16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:08
Adabiyot 👁 3,501

OʻZBEKNING JON BOVURI

OʻZBEKNING JON BOVURI

(Ocherk)

Hech qachon, hech bir insonning hayoti bir tekis, ravon kechmaydi. Shu barobarida koʻngildagi orzu bilan hayot haqiqatlari ham aslo bir-biriga mos kelgan emas. Axir inson oʻz koʻnglida nelarni orzu qilmaydi, deysiz? Ayniqsa, bolalikda. Umrining bu

faslida inson har kuni bir "turlanadi”,

har kuni bir moʻʼjiza kutib yashaydi.

Oʻrozali Reyimov ulgʻaygan qishloq, uning nazdida barcha yurtlardan chiroyli edi. Shundoq "Oq oltin” ovulining yonboshida yastanib yotgan Jumurtogʻ ortidan asta bosh koʻtarayotgan quyoshning alvon shafaqlari goʻyo eng avval Oʻrozalining derazasidan moʻralab, xonaning oppoq devorlariga lolarang daraxtlar manzaralarini chizardi. Quyosh togʻ ortidan qishloqni kuzatayotganday, uylar, yoʻllarni bir-bir mayin siypalab, baland  oʻsgan teraklar uchiga zarrin nurlarini sochib yuborardi.

Oilada  toʻngʻich farzand boʻlgan Oʻrozali otasidan, uka-singillari Oʻrozalidan hayot ilmini, xonadon byudjetini barqaror saqlash sirlarini oʻrgandilar. Qozoq millatiga mansub bu xonadonning oʻziga xos tutumlari bor edi. Bu xonadonning aziz mehmonlari – otasining quroldosh doʻstlari, onasining qurdosh-u qarindoshlari, Moʻynoq, Urganch, Xiva tomonlaridan kelguvchi doʻst-u yoronlar suhbatlari, bir-birlarini "aynanayin bovurim-ay!” – deb ardoqlab, bir-birlariga "ogʻay”, "jengey!”, – deb mulozamat koʻrsatishlari Oʻrozalining qalbida  oʻzi tugʻilib-oʻsgan zamin va eldoshlariga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat uygʻotardi. Bunday suhbatlardan u goʻzal taassurotlar olardi, qalbining tub-tubida soʻzamol, hozirjavob ogʻalar, jengeylar tilidan toʻkilayotgan hikmatlarga boy qozoqcha  va oʻzbekcha oʻlanlarga monand goʻzal tashbehlar uygʻonardi. Va yoza boshlardi u. Hayot haqida, bahor va baxt haqida sheʼrlar bitardi Oʻrozali. Yozganlari... Daftarlar toʻla sheʼrlar, koʻngil kechinmalari – esselar, xotira koʻzgusida aks etgan hayot chizgilari birma-bir oq qogʻozga toʻkilardi. Qozoq farzandi qozoqcha soʻzlab, oʻzbekcha ijod etardi. Oʻzbek tilida soʻzlab, qozoq va qoraqalpoq tillarida ravon yozardi.

– Tinmay yozardim, – kulib eslaydi Oʻrozali ogʻa, – yozgan maqolalarim Toshkent shahrida chop etiladigan bolalar nashrlarida, tumanimizning "Amudaryo haqiqati” gazetasi sahifalarida yoritilardi. Oʻsha paytlari, toʻgʻrisi, men jurnalist boʻlaman, deb hech oʻylamaganman. Bolalikning ho-yu havaslari osmonida parvoz qilib, goh uchuvchi, goh Vatan posboni, hatto xayolimda general ham boʻlardim. Shuni aytadilar-da, hayot boshqa, orzu boshqa, deb.

Oʻrozali Reyimov tabiatan hazilkash, aksariyat qozoq millatiga mansub kishilarga xos hozirjavob, har bir fikrini hikmatli iboralar bilan ziynatlab, suhbatdoshiga yetkazadigan shoirona xulq-atvor sohibi. Uning begʻaraz hazillari, hikmatlarga boy sheʼriy satrlari, biri-birini takrorlamaydigan askiya payrovlari, mamlakatimizda chop etiladigan  vaqtli matbuot nashrlarida eʼlon qilingan hajviy asarlari shunchalar xalqona, shunchalar samimiyki, beixtiyor Oʻrozali Reyimov ijodiga dilingizda havas va hayrat uygʻonadi.

