16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:15
Adabiyot 👁 3,397

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

9 aprel – Amir Temur tavallud topgan kun

Amir Temur

Tarixda koʻp hukmdor

Odil shoh boʻlolmagan.

Lekin sen eding nomdor,

Yoʻlidan hech toymagan.

«Olchoq»lar zor yigʻladi,

Senga bas kelolmadi.

Yurak-bagʻrin dogʻladi,

Aslo jurʼat qilmadi.

Parokanda boʻlgan el,

Tugʻingga birlashdilar.

Toʻsiq hamda tanazzul,

Dovonidan oshdilar.

Bas kelolmay senga yov,

Jahongir nomin olding.

Dushman boʻlsa agar gʻov,

Dahshat-la gʻuluv solding.

Sen qurgan saltanatni,

His qilamiz yurakdan.

Sen oʻylading avlodni,

Olib chiqding zulmatdan.

 

Xudoybergan

JUMAMURODOV,

Panasham qishlogʻi.

Sohibqiron bobom

Sohibqiron Temur bobomga,

Sadoqatda yashaymiz mangu.

Tinchlik, deya butun olamga,

Ifor sochar Vatanim tongi.

 

Jaloliddin Manguberdilar,

Jasorat-la yashab oʻtdilar.

Amir Temur izlari qolgan,

Yurtni ahli dunyo bildilar.

 

Unutmoqlik eng katta gunoh,

Shunday ulugʻ allomalarni.

Har urganda yuraklarimiz,

Yodga olar ul donolarni.

Yetaklaydi ezgulik tomon,

Ajdodlarning tirik ruhlari.

Zarracha yoʻq yurakda armon,

Har dilda baxt-iqbol hislari.

 

Sohibqiron Temur bobomga,

Yodgorliklar qurildi, koʻring.

Amir Temur tuzuklarini,

Tyengdoshlarim, bir oʻqib koʻring.

 

Har satrida ezgulik yoʻli,

Chorlab turar har birimizni.

Tinchlik ila adolat yoʻli,

Yoritdi baxt yoʻllarimizni.

Dildora RAJABOVA.

 

Keksa qalb mavjlari

Qipchogʻim

Daryo boʻyida yashaydi elim,

Ezgulikka boshlar hamisha, har dam.

Yosh-u qari – bari ahil, inogʻim,

Tugʻilgan makonim – goʻzal Qipchogʻim.

 

Daryo ikki yoni toʻrangʻil toʻqay,

Garmsel oʻtolmas, sof havoga boy.

Dillarga zavq berar, soʻlimgina joy,

Tugʻilgan makonim – goʻzal Qipchogʻim.

 

Yetti xazinaning bari shu yerda,

Rizqi-roʻzimiz ham bizning shu yerda.

Hammasin sanashga ojizman tilda,

Tugʻilgan makonim – goʻzal Qipchogʻim.

 

Daryo toshqiniga dosh bera olding,

Bosqinchi yovlardan sen omon qolding.

Oʻtmishing eslab, men oʻylarga toldim,

Tuprogʻi toʻtiyo, qoʻhlik qishlogʻim.

 

Daryoni koʻrgansiz, Jayxun atalmish,

Toʻqayni bilasiz, qadimdan qolmish.

Mashaqqat boʻlsa-da, bularni asrash,

Burchimiz-ku avlodga toʻla yetkazish.

 

Oʻzim bilan olib ketarman endi...

Yuragimga bosib, yozgan xatingni,

Tuni bilan takrorladim otingni.

Senga boʻlgan ishq-u muhabbatimni,

Oʻzim bilan olib ketarman endi.

 

Muhabbat deganing oʻchmas choʻgʻ ekan,

Yoshlikning davroni qaytmas, shoʻx ekan.

Sening bilan boʻlish menga yoʻq ekan,

Armonimni olib ketarman endi.

 

Taqdiri azaldan qochgan qutulmas,

Vijdoning pok boʻlsa, tiling tutilmas.

Muhabbat dardidan Nuriy qutilmas,

Bu dardimni olib ketarman endi.

 

TOʻGʻRI YOʻL IZLAB...

Anjomsiz chiqibman yoʻlga men, shoshib,

Duch kelgan toʻsiqdan oʻtolmay, oshib.

Ortga qaytmasam-da, lekin adashib,

Koʻp mashaqqat chekdim, boʻlib sargardon.

Yoʻl azobin yoʻlda yurganlar bilar,

Yoʻlovchilar koʻpdir, ammo u kimlar?

Ajratolmay doʻstmi yoki gʻanimlar,

Yoʻl topolmay, boʻldim hayron, yoronlar.

Anjomsiz yoʻl yurmak boʻldi dardisar,

Avvalgi xatolar boʻlmasin takror.

Aniq bildim, menga ilm-u irfondir,

Ilmli yoʻlda hech qoqilmas bekor.

Nuraddin RAHIMOV,

Qipchoq qishlogʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019