16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:18
Fan va taʼlim 👁 3,880

YoZ – SOZ OʻTSIN, DESANGIZ...

YoZ – SOZ OʻTSIN, DESANGIZ...

Mana, 2016-2017 oʻquv yili ham yakunlanib, bolalar yozgi taʼtilga chiqishdi. Hamma ota-ona farzandini oromgohga joʻnata olmaydi, qolaversa, taʼtil davri 3 oy boʻlgani  holda oromgohlarda bola 10-15 kun dam olishi mumkin, qolgan vaqt esa ota-ona bagʻrida boʻladi.

Bunday paytda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Avvalo, bolangizning toʻgʻri ovqatlanishi va dam olishini tashkil qiling!

Albatta, 9 oy maktabda darslar, turli xil maʼlumotlar olish bilan mashgʻul boʻlgan miya va tana charchashi tabiiy. Shuning uchun bolaning darmondorilarga boy, quvvatbaxsh taomlar bilan toʻgʻri ovqatlanishiga eʼtibor bering.

Bunday taomlar bilan ovqatlangan bola ota-onasi va yaqinlarining mehrini yaxshi his qiladi va har xil ruhiy jarayonlardan oson oʻta oladi.

Farzandingizning oʻrtoqlari bilan qiziqing!

Albatta, bolaning doʻsti boʻlgani yaxshi, chunki bola oʻziga doir yangiliklarni koʻpincha oʻrtogʻi, tengdoshi bilan baham koʻrgisi, unga maqtangisi, yo unga ichidagi sirlarini aytgisi keladi. Lekin notoʻgʻri tanlangan doʻst yoki dugona uning maktabda ham, uyda ham, boshqa joyda ham koʻngilsizliklarga uchrashiga sabab boʻlishi mumkin.

Qolaversa, baʼzan bolasi bilan masofa saqlaydigan, u bilan sirlashmaydigan oilalarda bola oʻz oʻrtogʻining maslahatlariga suyanib, muammolariga yechim topmoqchi boʻladi. Oʻz fikriga ega boʻlmagan bola yetakchilikni oʻz qoʻliga olgan tengdoshi taʼsiriga tez beriladi.

Albatta, bolangizning qiziqishlari va foydali mehnat bilan shugʻullanishiga sharoit yarating!

Bolalar odatda qiziquvchan boʻladi, lekin ularning qiziqishlariga eʼtibor berilmasa yoki ularni roʻyobga chiqarishga imkon yaratilmasa, qiziqishlar tez soʻnadi. Qiziqishlari soʻngan bola loqayd, beparvo boʻlib boradi, unda bemehrlik paydo boʻla boshlaydi. Taʼlim muassasalari, "Barkamol avlod” bolalar markazida tashkil  qilingan turli toʻgaraklar, tanlovlarda qatnashishlariga sharoit hozirlang. Uning kichkina yutugʻini ham eʼtiborsiz qoldirmang, maqtab qoʻying, bagʻringizga bosib, uni yangi yutuqlarga ruhlantiring. Imkon boʻlsa, tomorqada ishlash, uy hayvonlarini yoki gullarni parvarish qilish, ukasiga qarash, doʻkonga borib kelish kabi oila uchun ham, bola uchun ham foydali boʻlgan mehnatni uyushtiring. Lekin bola mehnatidan faqat pul, yoki manfaat topish uchun foydalanmang, bu haqda huquqiy-meʼyoriy hujjatlar borligini unutmang.

Televizor koʻrishini   cheklang!

Bugun muttasil televizor qarshisida oʻtirgan bola oʻqish davrida olgan bilimlarini tez unutadi.

Kompyuter va telefondan foydalanishini nazorat qiling!

Taraqqiyot asri hisoblangan davrda yashayapmiz. Bugun baʼzi ota-onalar kimligini koʻrsatib qoʻyish yoki bolasining hech kimdan kam emasligini isbotlash maqsadida ularga qimmatbaho telefon yoki kompyuter, planshetlar olib berishmoqda. Uzoq vaqt kompyuter qoshida oʻtirib, turli xil oʻyinlar oʻynagan bolaning fikrlash qobiliyati susayib ketadi. Ikki soat kompyuterda oʻtirgan bolaning miyasi torayib, maʼlumotlarni qabul qila olmaydi, demak, bola uchun yangi bilimlar eshigi yopiladi. Telefon esa darslardan, hayotdagi asosiy maqsad – bilim olishga boʻlgan eʼtibordan chalgʻituvchi vositadir. Bugun yosh yigit-qizlar hayoti bilan bogʻliq baʼzi muammolarning kelib chiqishiga, ayrim yoshlarimizning har xil zararli oqimlar taʼsiriga tushib qolayotganligiga ham kompyuter va telefonlar, ijtimoiy tarmoqlar sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, ota-onalar "Koʻk kit” oʻyinining zararli oqibatlari, bu oʻyin oxiri oʻsmirlar oʻz joniga qasd qilish bilan tugayotganligini bilib qoʻyganlari, oʻz farzandlarini ijtimoiy xatarlardan omon saqlaganlari maʼqul.

