16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:33
Iqtisodiyot 👁 4,486

GʻALLA HOSILDORLIGINI OShIRISh – FAROVONLIK OMILI

GʻALLA HOSILDORLIGINI OShIRISh – FAROVONLIK OMILI

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishguniga qadar mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi paxta yetishtirishga yoʻnaltirilgan edi. Shu davrda ekin maydonlarimizning qariyb 90 foizigacha paxta ekilgani hech kimga sir emas. Shu bois, deyarli hech qanday almashlab ekish boʻlgan emas. Yerning faqat bitta maqsadda beshafqat ishlatilishi tuproqning kuchsizlanib qolishiga olib keldi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda paxta ekiladigan maydonlar ikki baravar qisqartirildi. Natijada mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga zamin yaratildi.

Ilgari xalqimiz ehtiyoji uchun zarur boʻlgan don sobiq ittifoqning boshqa Respublikalaridan olib kelingan boʻlsa, mustaqillik yillarida Oʻzbekiston xalqining donga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha tub islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, aholi uchun qoʻshimcha tomorqa yerlari ajratib berildi va xoʻjaliklarda gʻalla yetishtirishga eʼtibor kuchaytirildi.

1991-yilda yurtimizda 940 ming tonna gʻalla yetishtirilib, hosildorlik 17 tsentnerni tashkil etgan boʻlsa, 2016-yilda bu koʻrsatkichlar yuqori darajaga koʻtarildi, yaʼni dalalarimizdan 8 mln. tonnadan ziyod bugʻdoy olinib, gʻallaning umumiy hosildorligi 50-55 tsentnerga yetkazildi.

Mustaqillik yillarida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida Oʻzbekiston nafaqat oʻzini oʻzi gʻalla bilan taʼminlovchi, balki, uni eksport qiladigan davlatlar qatoriga kirdi.

Mamlakatimizda erishilgan bunday yutuqlarda tumanimiz mehnatkashlarining ham munosib hissalari borligidan faxrlanamiz. Mana bir necha yildirki, tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan 300 dan ziyod fermer xoʻjaliklarida 3000 gektar maydonda gʻalla yetishtiriladi.

Bu yilgi mehnat zafariga tuproq va iqlim sharoitimizga mos gʻalla navlarining yaratilgani, ularning hosildorligini oshirish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar muhim asos boʻldi. Yaratilayotgan istiqbolli navlar, fermerlarning fidokorona mehnati, gʻalla yetishtirishdan manfaatdorlikning ortishi, moddiy texnik bazaning mustahkamlanishi hamda bu ishlarning davlatimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani sohani jadal rivojlantirish imkonini bermoqda.

Bizning dehqonlarimiz qishloq xoʻjaligining barcha sohalari qatori gʻallachilikda ham katta tajriba toʻplab, har yili moʻl hosil yetishtirib, belgilangan rejalarni nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib bajarib kelishmoqda.

Tumanimizda 2017-yil hosili uchun 379 ta fermer xoʻjaliklari bilan shartnoma tuzilib, 3000 gektar maydonga bugʻdoy ekilgan edi. Urugʻchilik uchun 175 gektar maydonga, tovar-don uchun 2825 gektar maydonga ekilgan bugʻdoy urugʻlari tekis undirib olindi va ularning kuzgi-qishki parvarishiga alohida eʼtibor berildi.

Vegetatsiya davrida bugʻdoy maysalari 6-7-marta qondirib sugʻorildi. Kuzgi bugʻdoy ekinlarini sugʻorish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish maqsadida 17 ta sugʻorish otryadlari tashkil etilib, bu ishga fermer xoʻjaliklaridan jami 600 nafar suvchi ajratildi.

Gʻallani oziqlantirish davrida har gektar yerga 5 tonnadan mahalliy oʻgʻit berildi. Shu bilan birgalikda 2200 gektar maydonda begona oʻtlarga qarshi gerbitsidlar ishlatildi va zararkunandalar tarqalishining oldini olish choralari koʻrildi.

Gʻalla ekinlari parvarishi davrida tumanda tashkil etilgan 17 ta oziqlantirish otryadlari faol harakat qildi. Natijada 15 ta tashish texnikalari va 16 ta mineral oʻgʻit sepgichlardan unumli foydalanildi.

