16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Adabiyot 👁 4,622

KELINNING QOʻLI EGRI BOʻLSA...

KELINNING QOʻLI EGRI BOʻLSA...

Bozorgul ena harbiyda ishlaydigan oʻgʻlini, nevaralarini koʻrib kelish uchun Fargʻona shahriga ketadigan boʻldi. Choli tushmagur ertadan kechgacha arnasoy boʻyidagi bogʻdan beri kelmaydi.

– Eksam-tiksam elga naf, mendan keyingilarga davlat-da, – deydi. Kenja oʻgʻli Narimonjon hali oʻqib yuribdi. Biri oʻqishni tugatsa, yana biri – magistr boʻlaman, dedi, boʻldi, endi olimlikning oʻqishiga kirib olgan. Sira uylanaman, demaydi. Katta kelini juda epli, har yili yozda, kuzda kelib turli sharbat-u murabbo deysizmi, marinadli tuzlamalarmi, moʻl-moʻl qilib tayyorlaydi. Xonadon ombori turli bankalarga toʻla.

Bozorgul ena bot-bot qoʻshni kelin ovqatmi, issiq nonmi olib chiqqanida bir banka konservalangan mevami, tuzlamami berib turadi.

Qoʻshnilari biram yaxshiki, baʼzan ularga "oʻzing olib chiqaqol”, deb omborxona eshigini ochib beradi.

– Qizim, Fargʻonaga, Nurali akanglarnikiga ketayotirman, – dedi yon qoʻshnisining kenja kelini Noilaga. – Shu, Kamol bobongning osh-ovqatiga qarab turgin-a!

– Yaxshi borib keling, momo, oʻzim qarayman, hech qaygʻurmang, – dedi muloyimlik bilan Noila.

Bozorgul ena ketgan kunning ertasiga  tushlikda Noila Kamol boboga bir kosa ovqat olib chiqdi. Hamma yoq suv quygandek jim-jitlik. Bozorgul ena tayinlagani uchun tovuqlarning don-dunidan ham xabar olib turgan Noila hovlini bir aylanib chiqdi. "Bobo hali bogʻdan qaytmabdi-da”, oʻyladi u. Haqiqatan ham Kamol bobo shu kuni bogʻida qolgan edi. Noila qarasa, omborxona eshigida qulf yoʻq, shu  topda koʻngliga shayton oraladimi, qoʻlidagi kosani chorpoyaga qoʻyib, asta omborga kirdi. Qator terib qoʻyilgan bankalarga qarab yurdi. "Ikkitasini olib chiqib ketsam, kim bilib oʻtiribdi?” – koʻnglidan oʻtdi uning. Bankalarni oldi-yu, hech narsa koʻrmaganday, chiqdi-ketdi.

Ikki haftalardan soʻng Bozorgul ena Fargʻonadan qaytib keldi.

– Noila, – dedi qaynonasi, – Bozorgul enang yoʻldan charchab kelgan, aytib chiq, birga ovqatlanamiz.

Qoʻshnilar ochilib-sochilib ovqatlandilar. Bozorgul ena Fargʻonadagi kelini berib yuborgan pishiriqlarni dasturxonga qoʻyarkan:

– Shu kelinim juda pazanda-da, omborda qatorlashtirib qoʻygan  bankalarning-ku sanogʻi yoʻq, – dedi gʻururlanib.

– Ketishingizda ovora boʻlib ikki banka tuzlama qoldiribsiz, maza qildik, uyimizdagi tugagan edi, – dedi Noilaning qaynonasi Salima ena minnatdor ohangda.

Dasturxonga choy keltirib qoʻyayotgan Noila koʻzlarini olib qochdi. Bozorgul ena sir boy bermadi.

– Hay, Salimajon, menda bor, sendayam bor, degani. Shuncha yil seniki, meniki demadik, endi ham demaymiz. Muhimi, koʻngillar toʻgʻri boʻlsin, ha, koʻngillar toza boʻlsin.

