16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:36
Jamiyat 👁 4,193

ISTIQLOLDAN NURAFShON QORAQALPOGʻISTON

ISTIQLOLDAN NURAFShON QORAQALPOGʻISTON

Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʻiston zamini chinakam bunyodkorliklar maydoniga aylandi. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 243 kilometruzunlikdagi Tuyamoʻyin-Nukus-Chimboy-Taxtakoʻpir suv tarmogʻi ishga tushirildi. 1991-2010-yillar oraligʻida hududda gaz va gaz kondensati, soda, vermikulit kontsentrati, Talkomagnezit, glitserrizin ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

2000-yilda Nukus shahri bilan Xoʻjayli shahri oʻrtasida Amudaryo ustiga ulkan temir-beton koʻprik, 2001-yilda 345 km. masofada Nukus-Sulton Uvaystogʻ-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yoʻli qurilib, ishga tushirildi va 4 ming 160 km. masofadagi avtomobil yoʻllari xalqaro talablar darajasida rekonstruktsiya qilindi.

Qoraqalpogʻiston – bebaho yer osti va yer usti boyliklariga kon diyor. Bu boyliklarni izlab topish, ishlab chiqarishga yoʻnaltirish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xorijlik investorlar bilan hamkorlikda "Jel”, "Gʻarbiy Orol” istiqbolli konlari ochildi, "Oʻzbekgeofizika” AJning "Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasi bilan hamkorligi tufayli kuniga 45 ming kubometr gaz ishlab chiqarayotgan "Tillali”, "Sayxun”, "Inʼom”, "Arslon” singari yangi konlar Qoraqalpogʻiston geofizik olimlarining bilim va salohiyatlari mahsulidir.

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti, muhtaram I.A.Karimov tashabbusi bilan barpo etilgan "Ustyurt – gaz-kimyo” majmuasi bugungi kunda butun dunyo xalqlarining eʼtiborida, havasli, hayratli nigohlarida. Chunki mazkur korxona jahonning eng nufuzli nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi deb tan olindi. 2014-yilda nufuzli "Infrastructure journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini "2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi” deb eʼlon qildi. umumiy qiymati 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan ushbu loyiha amalga oshirilishi nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini yanada yuksaltirishi tabiiy. Mazkur majmuada 3,7 mlrd. kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piromez distilmati va boshqa  qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Bundan tashqari yengil sanoat  tez rivojlanib bormoqda.faqat 2016-yilning oʻzida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Bunyodbek-Xoʻjayli” oilaviy korxonasi ishga tushirildi. "Yoqubova Gavhar” fermer xoʻjaligida esa kalava ip ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Ellikqalʼa tumanida "Global nationaltex” shoʻʼba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilish arafasida. Amudaryo tumanidagi "Kameks-KK” korxonasida momiq, Kegayli tumanidagi "Avto-Qayip-mayshi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Fermer xoʻjaliklarining salohiyati yanada oshib, aholi daromadlari koʻpaydi, va bu Respublikada har yili yuzlab oilalar yangi zamonaviy uslubda qurilgan namunali uylarga koʻchib oʻtayotganida yaqqol namoyon.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi markazi – Nukus shahri soʻnggi ikki yil ichida tanib boʻlmas darajada oʻzgardi. Dunyo yoshlari havas qilgulik "Baxt uyi”, temir  yoʻl vokzali, I.Savitskiy nomidagi sanʼat muzeyi beqiyos goʻzal qiyofa kasb etdi. Shahar markazidan oqib oʻtuvchi, kichik daryoni eslatuvchi "Doʻstlik” kanali boʻylab 2,5 km. masofada bunyod etilgan koʻngilochar obʼektlar nafaqat shaharliklar, balki shahar mehmonlari va xorijlik sayyohlar eʼtibori va eʼtirofiga munosib.

Qoraqalpogʻistonda ekologik barqarorlikni taʼminlash dolzarb vazifaga aylangani butun dunyo afgor ommasiga maʼlum. Ayni paytda Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha 2013-2017-yillarga moʻljallangan Dasturiga muvofiq Orolboʻyini sogʻlomlashtirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Orol dengizining qurigan hududlarida, Moʻynoq tumanida, dengizning "Axantay” qismida 1500, "Oqqum” qismida esa 34 gektarlik sunʼiy oʻrmonlar barpo  etildi. Yuqoridagi Dasturga muvofiq Orol boʻyini sogʻlomlashtirish, sunʼiy oʻrmonlar barpo etish maqsadlari uchun 89,39 mlrd. soʻm, 1635,55 mln. AQSh dollari va 57,63 mln. yevro mablagʻ yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 mln. AQSh dollari miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida kichik oʻrmonzorlar barpo etish ishlari davom etmoqda.

Qoraqalpogʻiston sanoatining yirik ishlab chiqarish obʼektlaridan biri hisoblangan Qoʻngʻirot soda zavodi oʻz mahsulotlarining asosiy qismini jksportga yoʻnaltirmoqda. Yiliga xorijiy buyurtmachilarga 34-35 ming tonna mahsulot yetkazib berayotgan zavod mahsulotlari ichki bozor  talablarini ham toʻla qondirish imkoniyatiga ega.

Tobora rivojlanib, gullab-yashnayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqi uchun namunali tibbiy xizmat koʻrsatish maskanlarida yaratilgan zamonaviy sharoitlar tahsinga loyiq. Yoshlarning malakali bilim olishlari uchun Toshkent Davlat Pediatriya instituti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti, Toshkent Davlat madaniyat istitutlarining Nukus filiallari, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat  Universiteti, Ajiniyoz nomidagi Qoraqalpoq davlat Pedgogika institutida eng zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Barcha taʼlim-tarbiya maskanlari Qoraqalpogʻiston yoshlari oʻz qobiliyatlarini, iqtidorlarini namoyon etishlari uchun eng zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.

Xulosa qilib aytganda, koʻpmillatli Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqi Oʻzbekiston deb atalmish jannatmakon, kelajagi porloq Vatanning vorislari va bunyodkorlari sifatida oʻlkaning yanada taraqqiy etishi uchun fidoyilik bilan mehnat qilib, mustaqillik gʻoyalarini mustahkamlashdek sharafli vazifani ogʻishmay amalga oshiraveradilar. Zero, ozod va hur Vatanda erkin va baxtiyor yashayotgan qoraqalpogʻistonliklar uchun ona Vatan baxt-saodati, kelajagi yoʻlida xizmat qilish sharafdir.

Robiya YOʻLDOShEVA,

www.amunews.uz muxbiri.
(Foto - uza.uz
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019