16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:19
Salomatlik 👁 4,194

GIYoHVANDLIK – INSON HAYoTINING KUShANDASI

GIYoHVANDLIK – INSON HAYoTINING KUShANDASI

Giyohvandlik – inson salomatligi va uning taqdiri hamda jamiyat uchun eng xavfli odat hisoblanadi.

Har bir giyohvand oʻz xohish-irodasi bilan yoki oʻziga bogʻliq boʻlmagan xolda, oʻzining kayfiyatini koʻtarish, emotsional holatini yaxshilash uchun giyohvand moddaga xaddan tashqari kuchli ehtiyoj sezadi. Giyohvand moddalarni dastlabki paytda isteʼmol qilishdan maqsad, odamlarning oʻzlarini bezovta qilayotgan hislardan – charchoqlik va hayotdan qoniqmaslik, shuningdek ruhiy qashshoqlik kabi hissiyotlar iskanjasidan vaqtinchalik boʻlsa ham qutilishdir.

Umuman olganda, har bir inson oʻz hayotidan qoniqish hosil qilib, ijobiy sezgilar ogʻushida yashashga intilishi tushunarli va tabiiy holdir. Biroq bunday ijobiy hissiyotlarni sezishga intilish, qoniqish hosil qilish, hayotda osonlikcha erishib boʻlmaydigan, katta hajmdagi, murakkab ishlarni bajarish bilan bogʻliq tinimsiz mehnat qilishni talab etadigan jarayondir. Hayotda hamma ham birdek bunday sharafga muyassar boʻlolmaydi. Oqibatda oʻz irodasini boshqara olmaydigan ayrim kishilar hayotdan qoniqish hosil qilish, shirin xayollar ogʻushida yashashning oson yoʻlini axtaradilar. Bu yoʻl – giyohvandlikka ruju qoʻyish yoʻlidir.

Giyohvandlikka olib keluvchi omillar qatorida ayrim odamlarga xos irodasizlik, shuningdek oʻzining nuqsonli tabiati, qobiliyatsizligi tufayli odamlar oʻrtasida muloqot oʻrnata olmaslik kabi salbiy taʼsirlardan qutilishga intilish singari holatlarni koʻrsatib oʻtish mumkin. Oʻsmirlarda esa giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvchi kattalarga taqlid qilishga moyillik, giyohvand moddalarning «moʻʼjizali taʼsiri»ga ishonuvchanlik, koʻpchilikning irodasiga soʻzsiz boʻysunish kabi xususiyatlar, ularning ushbu ogʻu tuzogʻiga tushib qolishiga sabab boʻladi. Giyohvandlar narkotik moddalarga dastlab ruhan, soʻngra jismonan bogʻlanib qoladilar. Ruhiy bogʻlanish deganda, insonning giyohvand moddalar taʼsirida dastlab his etgan, yoqimli sezgi va kechinmalarini yana qaytadan his etishga intilish tushuniladi. Ana shu dastlabki bosqichdayoq, organizmning talabini u yoki bu sabablarga koʻra qondira olmaslik, bemor kayfiyatining buzilishi, yaʼni depressiya holatini keltirib chiqaradi va unda narkotik moddaga bogʻlanish paydo boʻla boshlaydi. Bu bosqichda nevroz alomatlari koʻzga tashlanib, jahlning tez chiqishi, charchash, fikrning tarqoqligi, sezuvchanlikning ortishi, vegetativ asab tizimi faoliyati buzilish belgilari paydo boʻladi.

Giyohvand moddalarni muttasil isteʼmol qilish inson shaxsini qashshoqlashtiradi, irodasini boʻshashtiradi, mehnat qilish qobiliyatini pasaytiradi. Giyohvand moddalar taʼsirida asab tizimi hujayralari halok boʻladi, organizmning immun himoya xususiyati pasayadi, xavfli oʻsmalar (rak) oʻsishi faollashadi, inson umri qisqaradi. Bunday odamlar bevaqt oʻlimga mahkumdirlar.

Giyohvand moddalarni isteʼmol qilish inson shaxsining yemirilishiga olib keladi, shaxsning jamiyat bilan aloqasi buzilib, turmushda va jamiyatda axloqiy nopokliklarga yoʻl qoʻyadi, jinoyatlarning oʻsishiga sababchi boʻladi. Giyohvandlik – oʻta xavfli kasallik boʻlgan OITS (SPID) kasalligini tarqatuvchi asosiy manbaadir. Giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvchilar jamiyat uchun ham, oʻz shaxsi uchun ham «men»i yoʻqotilgan, deb hisoblanadi. Bundaylarning kelajagi yoʻq.

Giyohvandlikka qarshi kurash: giyohvand moddalarni isteʼmol qilishni man etish, tarkibida giyohvand moddalari boʻlgan oʻsimlik turlarini oʻstirishni taʼqiqlash, giyohvandlarni oʻz vaqtida aniqlash ishiga keng jamoatchilikni jalb qilish, davlat chegaralari orqali giyohvand moddalarni olib oʻtishga toʻsiq yaratish, giyohvandlarni davolash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan olib boriladi.

Eng muhimi, giyohvandlik – umr zavoli ekanini har kim anglab yetishi lozim. Shundagina bu illatning oldi olinadi.

O.HALIMOV,  tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi.

(Foto - http://uchquduq-gazeta.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019