16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Iqtisodiyot 👁 3,960

OʻZBEK AVTOMOBILSOZLIGINING DOVRUGʻI

OʻZBEK AVTOMOBILSOZLIGINING DOVRUGʻI
Asakadagi avtozavodda yaqin kunlarda 2 000 000 chi avtomobil konveyerdan chiqadi.

Dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar koʻp emas. Bundan oʻn yetti yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Asaka shahrida avtomobil zavodi ishga tushirilgach, Oʻzbekiston ham ana shu mamlakatlar
safidan mustahkam joy oldi.
Zero, mazkur zavod bunyodkor xalqimiz kuch-qudrati, aql-zakovati, gʻayrat-shijoatining yorqin namunasidir. Shu bois har gal yoʻllarimizda yeldek uchqur "Damas”, "Neksiya”, "Matiz”, "Spark”, "Lasetti”, "Kobalt”, "Malibu”, "Kaptiva” singari yengil mashinalarni koʻrganimizda, ich-ichimizdan sevinamiz, qalbimiz quvonchga toʻladi.     
Aslida, bugun oʻzimizda ishlab chiqarilgan avtoulov kirib bormagan xonadon, mahalla, qishloq deyarli qolmadi. Ular xalqimizning uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilmoqda. Oʻzbek avtomobillariga tashqi bozorda ham talab ortib borayotgani, ayniqsa, quvonarlidir. Bu mashinalarimiz tashqi koʻrinishi, ichki bezagi, mustahkamligi, tejamkorligi va xavfsizligi bilan allaqachon avtoishqibozlarning mehrini qozonganidan yaqqol dalolatdir.
Shu oʻrinda aytish joizki, oʻzbek avtomobillarining jahon miqyosidagi dovrugʻi oshishida xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchilar tashkilotining teng huquqli aʼzosi boʻlmish "Oʻzavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasining munosib hissasi bor.
Negaki, davlatimiz rahbari alohida taʼkidlaganidek, "Mamlakatimizda avtomobil sanoatining paydo boʻlishi u bilan bogʻliq va unga xizmat koʻrsatadigan bir qancha ishlab chiqarish korxonalari va quvvatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoit yaratdi”. Yangi zavodga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, lok-boʻyoq va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi "Uz Dong Ju Peint Ko”, "Uz Dong Yang Ko”, "Uz Dong Vong Ko”, "Uz Kodji”, "Idas Elestroniks System”, "Andijonkabel” singari oʻnlab korxonalar barpo etilgani fikrimiz tasdigʻidir. Birgina Andijon viloyati misolida aytadigan boʻlsak, bunday korxonalar keyingi yetti yil ichida 47 tadan 108 taga, ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlar hajmi 1 trillion 100 milliard soʻmlikka yetdi. Tarmoqda band boʻlganlar esa 22 ming 400 kishidan oshib ketdi.
 Jahon tajribasidan maʼlumki, avtomobilsozlik sohasida bitta ish oʻrni ochilishi boshqa tarmoqlarda uning soni 7 tadan 15 tagacha koʻpayishiga zamin hozirlaydi. Shu maʼnoda, Asakadagi korxona sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanishi, aholi bandligining taʼminlanishi, turmush farovonligi oshishiga xizmat qilayapti, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
— Avtomobillarimiz hamyurtlarimizning uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilibgina qolmay, balki oilalarning aksariyati uchun daromad manbaiga aylandi, — deydi "Matiz” haydovchisi, izboskanlik Mahmudjon Valijonov. — Ularni boshqarish har tomonlama qulay, iqtisodiy jihatdan tejamli. Shuning uchun talab nihoyatda katta. Ilgari qishlogʻimizda sanoqli xonadonlarda avtomobil boʻlgan boʻlsa, hozirgi kunga kelib bir yarim mingga yaqinlashganini aytish kifoya.