Oʻrta umumtaʼlim maktabini "aʼlo”ga tugatgan Oʻrozali Reyimov Toshkent Davlat Universitetining (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Oʻzining oʻtkir zehni, tengqurlaridan alohida ajralib turadigan samimiy feʼl-atvori bilan u ustozlarining eʼtiborini qozondi. Bir vaqtning oʻzida u "Toshkent Universiteti” gazetasi tahririyatida gazetaga matnlar tayyorlashdan chop etishgacha boʻlgan jarayonlarda faol qatnashardi. Jurnalistika fakulteti talabalaridan tortib, professor oʻqituvchilarigacha Oʻrozali Reyimovning nomini yaxshi bilar, talabalar undan nimanidir oʻrganishga intilsa, ustozlari oʻz maʼruzalari matnlarini sahifalashtirish  borasida Oʻrozali Reyimov bilan bamaslahat ish tutishardi. Atoqli olimlar Tohir Pidayev, Ochil Togʻayev, Irisali Toshaliyev, Omonulla Madayev, Anvar Shomaqsudov, Begali Qosimov, Orif Saidovlardan saboq olgan Oʻrozali Reyimov uchun jurnalist  sifatida mustaqil ishlash unchalik qiyin kechmadi. Chunki u oʻqish  jarayonida "Toshkent Universiteti” gazetasini nashrga tayyorlash va chop qilishdek masʼuliyatli vazifalarni qoyilmaqom qilib bajarish sirlarini puxta oʻzlashtirgan edi.

Oʻzining dastlabki ish faoliyatini "Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatida maxsus muxbir boʻlib ishlashdan boshlagan Oʻrozali Reyimov ustozlari (Alloh rahmat qilsin) Sobir Yusupov, Saʼdulla Xoʻjaniyozov, Gulnora Matyoqubova, suratchi-muxbir Safarboy Shomurodovlardan nafaqat jurnalistlik kasbining sir-sinoatlarini, hatto odamlar bilan muomala madaniyatini, davralarda oʻzini qanday tutishni, hayot tajribalarini oʻrgandi.

Kasbga fidoyilik – Oʻrozali Reyimov uchun ham begona boʻlmadi.  U oʻzining 35-yildan ortiq jurnalistlik faoliyati davomida butun kuchini, bilimini sevimli kasbiga bagʻishladi. Tuman matbuotida maxsus muxbir, masʼul kotib 1986-yilning iyun oyidan to 2017-yilning 15 apreliga qadar Qoraqalpogʻiston televideniyesining Amudaryo tumani boʻyicha maxsus muxbiri vazifasida halol va fidoyi mehnat qildi.

U umr  boʻyi bir qoʻlida yon daftari, bir qoʻlida kamera tutib, yoʻl yurdi. Goh yayov, goh ulovda. Yonida Qoraqalpogʻiston televideniyesining teleoperatori Bahrom Niyozov bilan Amudaryo tumanining har bir qarich yerini qadamba-qadam kezib chiqdi. Uning qadami yetmagan bir tanob yer, uning oʻzi va soʻzi kirib bormagan bironta xonadon  yoʻq hisobi Amudaryoda. Ogʻa qaysi ovul-u qishloqqa, qaysi jamoaga bormasin, uni barcha birday, keksalar oʻz oʻgʻliday, tengqurlari eng yaqin doʻstiday, yoshi kichiklar "Ogʻay”, deb kutib oldilar.

– Aynanayin bovurim-ay! – deb quchoq ochib kirib bordi u davralarga.

Samimiyligi, odamshavandaligi bilan Amu elining suyukli farzandiga aylandi. Oʻzbek  bilan oʻzbekcha, qozoq bilan qozoqcha, hatto turkman ovullariga borganida turkman tilida soʻz aytib, suhbatdoshining joniga oro kirib, jon joʻrasi, jon ogʻasi, jonday aziz doʻstiga aylanguvchi Oʻrozali Reyimov bugun 60 yoshga toʻldilar.

Turli bayram tadbirlarida, ish yuzasidan ijodiy safarlarda uchrashib qolganimizda:

– Men bir soʻz aytayin deb edim, – deya gap  boshlaydigan Ogʻamizning Amu elida qanchalik hurmat va eʼzozga sazovor inson ekanliklariga koʻp bora guvoh boʻlganman. Nazarimda, Oʻrozali Reyimov qondosh va qarindosh Amu eli haqida, ularning qahramonona mehnatlari, orzu va intilishlari haqidagi eng asosiy soʻzini endi aytadi. Sokin va goʻzal "Oq oltin” ovulining xushmanzara tabiati bagʻrida haqiqiy ijod boʻstonini yaratishga kirishadi u! Umrining 60 yillik sahifalari aro yaraqlab turgan obod manzillarini madh etuvchi sheʼrlar, publitsistik maqolalar, esselar va oʻqiganda dillarni yayratib yuboradigan, odamlarga kulgu ulashadigan hajviy asarlar yaratadi u! Chunki Ogʻayning oʻzi aytmoqchi, "koʻzlari qisiq, yuzini kulgu oʻpib olgan, oʻzbekning jon bovuri” Oʻrozali Reyimov joʻshqin ijod pallasiga endi yetdi. Farzandlari, el-yurt ardogʻida yashash baxti, ona yurt muhabbati uni ertagayoq yoʻlga chorlaydi. Bu – ijod va yanada joʻshqin ijod yoʻli. Shunday emasmi, Ogʻay!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019