16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Fan va taʼlim 👁 359

OʻQUVChI IMLODA XATO QILMASIN, DESANGIZ....

OʻQUVChI IMLODA XATO QILMASIN, DESANGIZ....

Bugungi kunda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari oldida turgan eng katta muammolardan biri oʻquvchilarning savodxonligi masalasidir. Albatta, keyingi davrlarda kompyuterda terilgan yozuvlarga talab yuqori,  qoʻl yozmalarga ehtiyoj kam.  Lekin savodxon insongina kompyuterda ham imlo xatosiz yoza oladi.  Taassufki,  baʼzan kitoblar,  internet sahifalaridagi imlo xatolarini koʻrib, taʼbimiz buziladi.  Shuning uchun ham maktablarda savodxonlikka talabni kuchaytirishimiz kerak.  Qolaversa,  yozuvni qunt bilan, chiroyli va xatosiz yoza oladigan oʻquvchi hayotda ham har bir narsaga masʼuliyat va hafsala bilan qaraydi, deb oʻylayman.  Oʻz tilini mukammal bilgan oʻquvchi boshqa fanlardan ham yaxshi oʻzlashtiradi.  Mantiqiy fikrlash orqali istalgan savolga javob topa oladi.  Oʻquvchilarimga doim shuni taʼkidlaymanki,  agar soʻzlarning lugʻaviy maʼnosiga eʼtibor berib,  mantiqiy fikrlasangiz,  oʻzbek tilida har bir savolning ichida javob borligini topa olasiz.  Masalan,  “Sudralib yuruvchilar sinfiga kiruvchi hayvonlarni toping?” – deyilsa,  darhol xayolimizga ilon,  kaltakesak kabi sudraluvchi hayvonlar kiradi.  Yoxud “Egalik qoʻshimchalari deb nimaga aytiladi?” – deb soʻralsa,  oʻzimiz taʼrifni keltirib chiqaramiz:  uchala shaxsdan biriga egalik,  qarashlilik,  tegishlilik maʼnolarini bildirgan qoʻshimchalarga egalik qoʻshimchalari deyiladi...

Baʼzi oʻquvchilarning ogʻzaki nutqi,  baʼzilarning yozma nutqi yaxshi rivojlangan boʻladi.  Bu  asosan,  oʻquvchilarning feʼl-atvoriga bogʻliq deb oʻylayman.  Tortinchoq,  jurʼatsiz oʻquvchilar bilganini ham aytishga uyalishadi  yoki xato aytib qoʻysam, deb choʻchishadi. Faylasuflarimizdan biri “eng katta xato – bu tajribadan voz kechishdir”, – degan edi. Oʻquvchilarga ham shuni qayta-qayta uqtirish kerakki,  qanday boʻlmasin oʻylagan fikringizni aytishdan,  niyat qilgan ishingizni boshlashdan choʻchimang,  balki hammasi toʻgʻridir.  Agar xato boʻlsa ham hafsalangiz pir boʻlmasin,  doimo oʻzingizga ishonch bilan oʻqing,  oʻrganing va oldinga intiling.  Dono xalqimizning “intilganga tole yor” maqoli hayotiy shiorlaringizdan biri boʻlsin! – deyishdan charchamaslik kerak.  

Oʻquvchilarning ogʻzaki nutqida eng koʻp uchraydigan xatolarni shartli ravishda quyidagi turga ajratish mumkin:  dialektal,  orfoepik,  vulgar,  fonetik,  affiksal,  mexanik,  tinish belgilaridagi  uslubiy xatolardir.

Uyali telefon va kompyuter hayotimizni egallab olgan tezkor zamonamizda badiiy asarlar va matbuot sahifalarini varaqlaydigan oʻquvchilar juda kam.  Shu sababli baʼzi tushunchalarning mohiyatini anglamasdan tuzilgan jumlalar,  saviyasi past yoki umuman xato fikrlar ham uchrab turadi.  Bu kabi uslubiy xatolarning oldini olish uchun men oʻz darslarimda har bir diktant yoki bayon matnini,  insho mavzularini qiziqarli,  muammoli,  falsafiy matnlar boʻyicha tanlashga harakat qilaman.  

Oʻquvchining savodxonligiga erishish ancha uzoq vaqtni,  oʻquvchidan ham,  oʻqituvchidan ham katta mehnat va sabr-toqatni talab qiluvchi jarayon.  Buning ustiga dono xalqimiz “tugmadek aqli boʻlmasa, turtma aqldan ne foyda “, - deb bejiz aytmagan.  Asli oʻquvchining oʻzi ham intilmasa,  harakat qilmasa,  oʻqituvchining barcha mehnatlari besamar ketadi.  Yaxshiyamki,  bundaylar guruch ichidagi kurmakdek kam.  Aytish joizki,  oila va maktab hamkorligi koʻngildagidek boʻlsagina biz koʻzlagan maqsadimizga erisha olamiz.  

Oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchilarini,  koʻpincha,  “maktab koʻzgusi” deb taʼriflashadi. Men esa unga qoʻshimcha qilib: “oʻquvchilar savodxonligining asoschisi” degan boʻlardim.  Chunki ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisining asosiy vazifasi oʻquvchini xatosiz va chiroyli yozishga,  tilni har tomonlama chuqur egallashga hamda goʻzal xulqqa oʻrgatishdan iborat. Mana shunday masʼuliyatli va mashaqqatli kasb egalari boʻlmish ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilariga savodxonlik uchun kurashni susaytirmasdan, ona tili darsida har bir oʻquvchidan “husnixat” daftari tutishni talab qilishi,  mashq daftarlarini kuzatib, imlosi oʻzgarayotgan oʻquvchilarni maqtashni,  boshqalarga oʻrnak qilishni unutmasligini maslahat berardim.

Uqituvchilarimiz oʻquvchilarining imlo savodxonligini oshirishfni istar ekan,  umrboqiy haqiqat – ularni badiiy kitob oʻqishga undashdan charchamasligi kerak.  Shundagina oʻqituvchilarimiz buning samarasini oʻquvchilarining ravon nutqi va xatosiz yozuvlarida koʻrish baxtiga erishishadi.

Inobat RAJABOVA, 17-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019