Hech narsadan bexabar Salima ena qoʻshnisining gaplarini bosh irgʻab maʼqulladi.

Bozorgul ena Noilaga hech narsa demadi. Noila ham "kampir bilmadi”, deb oʻylab qoʻydi.

Oradan besh-oʻn kuncha vaqt oʻtib, Bozorgul ena Noilaga:

– Qizim, men Nukusga, Narimonjonni koʻrgani ketayotirman, bugun oʻsha yoqda yotib qolaman, bobong ham bogʻda pishiqchilik, kelolmasa kerak. Shu, tovuqlarning don-duniga qarab tursang, – dedi. U ataylab omborxona eshigidagi qulfni kaliti bilan qoldirdi...

Nukusdan kelib, toʻgʻri omborxonaga kirdi. Belgilab qoʻygan bankalaridan uchtasi yoʻq edi. Bu haqda lom-mim demay, bir haftani oʻtkazib, Salima enanikiga chiqdi. Salima ena azbaroyi quvonganidan Bozorgul enani uy toʻriga oʻtqazdi.

– Sizga ming rahmat, – dedi rostmana minnatdorlik bilan. – Doim mening bolalarimning  ham gʻamini chekib yurasiz. Rustamjonning tugʻilgan kunida ikki banka tuzlama bilan bir banka sharbat bergan ekansiz, Noila aytdi. Dasturxonga moʻl-koʻlgina yetganini koʻrsangiz, Rustamjon ham rosa quvondi!

Bu gal Bozorgul ena qoʻshni kelinning "sir”ini ochishga qaror qildi.

– Noilaxon, qizim, – chaqirdi u hovlida timirskilanib yurgan kelinchakni. – Qani, beri kel, bolam.

Noila  Bozorgul ena bu safar ham bilmaydi, degan ishonch bilan supa yoniga kelib salom berdi.

– Barakalla, qizim, boshing omon boʻlsin, – dedi hamon sir boy bermay Bozorgul ena. – Qizim, men bergan bankalarni bi-i-ir qatorlashtirib qoʻychi! Hali Fargʻonadan yozda chechang kelsa, kerak boʻladi.

Noila shoshib qoldi. Koʻzini yerdan uzmay, asta orqasiga burilayotgan edi-ki, Bozorgul ena yana gap qotdi.

– Toʻxta, kelin, avval men bankalarni qanday berganimni va qanday olib chiqqaningni qaynonangga aytganingday qilib bi-i-ir aytib ber...

Noila ham uyatdan, ham noqulay holatidan yigʻlab yubordi.

– Yigʻlama, – dedi Bozorgul ena. – Shularni yolgʻon aralashtirmay, oʻgʻirlamay, soʻrasang ham berardim, qizim! Mening omborimda turganidan Salimajonning bolalari yeb, lazzatlangani yaxshi. Sen bir emas, ikki marta yolgʻonga yurding. Ikki bora omonatga xiyonat qilding. Qaynonang, ering, mehmonlaringga oʻgʻirlik luqma yedirding! Shu ishni bir ogʻiz oʻzimga aytib qilganingda olam guliston edi. Mayli, men roziman, bolam, lekin qilgan gunohingga rozi emasman. Toki bu odatingni tashlamas ekansan, men senga hech qachon ishonmayman. Elda bir gap bor:

– Kelinning qoʻli egri boʻlsa, avval erni, soʻngra elni quritadi.

– Salima, – dedi ketar chogʻida Bozorgul ena – bu ish sodir boʻlmadi, men hech narsa koʻrmadim va demadim. Sen ham shunday qil, bu gap elga oralamasin. Kelin feʼlini toʻgʻrilasin!

Noila uyatdan qaltirab-qaqshab yigʻlagancha ikkala kampirdan kechirim soʻradi.

 

Sandiqni ochgan

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019