16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:48
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,173

GʻALLANI SIFATLI SAQLASh – BURChIMIZ

GʻALLANI SIFATLI SAQLASh – BURChIMIZ

Gʻalla – rizq-roʻzimiz, dasturxonlarimiz koʻrki, farovonligimiz asosi.

Dehqonlarimizning fidokorona mehnati, peshona teri evaziga yetishtirilgan donni isrof qilmay, sifatli saqlash, qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish soha mutaxassislari zimmasidagi masʼuliyatli vazifa hisoblanadi. Shu bois, gʻallakor fermerlar bilan "Taxiatosh don mahsulotlari” AJ "Mangʻit don” filiali oʻrtasida 2017-yil hosilini nest-nobud qilmay sifatli qabul qilish va saqlash  boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari tuzildi. Ushbu shartnomaga koʻra, fermer xoʻjaliklari dalalarida yetishtirilgan gʻallani sifatli  qabul qilish va saqlash borasida korxonamiz tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berildi va oʻrim-yigʻim mavsumining muvaffaqiyatli oʻtkazilishi taʼminlandi. Avvalo, gʻallani yongʻindan saqlash  maqsadida birlamchi oʻt oʻchirish uskunalari oʻrnatilib, ochiq maydondagi quritilayotgan donni yogʻin-sochindan saqlash choralari koʻrildi. Nam oʻtkazmaydigan brezentlar tayyorlab qoʻyildi. Mavsumiy ish oʻrinlari yaratilib, 22 nafar kishining ikki smenada barakali ishlashi taʼminlandi.

Korxonamiz tomonidan qabul qilingan 5530 tonna bugʻdoy hosilini navlari hamda avlodi, sinfi, sifat koʻrsatkichlari boʻyicha alohida quritish va sifatli saqlashga eʼtibor berildi. Natijada 4830 tonna tovar-don, 703 tonna urugʻlik bugʻdoyni oʻz vaqtida va uzluksiz qabul qilishga erishildi.

Tumanimiz dalalaridan korxonamizga peshma-pesh keltirilgan har bir kilogramm gʻalla boʻyicha belgilangan preyskurant asosida hisob-kitob qilinib, xizmat koʻrsatuvchi banklarga qabul kvitantsiyalari oʻz vaqtida taqdim etildi. Yangi texnologiyalar asosida elektron tarozi oʻrnatilib, hosilni onlayn tizimida qabul qilish yoʻlga qoʻyilgani esa ishimizni ancha yengillashtirdi.

Bu yilgi hosil karvonini birinchilardan boʻlib boshlab bergan "Muhammadsoliyev Diyorbek”, "Qadamboy Poʻlat”, "Bobur-Jayxun paxtasi” kabi fermer xoʻjaliklari gʻallakorlari tumanimizning ulkan xirmoniga munosib hissa qoʻshdilar.

Shuni alohida mamnuniyat bilan qayd etamanki, mavsum davomida gʻallakor fermerlar, ijarachi dehqonlar, oʻrim-yigʻim kombaynlarining operatorlari, jamgʻarilgan gʻallani korxonamiz omboriga tashib keltiruvchi transport vositalarining haydovchilari haqiqiy fidoyilik namunalarini koʻrsatib ishladilar. Gʻallani ikki smenada, uzluksiz qabul qilishni taʼminlash maqsadida ishchi-xizmatchilar uchun zarur va qulay mehnat sharoitlarining yaratilgani ishimizda yuksak unumdorlik, sifat va samara berdi. Ishchi-xizmatchilar issiq ovqat, chanqovbosdi salqin ichimliklar bilan taʼminlandi.

Xulosa qilib aytganda, rizq-roʻzimiz, hayotimiz va dasturxonimiz koʻrki boʻlgan moʻl-koʻl gʻalla hosilidan Amu elimizning xirmonlari yanada yuksaldi. Ana shu  yuksak gʻalla xirmonining bunyod etilishida "Taxiatosh don mahsulotlari” AJ "Mangʻit don” filiali korxona ishchi-xizmatchilarining ham munosib hissasi bor.

Men fursatdan foydalanib, tumanimizning mirishkor gʻallakorlarini erishilgan yuksak gʻalaba – 7030 tonnalik "qirmizi don” xirmoni bilan chin dildan muborakbod etaman:

– Gʻalla xirmonlaringiz bundan ham sarbaland boʻlsin, lafzi halol fermerlar, –deyman.

Ikrom KENJAYeV,

"Taxiatosh don mahsulotlari” AJ "Mangʻit don” filiali boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019