Farzandingiz hayotini muhofaza qilishni

unutmang!

Yozda bolalar boʻsh vaqtini turli xil oʻyinlar oʻynash, choʻmilish, sayr qilish, qarindoshlarinikiga mehmonga borish bilan oʻtkazadi. Koʻpincha ertalab va kechqurunlari Mangʻit-Gurlan guzar yoʻlida velopoyga oʻynayotgan bolalarga koʻzimiz tushadi. Bolangizga velosipedlarni maxsus yoʻlakchalarda yoki sport maydonchalarida haydash kerakligini uqtiring.

Ularni suv havzalarida choʻmilishga, yaxshisi, oʻzingiz olib boring. Albatta, suv havzasining turli xil daraxt tomirlari, shisha siniqlari, suv osti toshlaridan xoli ekanligiga ishonch hosil qiling.

Eng muhimi esa farzandingizni kitobni sevishga va qadrlashga oʻrgating!

Mustaqil mutolaa bolaning dunyoqarashini shakllantiradi, bola oʻqigan asarini mulohaza qiladi, hayotiy muammolarni tushunishga urinadi. Kitob bolaning yoshiga mos kelishiga eʼtibor bering, u bilan kitoblar haqida suhbatlashing, uning fikrlarini qoʻllab-quvvatlang va inobatga oling.

Koʻpincha balogʻat yoshidagi oʻsmirlarning oʻyin orasida soʻkinish yoki koʻcha jargonlarini ishlatishiga guvoh boʻlamiz. Ota-onalarga oʻzlarining feʼl-atvoridagi tarbiyasizlik farzandlarida takrorlanishini eslatib qoʻyishni istardim.

Oʻzingiz uyda chiroyli muomalani yoʻlga qoʻysangiz, farzandingiz ham Sizdan oʻrnak olishini unutmang.

Farzandingizni tabiat qoʻyniga, bogʻ va xiyobonlarga olib chiqing!

Koʻpincha shaharda oʻsgan bolalar xonanishin boʻladi. Ular tabiat goʻzalliklarini koʻrib, hayratlanadi, ulardan zavq oladi. Bolaga inson tabiatning bir boʻlagi  ekanligini, atrof-muhitni, suv havzalarini iflos qilish oʻzimizga ham zarar keltirishini, obod va orasta yashash insonning ijobiy xislatlari ekanligini, tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanish zarurligi tabiat bagʻrida hikoya qilib berilsa, u bola shuuriga tez singadi.

Oilaviy bayram

uyushtiring!

Baʼzan bolalar odamovi, tortinchoq boʻladilar. Oʻsmir yoshidagi yigit-qizlarda turli fiziologik jarayonlar boshlanadi. Oʻsmir oʻzidagi oʻzgarishlar sababini tushunmay, serzarda, asabiy boʻlib qoladi. Agar Siz oilaviy bayramlar tashkil qilib, yosh farzandlaringizga tez-tez oʻz mehringizni bildirib tursangiz, oʻsmir yolgʻiz emasligini, kimlargadir kerakligini his qiladi. Bu esa uning oʻziga boʻlgan ishonchni orttiradi. Manmanlik va dabdabadan qoching, bolaning erkalanib ketishiga yoʻl qoʻymang.

Jazo usullari haqida oʻylab koʻring!

Baʼzan ota-onalar oʻz farzandlari xato qilib qoʻysa, ularni urish, soʻkish kabi usullar bilan jazolaydilar. "Falon narsa olib bermoqchi edim, endi yoʻq”,  deb ularga zahrini sochadilar. Agar bolaga xatosining oqibatlari tushuntirilsa, tahlil qilinsa, bola bu xatoni takrorlamasligi aniq. Kaltak yegan yoki soʻkish eshitgan bola alamzada boʻladi, u oʻz harakati oqibatlarini oʻylamaydi. Ota-onalar birovdan ayb axtarmay, bolasini "hayvon”, "eshshak”, deb haqorat qilish oʻrniga xatoning kelib chiqish sabablarini tahlil qilsalar, muammoga oson yechim topiladi.

Oilamizda biz xato qilib qoʻysak, otam hech qachon urushib, soʻkmas, ogʻzidan yomon soʻz chiqmasdi. Otam biror yerni chopiq qilish yoki maʼlum joyni tozalash kabi qoʻshimcha ishlar topshirar, biz esa uyqudan kechib, ertalab maktab vaqtigacha topshirilgan ishni bajarardik.

Albatta, har bir ota-ona oʻz farzandining kamolini koʻrishni, bolasining boshqalardan kam boʻlmasligini istaydi. Shunday ekan, farzand tarbiyasini oilangizdagi eng muhim vazifa deb biling. Ana shunda qariganingizda tinch, osoyishta va farovon umr kechirasiz. Bu esa oʻz qoʻlingizda, aziz ota-onalar!

Sanobar XOʻJAMURODOVA, 40-sonli maktab direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

(Foto - OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019