16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:05
Jamiyat 👁 363

OʻZBEKNING ZULFIYaSI

OʻZBEKNING ZULFIYaSI

Ayolni yaratgan Alloh uning qalbida guldek goʻzallik, suvdek hayotbaxshlik, togʻdek sabr, temirdek bardosh, osondek kenglik, tongdek sokinlik, quyoshdek issiqlik, kuydek ohanrabolikni ham tuhfa etgan ekan. Tangri bergan barcha tuhfalarini oʻzida mujassam etgan, sheʼriyat osmonida soʻnmas yulduz misoli charaqlagan, oʻzbekning haqiqiy ayoli timsolini yaratgan hazrati Ayol – Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimdir. U 1915-yil 1-martda Toshkent shahrida tugʻilgan. Zulfiya oʻzbek adabiyotida, sheʼriyat va dostonchiligida katta iz qoldirdi. Uning ijod boʻstoniga ilk bor qadam qoʻyishida turtki boʻlgan ayol – onasi Xadicha aya. U xalq ogʻzaki ijodini yaxshi bilar, bolalariga turli xil qoʻshiq, ertak, afsonalar va dostonlarni soʻzlab berardi. Shoira oʻtmishini eslarkan: “...soʻzga shaydolik hissini qalbimda oddiy ayol – onam uygʻotgan” - deydi. Darhaqiqat uning sheʼrlari xilma-xil insoniy, hayotiy, his-tuygʻular, fikrlar bilan yoʻgʻrilgan, insonning yuragidan joy oladigan buyuk ijod mahsulidir. Zulfiya sheʼrlarida hayotga muhabbat, yuksak insonparvarlik, doimo olgʻa intilish, adolatga tayanish kabi ezgu fazilatlar ufurib turadi.

U oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini sevib oʻqidi. Daholar ijodini oʻrganish shoiraga qanoat bagʻishladi. Afsuski, hayot sinov va mashaqqatlardan iborat. Shoira hayotidagi eng ulkan yoʻqotish – umr yoʻldoshi Hamid Olimjonning bevaqt hayotdan koʻz yumishi boʻldi. Zulfiya va Hamid Olimjon goʻyo sheʼriyat deb atalgan ulkan dengizda ildam suzayotgan ikki yelkanli kema edilar. Ammo beshafqat taqdir ana shu yelkanli kemalardan birini oʻzining girdobiga oldi. Adabiyotda bir ustun quladi. Shunday ogʻir damda Zulfiya bu toʻfonlarga sabr-bardosh, matonat bilan yelka tutdi, dovdirab qolmadi. U endi qoʻliga ikki sozni olishga ahd qildi. Oʻzi va Hamid Olimjon uchun ijod qilishga kuch topa bildi. Farzandlari Hulkar va Omonning tolei uchun, baxtli-saodatli hayot kechirishi uchun turmush oʻrtogʻining nomini asrlardan-asrlarga olib oʻtish uchun katta yoʻlni bosib oʻtdi. Azob-uqubatlarga mardonavor dosh berdi, yozdi, yozaverdi. U sheʼrlariga koʻz yoshini, gʻamini, kulgularini qoʻshib yozadi. Natijada adabiyotda oʻzbek Zulfiyasi degan buyuk nom qoldirdi. Bejizga shoirimiz Erkin Vohidov Zulfiyaxonim haqida ushbu soʻzlarni aytib oʻtmagan: “Zulfiya singari siymolar xalqning baxti boʻlib yaraladilar. Bu baxt, avvalo, oʻzbekniki, Oʻzbekistonniki, soʻngra esa dunyonikidir”.

Uning hayot yoʻli achinishga emas, balki havas qilishga arzigulikdir. Zero, uning nomi har bir insonning qalbida asrlardan-asrlarga oʻtib boraveradi. Shu sababdan yurtimizda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etildi. Hozirgi kunda sanʼat, madaniyat, adabiyot, fan, sport kabi yoʻnalishlarda iqtidorli qizlar ushbu mukofotga sazovor boʻlmoqdalar. 2008-yil 1-mart kuni shoiraga boʻlgan yuksak hurmat va ehtirom ramzi sifatida poytaxtimizda shoira Zulfiyaxonim haykali oʻrnatildi.

Zulfiyaxonim nafaqat sheʼriyat olamida oʻchmas iz qoldirdi, balki hayotda ham barcha oʻzbek ayollari havas qilsa arzigulik darajada yashadi.

Barchinoy QURBONBOYeVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019