Gʻalla maysalarining rivojlanishini tezlashtirish maqsadida bargdan oziqlantirish ishlariga ham alohida eʼtibor berildi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun 17 ta otryad tashkil etilib, ularga 46 ta OVX agregatlari va har otryadga 1 dona ishchi eritmasini tashuvchi transportlar biriktirildi. Gʻallani bargdan oziqlantirish paytida 3-marta suspenziya qilish ishlari sifatli amalga oshirildi.

Hamjihatlikda bajarilgan bu kabi agrotexnik tadbirlar oʻz samarasini berdi. Dalalarimizda koʻzlangan darajadagi bugʻdoy hosili yetishtirildi.

Gʻalla oʻrim-yigʻimiga ham puxta taraddud koʻrilib, bu ish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Mavsumni tez va tartibli ravishda oʻtkazish maqsadida 6 ta oʻrim-yigʻim otryadlari tashkil etildi. Bu otryadlar mavjud 19 ta kombaynning toʻla quvvat bilan ishlashini va oʻrim-yigʻim ishlarining belgilangan jadval asosida amalga oshirilishini taʼminladi.

Katta hayotiy va ilmiy tajribaga ega, yer bilan tillashadigan, dehqonchilikning hadisini olgan mirishkor gʻallakorlarimizning, kombaynchilar va mexanizatorlarning fidoyi mehnatlari, mutaxassislarning beminnat koʻmaklari tufayli davlatga gʻalla topshirish shartnomaviy rejasi hamda gʻalla hosilini oʻrib-yigʻib olish ishlari qisqa fursatlarda yakunlandi.

Bir necha yillardan beri Oʻzbekistonda davlatga gʻalla topshirish boʻyicha shart-nomaviy rejalarini birinchilardan boʻlib bajarib kelayotgan amudaryolik gʻallakorlar bu yil ham ahdida qatʼiy turib, har yilgi anʼanaga sodiq qolgan holda kontraktatsiya shartnomasi shartlarini toʻliq bajardilar. Davlatga rejadagi 5530 tonna, qoʻshimcha ravishda ming tonna, jami 6530 tonna "qirmizi don” hosili topshirildi. Fermerlarimiz yana 700 tonna gʻalla topshirib, davlatga topshirilgan yalpi bugʻdoy xirmonini 7230 tonnaga yetkazdilar.

Eng muhimi, bu hali hammasi emas. Yetishtirilgan hosilning davlat shartnomasidan ortib qolgan qismi fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoldi. Ular bu hosilni nafaqat oʻz oilasi, ishchi va xizmatchilar oilalarining ehtiyojlari uchun ishlatadilar, balki, ovullaridagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga ulashib, el-yurtning duosini oladilar.

Bugungi yuksak gʻalla xirmonimizga "Toʻlqin” ovulidagi "Ibragimov Jabborbergan” fermer xoʻjaligi 129,5 tonna, "Oʻrta qalʼa” ovulidagi "Ismoilov Eldorbek” fermer xoʻjaligi 88 tonna, Bobur nomli ovuldagi "Abdulla” fermer xoʻjaligi 85 tonna, Qilichboy ovulidagi "Farhodov Asadbek Umidovich” hamda Qipchoq ovulidagi "Xidirov Nurilla” fermer xoʻjaliklarining har biri 60 tonnadan gʻalla topshirib, munosib hissalarini qoʻshdilar.

Endilikda dalani somondan tozalash, sugʻorib, takroriy ekin ekish, yerdan unumli foydalanish bugungi kunning bosh masalasi hisoblanadi. Sababi, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabi kun sayin oʻsib borayotgan bugungi davr yerdan bir yilda 2-3-marta hosil olishni talab qilmoqda.

Shu sababli gʻalladan boʻshagan maydonlarning nami yoʻqolmay, shudgor qilish ishlari ham oʻz vaqtida bajarildi. Ayni kunlarda esa dehqonlarimiz takroriy ekin ekish ishlarini uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar. Bu – tumanimiz qishloq xoʻjaligi mehnatkashlarining mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va eksport hajmini oshirishdek bugungi kun chaqirigʻiga nisbatan amaliy javobi boʻladi.

Fursatdan foydalanib, tumanimizning barcha gʻallakorlarini, dehqon-u mirishkorlarini, fermer va pudratchilarini mehnat zafari bilan tabriklayman!

Doimo halol mehnatingizning rohatini koʻrib yashang, aziz gʻallakorlar!


Sultonboy YOʻLDAShEV,tuman hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026