmasiga yuklash takliflari deputatlar eʼtiboriga havola qilindi.

Muzokaralarda tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari Xidirbay Tajimov, tuman Kengashining Qonuniylik, huquq tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari doimiy komissiyasi raisi Gʻulomjan Yeshniyozov, "Gulnoz” xususiy dorixonasi rahbari Kuklanbay Kudenov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Joldasbay Abdijamilovlar soʻzga chiqib, kun tartibidagi masala boʻyicha oʻz fikrlarini bayon qildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tayyorlangan tuman Kengashi qarori loyihasi oʻqib eshittirildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026