Avtomobillar koʻpaygani sayin joylarda, ayniqsa, olis qishloqlar, chekka hududlarda servis xizmati koʻrsatuvchi shoxobchalar, Janubiy Koreya, Germaniya, Xitoy, Italiya kabi mamlakatlardan keltirilgan zamonaviy texnologik uskunalar, diagnostika vositalari bilan toʻliq jihozlangan stantsiyalar tashkil etilmoqda. Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq tatbiq etilayotgan yangilik va imtiyozlar esa avtomobilsozlikni yanada rivojlantirish, butlovchi buyumlar tannarxini arzonlashtirish imkonini berayotir. Sababi, ushbu dastur doirasida har yili sohaga ixtisoslashtirilgan oʻnlab kichik biznes subeʼktlari barpo etilmoqda. Oltinkoʻldagi "Sanoat plast”, Asakadagi "Asaka davr butlovchi”, "Oynazar”, Marhamatdagi "oʻayrat-2000”, Andijon tumanidagi "And sanoat plast” va boshqa xususiy firmalar ana shular jumlasidandir.
Fan-texnika shiddat bilan rivojlanib borayotgani, oʻz navbatida,  avtomobilsozlik sanoatiga ham uning ilgʻor yutuqlarini tatbiq qilishni taqozo etmoqda. Shu bois yurtimizda avtomobilsozlik sohasiga qiziquvchi yoshlarning oʻqib-oʻrganishlari, ilmiy izlanishlarini taʼminlaydigan bir qator oliy taʼlim dargohlari faoliyat koʻrsatayotgani, taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yoʻlga qoʻyilgani ayni muddao boʻlayapti. Pirovardida zavodda istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, jahon andozalariga mos yangi turkumdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Masalan, 2003-yildan boshlab "Lasetti” rusumli avtomobil yigʻilishi oʻzlashtirilgan boʻlsa, oradan besh yil oʻtib, "Shevrole” brendi bilan avtoulovlar ishlab chiqarishga kirishildi.  
Yangilangan "Chevrolet Captiva” avtomobilining konveyerdan chiqarilishi esa bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi. Uning koʻrkam dizaynga ega ekanligi, yuksak darajadagi uskunalar, zamonaviy dvigatel hamda uzatmalar bilan jihozlangani xaridorlar qiziqishini yanada oshirdi. Aytaylik, 7 kishiga moʻljallangan salon keng va shinam boʻlib, ehtiyoj tugʻilganda, orqa qatordagi oʻrindiqlarni yigʻib, yuk tashish imkoniyatini yuzaga keltirish mumkin. Qolaversa, avtomobilga olti bosqichli avtomat uzatma, 258 ot kuchiga ega dvigatel oʻrnatilgan. Oʻtgan yildan boshlab esa, ushbu  zamonaviy, koʻrkam dizaynli avtomobillar qatoriga "Chevrolet Cobalt” yangi mashinasi ham qoʻshilgani diqqatga sazovordir.
Ayni paytda avtomobillarimiz Rossiya, Qozogʻiston, Ukraina singari oʻndan ortiq mamlakatlarga eksport qilinayotir. Shundan kelib chiqib, Hamdoʻstlik davlatlarida dilerlik tarmoqlari soni 250 tadan oshdi. Ular tomonidan "Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” yorligʻi bitilgan avtomobillarimiz chet ellik xaridorlarga yetkazib berilmoqda.
Istiqlol yaratgan moʻʼjiza — oʻzbek avtomobilsozligi milliy boyligimiz, gʻururimizdir. Oʻzining ikki millioninchi avtomobilini konveyerdan tushirish arafasida turgan "GM Uzbekistan” jamoasi aʼlo sifatli, koʻrkam koʻrinishli, tejamkor mahsulotlari bilan vatandoshlarimizga, xorijlik doʻstlarimizga olam-olam shodlik ulashmoqda. Ularning qoʻlida sayqal topgan avtomobillarimiz dillarni dillarga, ellarni ellarga tutashtirib, Oʻzbekistonimizning cheksiz imkoniyatlar yurti ekanini, xalqimizning hech kimdan aslo kam emasligini jumlai jahonga koʻz-koʻz qilmoqda.

Odiljon ShODMONALIYeV,
«Xalq soʻzi» muxbiri.

(Manba: http://xs.uz)
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019